Indeks tushunchasi va qo’llanilishi. Indeks so‘zining lug‘aviy ma’nosi va qo‘llanishi


Download 0.5 Mb.
bet4/5
Sana31.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1144582
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yalg\'ashov Abduraxmon. SA-121. MI

Dinamika indekslarini hisoblash uslubiyati esa ilmiy asosda har taraflama ishlangan bo‘lib, ular timsolida indekslar nazariyasining xususiyatlari ham yaqqol ko‘rinadi. Umuman indeks metodining vujudga kelishi ana shu dinamika indekslaridan boshlanadi. Bundan buyon indekslar ustida so‘z yuritilganda dinamika indekslari nazarda tutiladi.

Dinamika indekslarini hisoblash uslubiyati esa ilmiy asosda har taraflama ishlangan bo‘lib, ular timsolida indekslar nazariyasining xususiyatlari ham yaqqol ko‘rinadi. Umuman indeks metodining vujudga kelishi ana shu dinamika indekslaridan boshlanadi. Bundan buyon indekslar ustida so‘z yuritilganda dinamika indekslari nazarda tutiladi.

Indekslar murakkab hodisaning ayrim elementlari, ularning bir xil to‘dalari va umuman murakkab hodisa uchun hisoblanishi mumkin. Shu jihatdan ular guruhiy, yakka va umumiy indekslarga bo‘linadi.

Indekslar murakkab hodisaning ayrim elementlari, ularning bir xil to‘dalari va umuman murakkab hodisa uchun hisoblanishi mumkin. Shu jihatdan ular guruhiy, yakka va umumiy indekslarga bo‘linadi.

Qanday ko‘rsatkichlar indekslashtirilishiga qarab, iqtisodiy indekslar miqdoriy ko‘rsatkichlar indeksiga va sifat ko‘rsatkichlar indeksiga bo‘linadi.

  • Umumiy indekslar hisoblash usuliga qarab, agregat shakldagi va arifmetik o‘rtacha, garmonik o‘rtacha va geometrik o‘rtacha indekslarga, ular esa, o‘z navbatida, vaznli va vaznsiz indekslarga, vaznli indekslar esa bazis vaznli, joriy vaznli, to‘plama yoki o‘rtacha vaznli indekslarga bo‘linadi. Bu indekslar nafaqat hisoblash tartibi bilan, balki shu bilan birga mohiyati va qo‘llanish shart – sharoiti jihatidan bir-biridan farq qiladi

Indekslashtirilayotgan hodisa deganda shunday hodisa nazarda tutiladiki, ularning ikki davrga tegishli ko‘rsatkichlari taqqoslanadi. Demak, indeksda ikkita davr qatnashadi, biri-joriy (hisobot) davr, ikkinchisi o‘tgan, bazis davr deb ataladi. Joriy davr – bu indekslashtirilayotgan hodisaning solishtirilayotgan ko‘rsatkichi, bo‘linuvchi miqdori tegishli bo‘lgan davrdir. Y “1” satr osti ishorasi bilan belgilanadi. Bazis davr- hodisaning taqqoslash asosi qilib olinayotgan zaminiy ko‘rsatkichi, bo‘linuvchi miqdori tegishli bo‘lgan vaqt uzunligi (oralig‘i). Y “0” satr osti ishorasi bilan belgilanadi. Indekslarni tuzishda miqdoriy ko‘rsatkichlar inglizcha quantity – miqdor so‘zining birinchi harfi “q” orqali, sifat ko‘rsatkichlarni esa inglizcha price-baho, productivity-mehnat unumdorligi, profitability – rentabellik yoki daromadlik darajasi kabi so‘zlarning birinchi harfi “p” orqali ifodalash halqaro statistika amaliyotida qabul qilingan.

  • Indekslashtirilayotgan hodisa deganda shunday hodisa nazarda tutiladiki, ularning ikki davrga tegishli ko‘rsatkichlari taqqoslanadi. Demak, indeksda ikkita davr qatnashadi, biri-joriy (hisobot) davr, ikkinchisi o‘tgan, bazis davr deb ataladi. Joriy davr – bu indekslashtirilayotgan hodisaning solishtirilayotgan ko‘rsatkichi, bo‘linuvchi miqdori tegishli bo‘lgan davrdir. Y “1” satr osti ishorasi bilan belgilanadi. Bazis davr- hodisaning taqqoslash asosi qilib olinayotgan zaminiy ko‘rsatkichi, bo‘linuvchi miqdori tegishli bo‘lgan vaqt uzunligi (oralig‘i). Y “0” satr osti ishorasi bilan belgilanadi. Indekslarni tuzishda miqdoriy ko‘rsatkichlar inglizcha quantity – miqdor so‘zining birinchi harfi “q” orqali, sifat ko‘rsatkichlarni esa inglizcha price-baho, productivity-mehnat unumdorligi, profitability – rentabellik yoki daromadlik darajasi kabi so‘zlarning birinchi harfi “p” orqali ifodalash halqaro statistika amaliyotida qabul qilingan.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling