Impact Factor: 2 issn-l: 2544-980x buyraklar Biokimyosi


Download 304.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana13.04.2023
Hajmi304.19 Kb.
#1354999
1   2   3   4
Bog'liq
36-38 Buyraklar Biokimyosi (1)

Asosiy qism: Buyraklar suv – elektrolit balansini boshqarish, kislota ishqor muvozanatini saqlash, azot qoldiqlarini 
chiqarish, organizm suyuqliklari osmotik bosimini saqlash, qon bosimni boshqarish, eritropoezni stimullash va boshqalarda 
qatnashadi. Buyrak to„qimasi 2 zonadan iborat: 1)tashqi (po„stloq), 2)ichki (mag„iz). Nefron buyrak parenximasining 
funksional birligi hisoblanadi. Nefronning Baumen kapsulasidan qondagi suv hamda plazmaning boshqa past molekulali 
moddalari filtrlanib o„tadi; bu filtrlanishni harakatlanuvchi kuchi koptokcha kapillyarlari bilan Baumen kapsulasi 
bo„shlig„idagi gidrostatik bosim farqidir. Baumen kapsulasi filtrati (birlamchi siydik) tarkibi va past molekulali moddalarni 
konsentratsiyasi jihatidan qon plazmasidan farq qilmaydi. 
Nefronda 3 ta asosiy jarayon sodir bo„ladi: 1) koptokchalarda filtratsiya; 2)reabsorbsiya kanalchalarda 3) sekresiya. 
Filtratsiya davrida koptokchalardan har ikkala buyrak orqali 1 daqiqada 1300 ml qon o„tadi. Buyrak koptokchalarini 
umumiy filtrlanadigan yuzasi taxminan 1,5 m2 ni tashkil etadi. Koptokchalarda qon kapillyarlaridan buyrak koptokchasiga 
qon plazmasini ultrafiltratsiyasi sodir bo„ladi, natijada birlamchi oqsilsiz siydik hosil bo„ladi. Surunkali piyelonefritning 
yuqori faolligi buyrakning azot ajratish funksiyasi buzilishi kuzatiladi. Keyinchalik u gipertenzion va istisqo–gipertenzion 
sindromli hamda azot ajratish qobiliyati buzilgan surunkali piyelonefrit, faqat siydik sindromli azot ajratish funksiyasi 
buzilmagan surunkali nefrit, o„tkir diffuz glomerulonefritning qoldiq ko„rinishlari mavjud bo„lganda keltirilgan tartibda 
faolligi pasayadi. Koptokchalar orqali filtrlangan suyuqlikning 1% gina siydikka aylanadi. Kanalchalarda 99% suv, natriy, 
xlor, gidrokarbonat, aminokislotalar, 93% kaliy, 45% siydikchil reabsorbsillanadi. Nefronlarda 1 sutkada 180 l suyuqlik 
filtrlanadi va qaytadan so„riladi. Reabsorbsiya natijasida birlamchi siydikdan ikkilamchi siydik hosil bo„lib, u kosacha va 
qovuqda to„planadi. Yukstaglomulyar apparat hujayralarida reninnnig ishlab chiqarilishi buyrakning muhim inkretor (ichki 
sekretor) a‟zo ekanligini ko„rsatadi. Buyraklarda ishlab chiqarilgan eritropoetin oqsil tabiatiga ega bo„lib, eritropoezni 
kuchaytiradi. Buyrakning kislota-ishqor muvozanatni saqlashdagi vazifasi. Kislota – ishqor muvozanatiga buyraklar 
sezilarli ta‟sir ko„rsatadilar, lekin u qon bufer sistemasidagi o„pka ta‟siriga nisbatan uzoqroq muddatdan keyin namoyon 
1
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz Filiali 1-son Davolash fakulteti 2-bosqich talabasi 
2
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz Filiali Pediatriya va Xalq tabobati fakulteti 
3
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz Filiali Pediatriya va Xalq tabobati fakulteti 



Download 304.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling