Impact Factor: 2 issn-l: 2544-980x gursa Masalasi Va Uni Matematik Paketlarda Hisoblash
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
96-100 Gursa Masalasi Va Uni Matematik Paketlarda Hisoblash
Vol. 24 (2022): Miasto Przyszłości 96 Miasto Przyszłości Kielce 2022 Impact Factor: 9.2 ISSN-L: 2544-980X Gursa Masalasi Va Uni Matematik Paketlarda Hisoblash Tovmamatov Bobur Juma o’g’li 1 Tor tebranish tenglamasi uchun Gursa Biz ushbu maqolada Gursa masalasini o’ganamiz. Bu masala fizikaviy jihatdan ham qiziqarli bo'lib, u ko'plab tadbiqiy masalalarda, ayniqsa gaz tozalash, quritish jarayonlari bilan bog'liq masalalarni o'rganishda uchraydi. Bu masalada chegaraviy shartlar tenglamaning xarakteristikalarida berilgani uchun ham Gursa masalasi chegaraviy masala deb yuritiladi. Gursa masalasi chegaraviy masala bo‘Iib, chegaraviy shartlar tenglamaning bir nuqtadan chiquvchi xarakteristikalarida beriladi. (x, t) o'zgaruvchilar tekisligida bir jinsli ushbu □u(x,t) ≡ uₜₜ - a²uₓₓ≡ 0 (1) tor tebranish tenglamasini qaraylik. Umumiylikka ziyon qilmasdan (1) tenglamada a = 1 deb olish mumkin. Haqiqatdan ham, (x,t) tekisligida quyidagicha yangi x = x, y = at o‘zgaruvchilar kiritamiz. U holda (1) tenglamada qatnashgan hosilalarni hisoblaymiz: uₜₜ=uᵧᵧyₜ²+uᵧyₜₜ=a²uᵧᵧ va uₜₜ-a²uₓₓ = a²uᵧᵧ - a²uₓₓ = 0 Bundan esa (1) tenglamani □u(x,t) ≡ uₓₓ - uᵧᵧ≡0 (2) ko'rinishda yozib olishimiz mumkin. Ma'lumki, (2) tenglama ikkita haqiqiy xarakteristikalar x – y = const va x + y = const oilasiga ega. Berilgan (2) tenglamani xarakteristik to ‘rtburchakda qaraylik, ya’ni (2) tenglamaning AC ₁, C₁B, BC₂ va C₂A xarakteristikalari bilan chegaralangan sohani G deb, belgilaylik. Faraz qilaylik, A = ( 0 , 0 ) , G ₁ = (x₁,x₂), C₂ = (x₂, -x2), Bo’lsin. Bu yerda x ₁ >0 , x₂> 0 . G u r s a m a s a l a s i. (2) tenglamaning yopiq G sohada aniqlan- gan, uzluksiz va quyidagi u(x,y)|AC ₂ = u(x,y)|ᵧ₌ₓ = u(x,x) = ψ₁(x), 0 ≤ x ≤ x₁, (3) u(x,y)|AC ₂ = u(x,y)|ᵧ₌-ₓ = u(x, -x) = ψ₂(x), 0 ≤ x ≤ x₂, (4) shartlarni qanoatlantiruvchi u(x,y) yechimini toping. Bu yerda ψ ₁(x) va ψ₂(x) berilgan yetarlicha silliq funksiyalar bo‘lib, ular uchun ψ ₁(0) = ψ₂(0) tenglik o'rinli. 1 Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti talabasi Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling