Imom ota aslida kim bo‘lgan?


«Bir kelib keting qishlog‘imizga...»


Download 1.14 Mb.
bet3/3
Sana17.12.2022
Hajmi1.14 Mb.
#1025362
1   2   3
Bog'liq
Imom ota

«Bir kelib keting qishlog‘imizga...»
Manzarali maskan bilan tanisha turib, tog‘ atrofida yashovchi odamlarning turmush tarzini-da kuzatib bordik. Bunda, avvalo, transport masalasi qiyin degan xulosaga keldik. Mahalliy aholi uchun transport qatnovi kam. Ota-onalar bolalarini biror to‘garakka berishi uchun markazga yuborishi kerak, mashinalar qatnovi siyrak, o‘tganda ham bolalarni olmaydi (pul ko‘rsatib qo‘l silkib tursalar ham...) va shu sabab, ota-onalar bolalari bilan birga markazga qatnashiga to‘g‘ri keladi. Bunga esa kimningdir imkoni bor, kimnikidir esa yo‘q. 12 sonli maktab qishloqdagi yagona maktab sanaladi va unga o‘quvchilar 2-3 kilometr masofani har kuni piyoda bosib o‘tib qatnaydilar... Yozda kunlar issiq va yorug‘, ehtimol u qadar qiyinchilik tug‘dirmas. Ammo qishda-chi?.. Tez qorong‘u tushadi, yo‘llar sirpanchiq, havo esa tog‘da boshqa joylarga nisbatan ko‘proq sovuq bo‘ladi. Aholining ma’lum qilishicha, transport masalasida ko‘p bor hokimiyat va boshqa idoralarga arizalar yozishgan. Ammo natija bo‘lmagan.



Bundan tashqari, yo‘llar ta’mirtalab: toshloq, chuqurchalar ham qadamingiz ostida. Ehtimol transport kam o‘tishining sababi ham shundadir. Yana gazning asosiy manbai — o‘tin. Vaholanki, yurtimizda yangi neft konlari topilgan va topilayotgan hududlardan biri – vodiy. Shunga qaramay, mahalliy aholi gaz borasida hech kimga murojaat qilmagan, transport masalasi hal bo‘lsa ham katta gap, deb umid bog‘lagan.
— Bu yerlar asosan dam olishga qulay joy. – deydi 83 yoshli Xanifa xola No‘’monova. – Meva-cheva bisyor, toza havo, shifobaxsh buloq suvi, tinch joy... Yashashga kelsak, doim yashab, o‘rgangan odamga u qadar qiyin emas. O‘rganmagan odamga esa ancha qiyin.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Imom ota ziyoratgohi ichki va tashqi turizm uchun ko‘p jihatdan qulay. Oromgohlarda kunlik to‘lov (turiga qarab) 15 mingdan 25 minggacha. Dam olish uchun ham, ziyorat uchun ham arzon va qulay sharoit. Inson ruhan va jismonan chin ma’noda hordiq oladi, ich-ichidan tetiklikni tiklaydi. Ayrim ko‘zga ko‘rinar-ko‘rinmas muammolar ham bartaraf etilsa, mas’ul mutasaddilar jiddiy e’tibor qaratsa, bundan ham yaxshi natijalarga erishish mumkin. Zero, mehmon joyi ko‘z ustida, deb xalqimiz bejizga aytmaydi.



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling