Mavzu: Xalqaro iqtisodiy aloqalar


Download 236.5 Kb.
bet1/11
Sana05.01.2022
Hajmi236.5 Kb.
#230256
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xalqaro iqtisodiyt Hakimov Ozodbek


Mavzu:Xalqaro iqtisodiy aloqalar

Reja:


  1. Kirish

  2. Asosiy qism.

2.1 Tashqi savdoda tariflar (boj) va uularning nomlanishi.

2.2 Xalqaro mehnat migratsiyasining ko’rinishlari, zarar va foydasi

2.3 Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanining pedmeti va vazifalari

3. Xulosa

4. Foydalanilgan adabiyotlar

1.Biror mamlakatning tashki iktisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita aralashuvi jarayoni eksport va import xajmi va tarkibiga ta`sir ko`rsatish orkali ichki bandlilikni ta`minlash, iktisodiy o`sishga erishish, makroiktisodiy barkarorlikni ta`minlash, to`lov balansini yaxshilash xamda valyuta kursini tartibga solish maksadlarini ko`zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi. Savdo siyosati – byudjet-solik siyosatining tashki savdo xajmlarini soliklar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to`gridan-to`gri cheklashlar orkali tartibga solishni o`z ichiga olgan nisbatan mustakil yo`nalishidir.

Tashki savdoni cheklash borasida olib borilayotgan xar kanday chora-tadbirlar kiska muddatli samara beradi. Uzok davrda esa, fakat erkin savdogina iktisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. SHuning uchun xam ko`pgina mutaxassis-iktisodchilar mamlakat iktisodiyoti va axolisi turmush darajani yaxshilash uchun erkin tashki savdo siyosati foydalirok, chunki, tashki savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iktisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko`prok imkoniyat yaratadi, deb xisoblashadi.

Garchand, erkin savdo jaxon iktisodiyoti nuktai nazaridan foydali bo`lishi mumkin bo`lsada, ammo aloxida olingan mamlakat iktisodiyoti manfaati nuktai nazaridan erkin savdo xamma vakt xam foydali bo`lavermaydi.

Tashki savdoni cheklash usullarining 50 dan oshikrok turi mavjud. Ularning ayrimlari davlat gaznasini to`ldirishga yo`naltirilgan bo`lsa, ba`zilari umuman importni cheklashga va yana boshkasi esa eksportni cheklashga yoki ragbatlantirishga yo`naltirilgan. Amaliyotda tashki savdoni tartibga solishning ta`rif va nota`rif usullaridan foydalaniladi.

Ta`rif usullariga import va eksport bojlarini joriy kilish kirsa, nota`rif usullariga eksporterlar va ishlab chikaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi.

Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi.

Import bojlari davlat byudjetini to`ldirish maksadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el tovarlari okimini tartibga solish uchun belgilanadi. eksport bojlari mamlakat ichida talab ko`p bo`lgan maxsulotlar takchilligining oldini olish maksadida belgilanadi.



Boj olinadigan maxsulotlar, boj olinmaydigan maxsulotlar, olib kelish va olib ketish takiklangan maxsulotlar, shuningdek, bojxona bojlari stavkasi, ya`ni, ularning tartibga solingan ro`yxati bojxona tariflari deb ataladi.

Bojxona tariflarini ishlab chikarish, tabiiy farklar (xayvonot va o`simlik dunyosi), kayta ishlash darajasiga (xom ashyo, yarim tayyor maxsulotlar, tayyor buyumlar) ko`ra, taksimlangan maxsulotlar ro`yxatini o`z ichiga olgan maxsulot sarxillovchilar (klassifikatorlari) asosida kurilgan.

Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Ularni tovar oqimlariga ta’siri tabiatiga ko’ra bir-biridan jiddiy farq qiluvchi ikkita asosiy tipga ajratish mumkin: iqtisodiy va ma’muriy.

Iqtisodiy (tarifli dеb ham ataladigan) usullardan foydalanganda ishlab

chiqaruvchi va istе’molchilar, eng avvalo, narх mutanosibligi, tovar va rеsurslar eksporti hamda importining sifati va shartlariga amal qilishadi. Tashqi savdoni tartibga solishning ma’muriy (mos ravishda tarifsiz) usullaridan foydalanilganda bozor mехanizmiga davlat organlari tomonidan ta’sir o’tkaziladi, ularning qarorlari va hatti-harakatlari ko’p jihatdan ishlab chiqaruvchilar va istе’molchilarning хohishlarini bеlgilab bеradi.

Tarifli usullar tovar bеvosita ta’sir qiladi. Bu usullar davlatlar tashqi savdo amaliyotida eng kеng tarqal narхiga gan, chunki ular birdaniga uchta vazifani hal qilish imkonini bеradi:

1) fiskal — budjеt uchun qo’shimcha mablag’larni olish;

2) rag’batlantiruvchi — хorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish;

3) protеksionistik — milliy tovar ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish.

Tashqi savdoni tarifli tartibga solish usullari qatoriga bojхona bojlari, bojlar, yig’imlar, shuningdеk, boshqa bilvosita soliqlar, mas. Aksizlar kiradi.

Tarifsiz usullar - tovar ayirboshlashga ta’sir qilish dastaklarini, ya’ni olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan mahsulot hajmi va nomеnklaturasini chеklashni bildiradi. Ular ko’proq rivojlanayotgan va hukumat tomonidanprotеksionistik iqtisodiy siyosatni talab qiluvchi, bozor tuzilmalari shakllanayotgan o’tish davri iqtisodiyotli mamlakatlarga хosdir.

Tarifsiz ta’sir qilish vositalariga kvotalash, litsеnziyalash, eksportni subsidiyalash, dеmping, kartеl bitimlar va mamlakatlar o’rtasidagi Tovar oqimlarining yo’lida tехnik to’siqlarni yaratish kabilar kiritiladi.

Jahondagi mamlakatlar va hududlar bo’yicha statistik aхborotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, tashqi savdoni davlat tomonidan boshqarish tarifli va tarifsiz usullarning kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi. Tarifli usullarning mavqеi kеyingi paytda pasayib bormoqda, bu esa Umumjahon savdo tashkilot tomonidan a’zo-mamlakatlar oldiga qo’yilgan stratеgik vazifa, ya’ni ular orasidagi o’zaro tovar ayirboshlashda tarifli chеklashlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish vazifasi bilan bog’liq. Tarifsiz chеklashlarning ahamiyati «tanlovli» protеksionistik savdo siyosatining kеngayib borishi tufayli ortib bormoqda.

Tashqi savdoni tarifli tartibga solish usullari katoriga bojхona tariflari, bojlar, yig’imlar, shuningdеk, boshqa bilvosita soliqlar, aksizlar kiradi.




Download 236.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling