Imzo A. X. Qarshiyev 2023 yil
Download 255.19 Kb.
|
Gorizontal quduqlarni ishlatishni loyihalashtirish kursh ishi 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Kompressor qudug‘i ishchi bosimining o‘zgarishi
Hisob qism
Quduqni ishga ishga tushirishning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash Quduqni ishga tushirishda ishchi agenti ko‘targich quvurlarning ostki qismigacha yo‘naltiriladi. Halqali sistemali bir qatorli ko‘targichda halqa qismiga haydaladigan ishchi agenti suyuqlikni pastga qarab siqadi va suyuqlik ko‘targich kolonnaga o‘ta boshlab, sathi ko‘tarila boshlaydi. Quduq tubidagi bosim qatlam bosimidan oshganda, suyuqlikning bir qismi qatlamga ham haydaladi. Yutilgan suyuqlik hajmi quduqning mahsuldorlik koeffitsiyenti va suyuqlikning haydalish vaqtiga bog‘liq. Ko‘targich quvurlarida suyuqlik sathining ko‘tarilishiga mos ravishda ishchi agentining bosimi ham ortib boradi. Quvur ortki qismida (halqa qismida) suyuqlik sathi ko‘targich quvurlarning boshmog‘igacha pasayganida, ko‘targichdagi suyuqlik sathi yuqori qiymatga ega bo‘ladi. Ishchi agentining bosimi bu paytda maksimal qiymatga ega bo‘lib, bu bosim «ishga tushirish bosimi» deb ataladi. Bu bosimda ishchi agenti ko‘targich quvurlarga o‘tib, undagi suyuqlik sathini ko‘taradi va bu suyuqlikni qisman gazlantiradi. Natijada quduqdan suyuqlik keskin otiladi. Bundan so‘ng, sath pasayib, quvurlarning cho‘kishi kamayadi, ko‘targich quvurlarning boshmog‘ida bosim qatlam bosimiga nisbatan pasayadi, otiladigan suyuqlik miqdori ham pasayadi. Qatlam bosimi va quduqdagi suyuqlik sathi bosimi orasidagi farq ta’sirida qatlamdan quduqqa qarab suyuqlik oqa boshlaydi va ma’lum muddatdan so‘ng qatlam bilan ko‘targichning ishi muntazam ravishda bo‘ladi. Quduq normal holatda ishlay boshlaydi va shundan boshlab haydaladigan ishchi agentining bosimi doimiy bo‘lib, u «ishchi bosimi» deb ataladi. 1-rasm. Kompressor qudug‘i ishchi bosimining o‘zgarishiQuduqni ishga tushirish bosimi ko‘targich konstruksiyasi, quduq diametri, quduqdagi suyuqlik sathi va ko‘targich quvurlarning suyuqlikka cho‘kish darajasiga bog‘liq. Bir qatorli halqali sistemadagi ko‘targich uchun Pishchi = h• ρ \ 10 • D2 \ D2•d2; (1) Bir qatorli markaziy sistemadagi ko‘targich uchun Pishchi = h• ρ \ 10 • D2 \ d2; (2) Maksimal ishga tushirish bosimi; Рishchi max = L • ρ • q; (3) Minimal ishga tushirish bosimi; Pish.min = h • ρ • q; (4) Download 255.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling