Impоrtni tariflar оrqali tartibga sоlish
Download 217.48 Kb.
|
SAMIDOVAImpоrtni tariflar оrqali tartibga sоlish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Importni kvotalar orkali tartibga solish. Litsenziyalarni taksimlash uslublari 1.4. IMPORTNI TARIFLAR BILAN BOSHQARISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Xulosa
Impоrtni tariflar оrqali tartibga sоlish. Reja : Kirish 1.1. Importga ta`riflar va ularning ishlab chiqaruvchilarga xamda iste`molchilarga ta`siri 1.2. Tariflarni yoqlovchi xamda ularga qarshi fikrlar. 1.3. Importni kvotalar orkali tartibga solish. Litsenziyalarni taksimlash uslublari 1.4. IMPORTNI TARIFLAR BILAN BOSHQARISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Xulosa foydalanilgan adabiyotlar Kirish Biror mamlakatning tashki iktisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita aralashuvi jarayoni eksport va import xajmi va tarkibiga ta`sir ko`rsatish orkali ichki bandlilikni ta`minlash, iktisodiy o`sishga erishish, makroiktisodiy barkarorlikni ta`minlash, to`lov balansini yaxshilash xamda valyuta kursini tartibga solish maksadlarini ko`zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi. Savdo siyosati – byudjet-solik siyosatining tashki savdo xajmlarini soliklar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to`gridan-to`gri cheklashlar orkali tartibga solishni o`z ichiga olgan nisbatan mustakil yo`nalishidir. Tashki savdoni cheklash borasida olib borilayotgan xar kanday chora-tadbirlar kiska muddatli samara beradi. Uzok davrda esa, fakat erkin savdogina iktisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. SHuning uchun xam ko`pgina mutaxassis-iktisodchilar mamlakat iktisodiyoti va axolisi turmush darajani yaxshilash uchun erkin tashki savdo siyosati foydalirok, chunki, tashki savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iktisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko`prok imkoniyat yaratadi, deb xisoblashadi. Garchand, erkin savdo jaxon iktisodiyoti nuktai nazaridan foydali bo`lishi mumkin bo`lsada, ammo aloxida olingan mamlakat iktisodiyoti manfaati nuktai nazaridan erkin savdo xamma vakt xam foydali bo`lavermaydi. Tashki savdoni cheklash usullarining 50 dan oshikrok turi mavjud. Ularning ayrimlari davlat gaznasini to`ldirishga yo`naltirilgan bo`lsa, ba`zilari umuman importni cheklashga va yana boshkasi esa eksportni cheklashga yoki ragbatlantirishga yo`naltirilgan. Amaliyotda tashki savdoni tartibga solishning ta`rif va nota`rif usullaridan foydalaniladi. Ta`rif usullariga import va eksport bojlarini joriy kilish kirsa, nota`rif usullariga eksporterlar va ishlab chikaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi. Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi. Import bojlari davlat byudjetini to`ldirish maksadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el tovarlari okimini tartibga solish uchun belgilanadi. eksport bojlari mamlakat ichida talab ko`p bo`lgan maxsulotlar takchilligining oldini olish maksadida belgilanadi. Boj olinadigan maxsulotlar, boj olinmaydigan maxsulotlar, olib kelish va olib ketish takiklangan maxsulotlar, shuningdek, bojxona bojlari stavkasi, ya`ni, ularning tartibga solingan ro`yxati bojxona tariflari deb ataladi. Bojxona tariflarini ishlab chikarish, tabiiy farklar (xayvonot va o`simlik dunyosi), kayta ishlash darajasiga (xom ashyo, yarim tayyor maxsulotlar, tayyor buyumlar) ko`ra, taksimlangan maxsulotlar ro`yxatini o`z ichiga olgan maxsulot sarxillovchilar (klassifikatorlari) asosida kurilgan. Download 217.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling