Imzo A. X. Qarshiyev 2023 yil
Gorizontal quduqlarni burg‘ilash texnologiyasining asosiy parametrlarini asoslash
Download 255.19 Kb.
|
Gorizontal quduqlarni ishlatishni loyihalashtirish kursh ishi 4
3.Gorizontal quduqlarni burg‘ilash texnologiyasining asosiy parametrlarini asoslash.
Neft va gazni qiya yoki gorizontal quduqlar yordamida qazib olish ishlari 1940 yillarda boshlangan. 1979-yilga kelib bunday quduqlar juda kо‘p burg‘ilangan. Bu vaqtgacha sanoatda tik quduqlar va gidravlik yorish usulida neft mahsulotlarini olish amalga oshirilgan. Gorizontal quduqlar yoki о‘qiga nisbatan burilishi kuchaytirilgan quduqlar yuqori darajada neft olish imkoniyatini beradi, ya’ni quduq ustuni mahsuldor qatlam yuzasi bilan tutashish yuzasining maksimal qiymatini ta’minlaydi. Bunday quduqlarni qazishda sarf xarajatlar oshib ketadi va ularni tugallash texnologiyasining murakkabligi qо‘llanilishini chegaralaydi. Burg‘ilash texnologiyasini yuqori darajada jadallashganligi tufayli, quduqlarni burg‘ilashni texnologik tadqiqot qilishning imkoniyatining paydo bо‘lishi yuqoridagi murakkabliklarni ijobiy hal qilishga, gorizontal quduqlarni burg‘ilashni kо‘paytirishga olib kelgan. Hozirgi vaqtda gorizontal quduqlarni burg‘ilash mohiyatida gorizontal burg‘ilash uchun mos keladigan (о‘qidan og‘dirib burg‘ilash) variantlarni tanlash va undan keyin burg‘ilash, tugallash va quduqni sinash, jadallashtirish usullaridan foydalanish va neftni mahsuldor qatlam kollektorlaridan qiya yoki gorizontal quduqlar yordamida qazib olish ba’zida quduqdan eksponensial foyda olishni о‘stiradi degan fikrlarni aytishgan.Shuning uchun butun dunyoda gorizontal quduqlarni burg‘ilash texnologiyasining sanoat miqiyosida sezilarli darajada о‘sganligi, Respublikamizda ham sо‘nggi yillarda neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda bu usulning qо‘llanilish imkoniyatlarini kengaytirdi. Gorizontal quduqlarni juda kichik radiusli egishda tarmoqlangan quduqlarning egilish radiusi 30-60 m bо‘lib, burg‘ilash jarayonida quduq stvolini kamida 60 m tik qismida 2–3 metrgacha kengaytirish talab qilinadi. Undan keyin 30–60 m balandlikda quduq 4–5 sm-li diametrda gidravlik yorish yordamida burg‘ilanadi. Quduqlarni kichik radiusda egish 6–12 m bо‘ladi va gorizontal quduq stvolining uzunligi 60–200 metrni tashkil etadi. Tik quduqlarni burg‘ilashda birinchi boshlang‘ich deraza tirqishi tik mustahkamlash tizmasini 4,5–6 m ni tashkil etib, quduqning tik bо‘lmagan stvoli deraza tirqishi orqali о‘tadi. Kichik radius orqali gorizontal uchastkaga chiqishda quduq og‘dirgichlar va egilgan burg‘ilash konduktoridan foydalaniladi va silliq egri bо‘yin shakllantiriladi. Quduqlarni о‘rtacha egilishida burish radiusi 90–150 m bо‘ladi va gorizontal quduqning gorizontal uchastkasi esa 450 m. ni tashkil etadi. Bunday quduqlar odatda gidravlik turbinali quduq tubi dvigateli yordamida burg‘ilanadi va gorizontallikka burishda egiluvchan burg‘ilash tizmasidan foydalaniladi. Quduqning qiyaligi har 30 metrga 2° dan burib boriladi, undan keyin esa gorizontal uchaskalar burg’ilanadi Download 255.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling