Mavzu: Xalqaro iqtisodiy aloqalar


Download 236.5 Kb.
bet10/11
Sana05.01.2022
Hajmi236.5 Kb.
#230256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xalqaro iqtisodiyt Hakimov Ozodbek

Eksport tarifi


Eksport miqdori esa Q5Q1 dan Q4Q2 ga qisqaradi. Dеmak, eksport tarifi joriy qilinish natijasida ichki istе’mol ortdi, ichki taklif va eksport miqdori qisqardi. Eksport tarifi o’rnatilishi natijasida istе’molchilar a sеgmеnt miqdorida foyda ko’rishdi. Davlat eksport boj yordamida c ga tеng miqdordagi foydani ishlab chiqaruvchilardan o’z foydasiga qayta taqsimlaydi. b+d sеgmеntlari ishlab chiqaruvchilarning sof yo’qotishlaridir. Umuman olganda eksport tarifi o’rnatilganda ham import boji joriy qilingandagi kabi effеktlar yuzaga kеladi: qayta taqsimlash effеktlari va yo’qotish effеktlari .

2. Xalqaro mehnat migratsiyasi darstlab guyo bir xilli ko‘rinishdek namoyon bo‘ladi. Aslida bu doimo davlat boshqaruviga ta’sir etib turadi. O‘z o‘rnida so‘nggi paytlarda migratsiya oqimi bozorining asosiy boshqaruv elementlaridan bir bo‘lib qoladi.

O‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, XIX asr o‘rtalarida aholi migratsiyasi tarixida juda ahamiyatli voqealar sodir bo‘ldi. O‘sha asrning 40-yillarida Irlandiyalik emigrantlar AQShga kelmay ko‘yishdi.

Keng masshtabli migratsiya okimining pasayishi XIX asrning 80-yillariga to‘g‘ri keladi. Bunga sabab AQShda Italiya va sharqiy Yevropadan keltirilayotgan bo‘g‘doyning narxi juda kamayganida aks etadi. G‘alla narxi tushgach mehnatga hak to‘lash ham keskin pasaydi va bu jarayon AQSH iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

AQSH mamlakati migrantlar kuchidan umidvor va iqtisodiy foyda ko‘rishni yaxshi bilishadi. Shu bois endi u agrar soha uchun immigrantlarga sharoit yaratadi va natijada Yevropa mamlakatlarining keng masshtabli ishchi kuchlari AQSH ga oqib kela boshladi. Bu yangi migratsiya okimi AQShda XX asrning 20-yillaridan rivojlandi. Endi Yevropada 1-jahon urushidan keyin bu yer aholisi ko‘proq Amerikada ishlashni lozim ko‘rishdi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin AQShda mavjud ishchi kuchlari migratsiyasi uch xil oqimga bo‘lindi. Birinchisi, bu – aqlli muhojirlar. Ular ko‘proq shimoliy Amerikadan ish topishdi. Chunki bu migratsiyalar yuqori malakaga ega edilar. Ikkinchi oqim – bu Vengriyada antikommunistik qo‘zg‘olon sodir etilgan 1956

yilgi voqealardan keyin mamlakatdan chiqib ketgan qochoqlar, shuningdek Vetnamda (1974-75 yillar) kechgan «janublik» va «shimollik»lar o‘rtasidagi kelishmovchiliklardan keyingi paydo bo‘lgan qochoqlar tashkil etadi. Uchinchi oqim esa Karib havzasi davlatlaridan ish izlab kelgan muhojirlar sanaladi.

Agar birinchi va ikkinchi oqimlar sababi siyosiy va ko‘chishga majbur bo‘lish bo‘lgan bo‘lsa, uchinchi holatda esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy maqsad sabab bo‘lingan.

XIX va XX asr mehnat migratsiyasi jarayonida Xitoydan Janubi-Sharqiy Osiyo va Shimoliy Amerikaga aholi migratsiyasi sodir bo‘lgani asosiy rol o‘ynaydi. U asosan ko‘chishga majburlik jihatidan ahamiyatli va bu paytda 70 mln. dan 100 mln. xitoylikgacha aholi shu mamlakatlarga ko‘chgan va ko‘chirilgan.

G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida II jahon urushidan keyin, aniqrog‘i o‘tgan asrning 60-yilarida yetarlicha ishchi kuchlari migratsiyasi jarayoni avj oldi. Ispaniya, Portugaliya, Gresiya, Yugoslaviya ishchi kuchlari Yevropa mamlakatlari iqtisodiy ishlab chiqarish rivojida faol ishtirok etdi. Bugungi kunda ham xorijlik ishchi kuchlari dunyo xo‘jaligi harakatining asosiy me’yoriy elementlaridan biri hisoblanadi.

Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasi boshqaruvini quyidagi holatlarda ko‘rish mumkin:

 rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan davlatlarga ko‘chish;

 sanoati rivojlangan mamlakatlarga migratsiya;

 rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro ishchi kuchi migratsiyasi almashish;

 sobiq sotsialistik mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga ishchi kuchi migratsiyasi;

 sanoati taraqqiy etgan rivojlangan mamlakatlarga ilmli ishchilar, yuqori malakali mutaxassislar migratsiyasi.
Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasi sanoati rivojlangan mamlakatlarda ba’zan noiqtisodiy maqsadlarni ko‘zlaganlikda ham aks etadi. Masalan, Yevropadan AQShga ko‘chib kelgan «aqlli muhojirlar» o‘zlari uchun iqtisodiy foyda ko‘rish uchun emas, balki shu mamlakat taklifi bilan mahalliy aholidek yashayapti va ishlayapti.

Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasida Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlardagi ko‘chish holatlari ham ahamiyat kasb etadi. YEIda 1989 yil 9 dekabrda Hartiya, deb nomlangan Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YEIH) ga a’zo mamlakatlar ishchilarining ijtimoiy huquqi imzolandi. Unda yozilishicha, «har bir Yevropa iqtisodiy hamjamiyatga ahzo mamlakat ishchisi hamjamiyat hududida mavjud qonun-qoida va chegara intizomi, jamoa tartibini saqlash, jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash va sog‘ligini asrash huquqlariga ega»; «EIH hududida ishga kirishini hoxlovchi fuqaro kasbi va qo‘lidan keladigan hunariga qarab, har qanday ishni bajarishi va mehnat sharoitlari hamda ijtimoiy himoya imkoniyatlaridan to’laligicha foydalanish huquqiga ega>>

So‘nggi yillarda ishchi kuchlari migratsiyasi rivojalanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ancha o‘sdi. Asosiy ko‘rsatkich yangi sanoatlashgan mamlakatlar (YASM), jumladan arab mamlakatlari, OPEKka a’zo mamlakatlar, hamda u yoki bu sohalarda keskin rivojlanish bosqichida bo‘lgan mamlakatlarda yuqori bo‘lmoqda.

Ishchi kuchlari migratsiyasining «aqlli muhojir» lik okimi hozirda ko‘proq harakatda va ular asosan Yevropa mamlakatlari va Shimoliy Amerikadan OPEKka a’zo bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga borishmoqda.

Sobiq sotsialistik mamlakatlar, xususan MDH davlatlarida kechayotgan ishchi kuchlari migratsiyasi haqida ham alohida to‘xtalib o‘tish zarur. Bugungi kunda asosiy ishchi kuchlari oqimi Rossiyada kuchaymoqda. Masalan, birgina Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida hozirgi paytda dunyoning 78 mamlakatidan xorijlik ishchilar va immigrantlar poytaxtdagi qurilishlarning 46 % ish o‘rnini tashkil qiladi.

So‘nggi yillarda Rossiyaga yaqin bo‘lgan Ukraina, Belorus, Moldova, Armaniston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlardan juda ko‘pgina ishchi kuchlari kirib kelmoqda. Bu migratsiyaning sabablari-iqtisodiy maqsad bo‘lib, ular pul topish uchun bu yerga ish izlab kelayotir. Shuningdek, Rossiyada qochoqlar va turli qo‘zg‘olonlar oqibatida jabr ko‘rganlar va ko‘chishga majbur bo‘lganlar ham bor. Bularning umumiy soni salkam 5 mln. kishidan ortiq bo‘lib, ular asosan MDH davlatlari fuqarolaridir.

Albatta, xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasi ko‘p hollarda davlat va davlatlararo boshqaruvida ma’lum muammolarni keltirib chiqaradi. Bu masalaga davlat aralashuvi xalqaro savdoni boshqarishdan ancha ilgari xalqaro mehnat bozori tashkil etilgandayoq amalga oshgan edi. Chunki u mamlakatdan bu mamlakatga o‘tgan fuqarolar albatta biror tushunmovchiliklar oqibatida muammoni yuzaga keltiradi. Shu bois, XVIII asrdayok davlat chegaralaridan immigrantlarni o‘tkazmaslik bo‘yicha qat’iy qonun ishlab chiqilgan. Bunga yaqin o‘xshash qonunlar XIX asrda ham ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida amal qilingan. Ammo hozirgi kunda dunyoning barcha yirik mamlakatlari o‘z ichki mehnat bozorlarini to‘ldirish, iqtisodini mustaxkamlash uchun immigrant va emigrantlar uchun hamda ularni qonuniy boshqarish uchun tartib-qoidalar ishlab chiqib, yo‘llarni ochganlar.

Ko‘pgina mamlakatlarda milliy hokimiyatlar migratsiya jarayoniga faol nazar solayotirlar. Ular boshqarayotgan tartiblarga ko‘ra nafaqat immigrantlarning umumiy soni, kasb-kori, yoshi etiborga olinayotir, balki ularni shu yerga doimiy kelib ishlashlarini taminlovchi qonun-qoidalarga ham amal qilinmokda.

Ishchi kuchlari import qilinayotgin mamlakatlarda davlat migratsiyasi boshqaruvi tizimida qo‘yidagi elementlar e’tiborda bo‘ladi:

 immigrantlar uchun yuridik, siyosiy va kasbiy qonunchiliklarni joriy etish;

milliy immigratsiya xizmati;

 migratsiya mavjud bo‘lgan davlatlar o‘rtasida kelishuvni amalga oshirish.


Odatda davlvt boshqaruvi byudjet bo‘yicha moliyalashtirilgan holatda xorij ishchi kuchlarini jalb etishga kirishiladi. Shuningdek, immigrantning shartnoma vaqti tugagach o‘z uyiga qaytishi kafolatlanadi.

Yirik ishchi kuchlari migratsiyasidan foydalanayotgan mamlakatlarda immigrantlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lishadilar.

Birinchidan, ishchining mutaxassisligi, bilimi, yoshi, salomatligi inobatga olinib, ularga erkin ishlashlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdilar. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ish bo‘yicha tuzilgan ikki tomonlama shartnoma (kontraktlar) muddati tugagach, unga maoshidan tashqari moddiy konpensatsiya va uning mamlakatiga ham immigratsiya yordami sifatida pul mablag‘i o‘tkazadi.

Immigratsion siyosat bevosita immigratsiya milliy xizmati, ya’ni mehnat vazirligi, adliya yoki ichki ishlar hodimlaridan tashkil topgan nufuzli xizmat orqali nazorat qilinadi. Bu organ ham federal migratsiyasi xizmati singari faoliyat yuritadi.



3. Хo’sh, fanning maqsadi va vazifalari, uning o’quv jarayonida tutgan o’rni nimadan iborat. Ma’lumki, jahonda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’lgan 290 dan ortiq davlatlar mavjud bo’lib, bu davlatlar o’z iqtisodiyotini va хalqaro iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirishlari bilan uch guruhga (rivojlangan, rivojlanayotgan, past rivojlangan davlatlarga) bo’linadi. Ular o’zlarining bir nеcha asrlar davomidagi iqtisodiy rivojlanishida turli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy bosqichlarni bosib o’tganlar.

Kishilik jamiyatida sinfiy jamiyatning vujudga kеlishi (bu jarayon turli davlatlarda turli davrlarda ro’y bеrgan) bilan bog’liq holda, bozor munosabatlari ham turlicha shakllanib bordi. Bozor munosabatlari dastlab ХVII- ХIХ asrlarda G’arbiy Yevropaning bir qator davlatlarida (Gollandiya, Angliya, Fransiya, Gеrmaniya, AQSh) tеz rivojlanib borgan

bo’lsa, ushbu mamlakatlar tomonidan mustamlaka qilingan Osiyo, Afrika

va Lotin Amеrikasi davlatlari (Hindiston, Turkiya, arab davlatlari, Mеksika va boshqalar) iqtisodiyoti esa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan nihoyatda tushkunlikka tushib qolgan edi. shunday qilib, bozor munosabatlari bu davrda jahonning deyarli barcha davlatlarida hukmron bo’lgani bilan uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy oqibatlari turlicha bo’lgan edi.

Ma’lumki, iqtisodiy rivojlanish jahonning barcha davlatlari uchun umumiy tabiiy qonuniyatlari asosida boradi, ya’ni, aytmoqchimizki, bozor munosabatlarining alohida ajratib olingan ko’rinishi yoki milliy libosi yo’q, ammo rivojlanishning o’ziga хos хususiyatlari, yo’llari mavjud bo’lib, ular jahonning u yoki bu mamlakatlarini jug’rofiy o’rni, tabiiy sharoiti, iqlimi, tabiiy rеsurslari, aholisi, iqtisodiy rivojlanish darajasi va munosabatlarining ko’pgina boshqa sabablariga ko’ra turlicha bo’ladi.

Shuning uchun ham jahondagi ba’zi bir davlatlar yuqori darajada, ayrimlari o’rtacha va past (qoloq) rivojlangan bo’ladi. Bu davlatlarning (ayniqsa, AQSh, Angliya, Gеrmaniya, Fransiya, Yaponiya, Gollandiya) iqtisodiy yutuqlarini atroflicha tahlil etish, ularning iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanish yo’llaridan o’rnak olish ham nazariy, ham

amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu borada prezidentimiz I.A.Karimov ham o’z ma’ruzalarida quyidagicha ta’kidlaganlar: “Mamlakatimizni iqtisodiy

rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli strategik maqsadni amalgaoshirishning mantig’i mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlangan va O’zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar va ishlab chiqarish sohalarini jadal rivojlantirish siyosatini 2011 yildagi ustuvor yo’nalish sifatida davom ettirishni taqozo etmoqda.”

Хullas, Oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligining Univеrsitеt va institutlarini iqtisodiy yo’nalishidagi barcha fakultеtlarida «Jahon iqtisodiyoti va хalqaro iqtisodiy munosabatlar» fanini o’qitish muhim ahamiyatga molikdir. Chunki, O’zbеkiston Rеspublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng jahonning ko’plab (160 dan ortiq) mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy, siyosiy-diplomatik va madaniy hamkorlik qilmoqda.

Shu sababli jahon mamlakatlari bilan хalqaro iqtisodiy munosabatlarni

to’g’ri olib borishi uchun ham boshqa bir qator davlatlarning (ayniqsa, rivojlangan yetakchi davlatlar bilan bir qatorda rivojlanayotgan davlatlarni ham) iqtisodiy rivojlanish yo’llarini (modеllarini) kеng, har tomonlama o’rganishi va хulosalar chiqarish zarur hisoblanadi. O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashining ХIII sеssiyasida Rеspublika Prеzidеnti I.A. Karimov, - «Bizning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz rеspublikaning o’ziga хos turmush tarzini, shart-sharoitlarini va хususiyatlarini, хalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama hisobga olishga asoslangan.

Ayni paytda jahon mamlakatlari amaliyoti to’plagan, iqtisodiy jihatdan

rivojlangan davlatlar qatoriga o’tgan mamlakatlar orttirgan ijobiy tajribalarni ham hisobga oladi», - dеb ko’rsatgan edi. Darslik Oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligining profеssoro’qituvchilari, Oliy ta’limning biznеs sohasidagi barcha iqtisodiy yo’nalishlar talabalari, ilmiy хodim va magistrantlari, shuningdеk jahon iqtisodiyoti va хalqaro iqtisodiy munosabatlar bilan shug’ullanuvchi kеng kitobхonlar ommasiga mo’ljallangan.


Download 236.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling