Imzo A. X. Qarshiyev 2023 yil


Gorizontal quduqlarni burg‘ilash texnologiyasi


Download 255.19 Kb.
bet3/9
Sana03.11.2023
Hajmi255.19 Kb.
#1743242
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gorizontal quduqlarni ishlatishni loyihalashtirish kursh ishi 4

1.Gorizontal quduqlarni burg‘ilash texnologiyasi
asosiy parametrlarini asoslash
Neft va gazni qiya yoki gorizontal quduqlar yordamida qazib olish ishlari 1940 yillarda boshlangan. 1979 yilga kelib bunday quduqlar juda ko‘p burg‘ilandi. Bu vaqtgacha sanoatda tik quduqlar va gidro yorish usulida neft mahsulotlarini olish amalga oshirilgan.
Gorizontal quduqlar yoki o‘qiga nisbatan burilishi kuchaytirilgan quduqlar yuqori darajada neft olish imkoniyatini beradi, ya’ni quduq ustuni mahsuldor qatlam yuzasi bilan tutashish yuzasining maksimal qiymatini ta’minlaydi. Bunday quduqlarni qazishda sarf harajatlar oshib ketadi va ularni tugallash kabi tavsifi qo‘llanilishini chegaralaydi. Burg‘ilash texnologiyasidagi yuqori jadallashuv tufayli asosan quduqni burg‘ilashda texnologik tadqiqot o‘tkazish imkoniyatining paydo bo‘lishi yuqoridagi holatni ijobiy hal qilishga, ya’ni gorizontal quduqlarni burg‘ilashni ko‘paytirishga olib keldi.
Hozirgi vaqtda gorizontal quduqlarni burg‘ilash mohiyatida ko‘pgina ishlatuvchilar gorizontal burg‘ilash uchun mos keladigan (o‘qdan og‘dirib burg‘ilash) variantlarni tanlash va undan keyin burg‘ilash, tugallash va quduqni sinash, jadallashtirish usullaridan foydalanish va neftni kollektorlardan qiya yoki gorizontal quduqlar yordamida qazib olish ba’zida quduqdan eksponensial foyda olishni o‘stiradi degan fikrlarni aytishgan.
Shuning uchun butun jahonda gorizontal quduqlarni burg‘ilash texnologiyasining sanoat miqiyosida sezilarli darajada o‘sganligi Respublikamizda ham oxirgi yillarda neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda bu usulning qo‘llanilish imkoniyatlari kengaymoqda.
Hozirgi kunga qadar Respublikamizda gorizontal quduqlarning soni 27 taga yetdi. Gorizontal quduqlarning unumdorligi vertikal quduqlardan 3-5 martga ortiq bo‘lishiga qaramay, ayrim mutaxassislar ichida har xil fikrlar va yondashuvlar mavjud.
Quduqlarning tik o‘qidan og‘ishini 4 ga bo‘lish mumkin: juda kichik, kichik, o‘rtacha va katta radiusli egilishlar.
Gorizontal quduqlarni juda kichik radiusli egishda tarmoqlangan quduqlarning egilish radiusi 30-60 m bo‘lib, burg‘ilash jarayonida quduq stvolini kamida 60 m tik qismida 2 – 3 metrgacha kengaytirish talab qilinadi. Undan keyin 30 – 60 m balandlikda quduq 4 – 5 sm li diametrda gidravlik yorish yordamida burg‘ilanadi.
Quduqlarni kichik radiusda egish 6 – 12 m bo‘lib, quduq stvolining uzunligi 60–200 m ni tashkil etadi. Tik quduqlarni burg‘ilashda birinchi boshlang‘ich deraza tirqishi tik mustahkamlash tizmasi 4,5–6 m ni tashkil etib, quduqning tik bo‘lmagan stvoli deraza tirqishi orqali o‘tadi. Kichik radius orqali gorizontal uchastkaga chiqishda quduq og‘dirgichlar va egilgan burg‘ilash konduktoridan foydalanib silliq egri bo‘yin shakllantiriladi.
Quduqlarni o‘rtacha egilishida burish radiusi 90–150 m bo‘lib, gorizontal quduqning gorizontal uchastkasi esa 450 m ni tashkil etadi. Bunday quduqlar odatda gidroturbinali quduq tubi dvigateli yordamida burg‘ilanib gorizontallikka burishda egiluvchan burg‘ilash tizmasidan foydalaniladi. Quduqning qiyaligi har 30 metrga 2 0S dan burib borilib, undan keyin gorizontal uchastkasi burg‘ilanadi.
Gorizontal quduqning katta radiusli burilishi 180 – 600 m ni tashkil etib, odatdagi burg‘ilash asboblari yordamida amalga oshiriladi. Quduqni gorizontal uchastkasi burg‘ilash burg‘isi bilan egri uzatma va gidroturbinli tub dvigateli birgalikda qo‘llanilib, gorizontal qismi uzunligi 1200 m dan ortiq bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, uzunligi 300 metr bo‘lgan gorizontal quduq mahsuldor qatlamning markazida joylashgan bo‘lsa, xuddi shu qatlamda joylashgan vertikal quduqqa nisbatan bir kunda 10 marta ko‘p neft beradi. Gorizontal quduqlarni burg‘ilash va tugallash ishlariga sarflangan qo‘shimcha sarf harajatlar tezda va amaldagi ko‘rsatgichlar bilan qoplanadi.
Uncha qalin bo‘lmagan qatlamlar, tabiiy yoriqli qatlamlar va kam o‘tkazuvchan qatlamlar, gaz do‘ppili yoki qatlam tubi suvli, bir qancha qatlamchali va ko‘pincha qurigan qatlamlar gorizontal quduqlar bilan yoki o‘qidan og‘diriladigan quduqlar yaxshi burg‘ilanadi. Bunda boshqariladigan gidro yorish usullaridan foydalaniladi.
Gorizontal quduqlarda yoki o‘qidan og‘dirishga bog‘liq bo‘lgan quduqlarni burg‘ilash ishlari spetsifik murakkabliklarga ega. Burg‘ilash eritmalari bilan qatlam katta uchastkasining tutashuvda bo‘lishi qatlamni shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
2.Qiya va gorizontal quduqlar burg’ilash sharoitlari
GQ va GYOS (gorizontal yon stvolli) quduqlar yordamida murakkab geologik tuzilmali sо‘nggi bosqichidagi konlarni ishlatish hamda yuqori qovushqoqli neftli konlarini ishlatish muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, Surxondaryoning SHо‘rchi tumanining Mirshodi №43-№44 konlarida burg‘ilangan qiya yо‘naltirilgan quduqlar bunga misol bо‘la oladi. Har xil jinsli kollektorlarda har xil sabablarga kо‘ra qatlamchalar yaxlit, bir butun va boshqa sohalari ishlanmasdan qoladi. Kon va geofizik tadqiqotlar ma’lumotlari shuni kо‘rsatadiki, kо‘pgina qazib olinuvchi va haydovchi quduqlar yordamida qatlam ishlatilganda tog‘ jinsi qatlamlarda har xil jinsli bо‘lganligi uchun ishlatish murakkab jarayonda olib boriladi. Shuning uchun yuqori о‘tkazuvchan qatlamlar qazib olish jarayonida yaxshi ishlanadi.

1-rasm. Quduqlarning joylashuv holatlari va burg’ilash usullari:

Download 255.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling