Impact Factor: 2 issn-l: 2544-980x pirls Xalqaro Tadqiqotida Ishlatiladigan Matnlar Va Boshlang’ich Ta’limda


Download 406.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi406.23 Kb.
#1614245
  1   2   3
Bog'liq
448 451 Pirls Xalqaro Tadqiqotida Ishlatiladigan Matnlar Va Bos



Vol. 35 (2023): Miasto Przyszłości +62 811 2928008 .  
448 
Miasto Przyszłości 
Kielce 2023 
Impact Factor: 9.2
ISSN-L: 2544-980X
 
Pirls Xalqaro Tadqiqotida Ishlatiladigan Matnlar Va Boshlang’ich Ta’limda 
O’quvchilarning Matnlarni Tushunish Darjalarini Baholash 
 
Atayeva Malohat Isaqovna 
1
 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada PIRLS xalqaro tadqiqotida ishlatiladigan matnlar, matnni oʻqib 
tushinish bilan bog’liq topshiriqlar, testlar tahlili va ushbu xalqaro tadqiqot yuzasidan amalga 
oshirigan ishlar qayd qilingan. 
Kalit soʻzlar: PIRLS, IEA tashkiloti, matnda aniq bayon qilingan ma’lumotlar, oʻqish va 
tushunish, ma’lumotlarni bir-biriga mantiqiy bogʻlash, diqqatni jamlash va koʻrsatilgan ma’lumotlarni 
topish. 
Dunyoda yuzdan ortiq mamlakatlar oʻzining ta’lim sifatini yaxshilash va dunyo andozalari doirasidagi 
ta’limning ayrim jihatlarini oʻrganish, zarur holatlarda oʻzlashtirish borasidagi amaliy ishlari 
mamlakatdagi mavjud ta’lim sifatini nazorat qilish orqali xolisona baholash bilan ham amalga 
oshirishni koʻzlaydi. Bu borada PISA, TIMSS, PIRLS, TALIS, EGRA hamda EGMA kabi xalqaro 
baholash tadqiqotlarida ishtirok etib kelishlari ham shundan dalolat beradi. Oʻzbekiston ham bu borada 
ilk qadamlarni qoʻymoqda. Davlatimiz rahbarining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi 
xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni, 
shuningdek, PIRLS dasturining 2021-yilga moʻljallangan tadqiqotlarida Oʻzbekistonning ishtirok 
etishi tashabbusi IEA tashkiloti tomonidan katta olqishlar bilan qarshi olinganligini va 2021-yilda 
oʻtkaziladigan PIRLS xalqaro baholash dasturida 57 davlat qatorida Oʻzbekiston Respublikasidan 
(2021-yil 5-14-aprel kunlari) 4-sinf oʻquvchilari ham ilk marotaba ishtirok etishi koʻzda tutilganligi 
ta’lim sohasidagi yangilanishlardan hisoblanadi. Tadqiqotlar 2001-, 2006-, 2011-, 2016-yillarda 
oʻtkazilgan boʻlib, 2021-yil tadqiqotning beshinchi davriyligi hisoblanadi. Har besh yilda 
oʻtkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf oʻquvchilarining oʻqib tushunish koʻnikmasini xalqaro darajada 
baholaydi. 
PIRLS dasturida qatnashuvchi mamlakatlar soni yildan yilga koʻpayib bormoqda. Masalan, dasturda 
2001-yilda 57 ta mamlakat qatnashgan boʻlsa, 2006-yilda 40 ta, 2011-yilda 45 ta, 2016-yilda 50 ta 
mamlakat qatnashgan. 2016-yilda tadqiqotga Rossiya Federatsiyasining 42 ta hududidan 206 ta 
umumiy oʻrta ta’lim maktabi va 4577 ta boshlangʻich sinf oʻquvchilari jalb etilgan boʻlib, tadqiqot 
natijalariga koʻra Rossiya Federatsiyasi dunyo boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan.
Oʻqish savodxonligi oʻquvchilarning ilmiy va shaxsiy muvaffaqiyatining oʻsishi uchun asos boʻlib 
xizmat qiladi, shuningdek, PIRLS ta’lim sohasida olib borilayotgan siyosatning muvaffaqiyatga 
ta’sirini baholash uchun qimmatli vosita hisoblanadi. 
2021-yildagi PIRLS natijalari 2023-yil may oyida e’lon qilindi. Unga koʻra, ilk bor qatnashgan 
Oʻzbekiston 57 davlat orasida oʻrtacha baldan pastroq natijani qayd etib, 49-oʻrinni egalladi
2

Oʻquvchilar matndan ma’no hosil qilar ekan, ular aniq tushuntirilmagan gʻoyalar yoki ma’lumotlarga 
nisbatan tushuntirishlar beradi. Xulosalash oʻquvchilarga matndan tashqariga chiqishga imkon beradi. 
Koʻpgina hollarda muallif matnni oʻquvchilarning aniq yoki bevosita xulosa chiqarish uchun yaratadi. 
Oʻquvchilar oddiy xulosa bilan bir qatorda, matndagi gʻoyalar va axborotlarni talqin qilishda va 
uygʻunlashtirishda, oldingi mavzularda aytganimizdek, konkret yoki umumiy ma’nolarga e’tibor 
berishlari yoki tafsilotlarni umumiy mavzular va gʻoyalar bilan bogʻlashlari mumkin. 
1
oʻqituvchi, Urganch davlat universiteti 
2
https://www.gazeta.uz/oz/2023/05/17/pirls/ 



Download 406.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling