Imomning maneken qizi


Download 301.63 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi301.63 Kb.
#1550893
Bog'liq
Presentation1


OMINA SHENLIK O’G’LINING “IMOMNING MANEKEN QIZI” ROMANI
Talaba: Navbahor Shokirova
Guruh: 1931
Emine Şenlikoğlu 1950-yilda tugʻilgan Giresun-Dereli-Anbaralan qishlogʻida juda yoshligidan Adapazariga, u yerdan oilasi bilan Istanbulga koʻchib oʻtgan va yoshligida oʻz izlanishlarini boshlagan. U, birinchi navbatda, nasroniylik dini va Injil boʻyicha tadqiqotlar olib boradi. Keyingi yillarda islom dini bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. U asosiy islom ilmlari hisoblangan fiqh va aqoid ustida ishlagan. U 1984-yilda yozgan birinchi kitobi „Yoshlikning iymonini soʻroqlar bilan oʻgʻirladilar“ (Gençliğin İmanını Sorularla Çaldılar) tufayli sudlangan. U 8 yil-u 3 oy qamoq jazosiga hukm qilinadi. U teolog, jurnalist va yozuvchi Rejep Özjan bilan turmush qurgan va ikki farzandi bor.

Asarlari : Mahkum tuygʻular“ (Mahkûm Duygular, 1985), „Ruhim oynasi“ (Ruhumun Penceresi, 1991) sheʼriy toʻplamlari, „Mariya“ (Maria, 1993), „Men kimning qurboniman“ (Ben Kimin Kurbanıyım, 1993), „Soʻnggi pushmon foyda etar“ (Son Pişmanlık Fayda Eder, 1997) romanlari, „Yigʻlatgan yillar“ (Ağlatan Yıllar, 1991) xotira-kitobi, „Vijdon azobi“ (Vicdan Azabı, 1992) toʻplamlari mashxur.

Asar nomi: "Imomning manekin qizi" Janri : Roman Metodi: Realizm

Asar mavzusi :

" Imomning maneken qizi " asari ayollarning jamiyatda o'z o'rnini topishda hamda ma'naviy qoloq bo'lib qolmasligi uchun ilmli bo'lishning ahamiyatini yaqqol ko'rsatib beruvchi eng sara asarlardan biridir .

Asar sarlavhasi :

Asar voqealariga nazar soladigan bo'lsak , asarda imom oilasida voyaga yetayotgan Fotimaning ota - onasiga qilayotgan salbiy munosabatlari , Yoqub imom qanchalik ilm berishga harakat qilmasin , qizining xayoli ko'chadagi o'yin kulgular bilan bandligi , Fotimaning otasi va onasi Gul xonimning so'zlariga quloq solmasdan , o'zga bir ayol , ya'ni Betush xolaning gaplariga ishonib , boshqa yurtlarda sarson sargardonlikda hamda ayollik sha'niga putur yetkazganlik holati va asar yakunida Yoqub imomning maneken qizi otasining nasihatlariga quloq solmaganligidan afsuslanishi to'la ochib berilgan.

Asar g'oyasi :

Bu asardaki ilk gʻoya inson qanchalik atrofidan iymon bilan oʻralmasin undagi yovuzlik yoʻqolib qolmaydi va u doim isyonga tayyor. Ikkinchi gʻoya esa inson uchun farzand hayotida yo mukofot, yo sinov, yo halokatdir va bu mutlaq oʻsha insoning tarbiya uchun tanlagan yoʻliga bogʻliq. Uchunchi gʻoya esa hech kim qanchalar yovuz boʻlmasin seni oʻzingni otishga majbur qilamydi oxir oqibat tepkini oʻzing bosasan va gunohlaring uchun yagona aybdor faqat oʻzingdirsan.

Asar voqealar rivoji zamonaviy hayotda ichra diniy tarbiya koʻrib oʻsgan qiz hayoti, alamlari va haqiqatlarini aks ettiradi. Insonni qanchalar cheklansa (hatto yomon narsalardan) uning uchun oʻsha cheklangan narsa shunchalar goʻzal koʻrinadi. Fotima ham "baxtini" "erkinlikdan" deb bildi va eng soʻngida xato qilganini anglab yetdi.

Asarning lingvistik tahlili :

Frazeologizmlar:

Qattiq ranjimoq

Ko'ngli og'rimoq

Hayoli parishon

Aqling nokis

Ko'ngli osmonda

Yelkasiga tog' opichlab olganday

Ichiga yutmoq

Kasb hunarga oid so'zlar:

Imom

Domla

Manekin

Haydovchi

Yozuvchi

Raqqos

Jurnalist

O'lik yuvuvchi

Toponimlar:

Istanbul

Ovropa

Turkiya

Yaponiya

Malaziya

Amerika

Asardaki milliylik:

Islom dinimizning ahamiyati, yo'riqlarini unutmaslikni, bugungi va bundan keyingi zamonda gunohkor yoshlarni ogoh qilish, ota-onalarimizga hurmatni, izzatni aslo yo'qotmaslikni o'z milliylikimizda qolishni etirof etgan.

Dunyoni faqat islom qutqaradi. Gunohning qayeridan qaytilsa ham, muhimi qaytish. Haqiqiy musulmon bo'lish uchun yurak kerak. Azoblaring ortib boryotgan bo'lsa, demak savobing ham ortmoqda.

Asardagi ekspozitsiya :

Asar qahramoni Fotima ota-onasini koʻp azobga qoʻydi, ularning mehriga loyiq javob qaytara olmadi. Lekin, uning yoshligida olgan bilimlari, e'tiqodi va ota-onasining unga bergan tarbiyasi tufayli u mana shunday qoʻrqinchli jar yoqasidan qaytdi. Uni zulmatdan ziyo sari yetaklagan kuch ham aynan mana shu e'tiqodi emasmi? Hattoki, bir oʻzini emas, dugonalarini ham ana shu jarlikdan olib chiqishni uddaladi, ularga ham asli bu "zamonaviy"lik yaxshilikka olib kelmasligini, bunday hayotning oxiri azob-uqubatga yetaklashini, ularni bir kun kelib tubi yoʻq jarlikka uloqtirishini tushuntirib bera oldi va oʻzining e'tiqodini ham yana bir karra mustahkamlashga erishdi. Va bu uni ota-onasini oldiga qaytib, tutgan yoʻli xato ekanligini anglashiga turtki boʻldi.

Asardagi tugun:

Fotimaning otasi Yoqub imom masjidda imomlik qiladigan, o‘lik yuvadigan, o‘z dinini puxta egallagan, farzandlarining ham diyonatli bo‘lishi uchun jon-jahdi bilan harakat qiladigan soddadil insonning , Oliyjanob mehribon islomiy tarbiya olgan onasi Gul xonimlarning jigarbandi Fotimaning manekin bo'lish orzusi asarning tuguni yana shunday bilimli ko'p kitoblar o'qib quronni yod olgan bilimli qiz qanday bu hayollarga borishini men tugun sifatida ko'rdim.

Badiiy konflikt :

Ota - qiz

Jamiyat - inson

Islom- Dunyo

"Eskicha " - "zamonaviy"

Asar kulminatsiyasi :

Fotima dugonalarini hidoyat etib , o'zi esa olgan bilimlar , go'zal tarbiya , benuqson , mehribon dinimiz- Islomimiz hech qachon foydasiz bo'lmasligini , aksincha qora zulmatda adashib qolganimizda yo'limizni yoritguvchi to'lin oy bo'lishini fahmlab , qalbi daryo va shafqatli ota- onasining yoniga qaytashi asarning kulminatsiyasidir .

E’tiboringiz uchun tashakkur!


Download 301.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling