Impex insurance


Download 4.53 Mb.
bet3/3
Sana27.10.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1728395
1   2   3
Bog'liq
soliq seminar

Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan aniqlanadi va quyidagi ketma-ketlikdagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi:

soliq kodeksining 305 - moddasidan 316 – moddasigacha foyda solig’ining jami daromadlari tarkibidan chegirib tashlanadigan xarajatlar tarkibi keltirib o’tilgan.

Soliq kodeksining 305 – moddasida soliq to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (ko‘rilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari xarajatlar deb e’tirof etiladi.

Asoslangan xarajatlar deganda bahosi pul shaklida ifodalangan, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlagan chiqimlar tushuniladi.

Har qanday chiqimlar, basharti ular hech bo‘lmaganda quyidagi shartlardan biriga muvofiq kelgan taqdirda, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlagan chiqimlar deb e’tirof etiladi:

1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida qilingan bo‘lsa;

2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlab turish yoki rivojlantirish uchun zarur bo‘lsa yoxud xizmat qilsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan aloqasi aniq asoslangan bo‘lsa;

3) qonunchilikning qoidalaridan kelib chiqsa

Soliq kodesining 306-moddasida amortizatsiya xarajatlari keltirib o’tilgan bo’lib u ham chegirib tashlanadigan xarajat hisoblanadi va quyidagi norma bo’yicha eskirish hisoblanadi.

Soliq kodeksining foyda solig’idan chegirib tashlanadigan xarajatlari quyidagi kodeslarda ham keltirib o’tilgan. 307-modda. Nomoddiy aktivlarni amortizatsiya qilish xarajatlari. 308-modda. Investitsiyaviy chegirma. 309-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarni ta’mirlash xarajatlari. 310-modda. Foizlar va ayrim chiqimlar bo‘yicha xarajatlar. 311-modda. Geologik jihatdan o‘rganish, qidirish va tabiiy resurslarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun xarajatlar. 312-modda. Ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlar. 313-modda. Umidsiz qarzlar bo‘yicha xarajatlar. 314-modda. Qo‘shilgan qiymat solig‘iga doir xarajatlar. 315-modda. Zaxira fondlarini shakllantirish xarajatlari. 316-modda. Kafolatli ta’mirlash va kafolatli xizmat ko‘rsatish yuzasidan kelgusi xarajatlar uchun zaxirani shakllantirish xarajatlari. Yuqoridagi keltirilgan kodekslardagi barcha xarajatlar tarkibi foyda solig’ining jami daromadidan chegirib tashlanadi.


Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling