Impоrtni tariflar оrqali tartibga sоlish


IMPORTNI TARIFLAR BILAN BOSHQARISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA


Download 217.48 Kb.
bet7/9
Sana16.06.2023
Hajmi217.48 Kb.
#1508591
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SAMIDOVAImpоrtni tariflar оrqali tartibga sоlish.

1.4. IMPORTNI TARIFLAR BILAN BOSHQARISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Import operatsiyalarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 18-fevraldagi PF-1930-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1998-yil 1-martdan boshlab:
import boj poshlinalari stavkalari 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlardan, tijoratchilik faoliyati uchun (o‘zlari qatnab olib keladiganlar tomonidan) olib kiriladigan tovarlar bundan mustasno, yig‘imlar stavkasi tovarlarni poshlinasiz olib kirishning cheklangan normalaridan ortiq tovarlar boj qiymatining 20 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
tijoratchilik faoliyati uchun jismoniy shaxslar tomonidan (o‘zlari qatnab olib keladiganlar tomonidan) olib kiriladigan tovarlardan yig‘imlar stavkasi tovarlarni poshlinasiz olib kirishning cheklangan normalaridan ortiq tovarlar boj qiymatining 50 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslar nomiga O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidan keluvchi tovarlardan (xalqaro pochta jo‘natmalari bundan mustasno) yig‘im stavkasi, tovarlarni poshlinasiz olib kirishning cheklangan normalarini qo‘llamasdan, ular boj qiymatining 50 foizi miqdorida belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi:
1998-yil 1-martgacha jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga aksiz solig‘i solinmay olib kiriladigan tovarlarning cheklangan normalarini;
1998-yil 1-aprelgacha jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish qoidalari va normalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
3. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda 1998-yil 15-martgacha “Tovarlar, ishlar va xizmatlar importi prognoziga kiritish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan buyurtmanomalar taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi”ni ishlab chiqsin va Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi Markaziy bank bilan birgalikda o‘n kun muddatda haqini to‘lash uchun valyuta mablag‘lari bilan ta’minlanmagan import tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishini istisno qiluvchi hamda ularning import qiluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga qaytarib yuborilishini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun kiritsinlar.
5. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinganligi uchun yig‘im undirishni joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 13-avgustdagi 279-son qarorining 1-bandi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinganligi uchun yig‘im undirishni joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 13-avgustdagi 279-son qarorini qisman o‘zgartirish haqida” 1996-yil 25-oktabrdagi 362-son qarorining 2-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 13-martdagi 95-son qarori 2-bandining 2-xatboshi;
Vazirlar Mahkamasining “1998-yilgi O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti prognozi to‘g‘risida” 1997-yil 5-dekabrdagi 540-son qaroriga 14-2-ilova.
6. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari Adliya vazirligi bilan birgalikda o‘z me’yoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.

Download 217.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling