Impulsli toklar bilan davolash
Download 152.58 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Impulsli toklar ta’sirida patologik o‘chog‘ sohasida vegetativ bog‘lamlarning
DIADINAMIK TOKLAR
Diadinamoterapiyada 2 xil yarimsinusoidal shakldagi impuls toklari qo‘llaniladi, ya’ni chastotasi 50 Gs (bir taktli uzluksiz) va 100 Gs (ikki taktli uzluksiz). Bu toklar Bernar tomonidan davolash amaliyotida qo‘llash uchun taklif qilingan, shuning uchun Bernar toklari ham deb ataladi. Bir taktli tok ta’sirida mushakning keskin qisqarishi kuzatiladi, natijada tok qo‘zg‘atuvchi ta’sirini uyg‘otadi. Ikki taktli tok ta’sirida terining elektr tokini o‘tkazuvchanlik xususiyati oshiriladi, sezuvchanlik kengligini ko‘paytiradi, tormozlash, og‘riq qoldirish effektini yuzaga keltiradi. Bir va ikki taktli impuls toklarining bir xil uzluksiz qaytari-lishi organizmning unga o‘rganishiga, asab-mushak apparatining charchashiga olib keladi. SHuning uchun maxsus apparatlar yordamida diadinamik toklarning qisqa va uzun davrli modulyasiyalari ishlab chiqiladi va undan foydalaniladi. Qisqa davrli tok ta’sirida qon aylanish tezlashadi, qon tomirlari kengayadi, qon oqimi tezlashadi, ta’sir joyidagi harorat ko‘tariladi, modda almashinuvi faollashadi. Uzun davrli tok ta’sirida qisqargan mushaklarning qo‘zg‘aluvchanlik effekti kamayadi, tormozlanish, og‘riq qoldirish xususiyati ortadi. Bundan tashqari uzuq-uzuq ritmli toklar (Sinkop ritmi), bir taktli to‘lqinsimon va ikki 2 taktli to‘lqinsimon toklar qo‘llaniladi. Tokning mana shu turlari o‘ziga xarakterli bo‘lgan fiziologik ta’sir ko‘satadi va ular muayyan tartib bilan qo‘llaniladi. Masalan: ikki taktli uzluksiz tok avval sezuvchi sohaga, keyin esa harakatlantiruvchi sohaga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Bir taktli uzluksiz tok ikki taktli tokdan keyingina qo‘llaniladi, u qo‘zg‘atuvchi va ancha vaqtdan keyingina susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Impulsli toklar ta’sirida patologik o‘chog‘ sohasida vegetativ bog‘lamlarning Download 152.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling