Indeks tushunchasi va qo’llanilishi. Indeks so‘zining lug‘aviy ma’nosi va qo‘llanishi

Demak, indekslar murakkab iqtisodiy ko‘rsatkichdir, tabiatan u nisbiy, o‘rtacha va mutlaq miqdorlarni o‘zida birlashtiradi

Download 0.5 Mb.
bet2/5
Sana31.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1144582
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yalg\'ashov Abduraxmon. SA-121. MI

Demak, indekslar murakkab iqtisodiy ko‘rsatkichdir, tabiatan u nisbiy, o‘rtacha va mutlaq miqdorlarni o‘zida birlashtiradi.

Indekslarni hisoblash natijasi odatda nisbiy miqdor shaklida ifodalansa-da, ammo ular mohiyatan nisbiy miqdorlardan farq qiladi.

Nisbiy miqdorlarda asosiy urg‘u va e’tibor taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlarning iqtisodiy mohiyati, predmeti, moddiy jihatiga qaratilmasdan, balki so‘z u yoki bu jarayonda kuzatiladigan qiyosiy natija qanday hisoblanishi ustida boradi.

Indekslarda esa birinchi o‘rinda solishtiriladigan ko‘rsatkichlarni shakllantirish, ularning predmetliligi, iqtisodiy mohiyatliligini ta’minlash turadi.

Indeks deganda shunday murakkab ko‘rsatkich tushuniladiki, u iqtisodiy hodisalarning ikki yoki undan ortiq holatiga tegishli ko‘rsatkichlarini taqqoslama bir o‘lchovli ko‘rinishga keltirib, ular orasidagi nisbatlar orqali o‘rganilayotgan hodisalarning o‘zgarishini ifodalaydi.

Bu ta’rifda “hodisalarning ikki yoki undan ortiq holatlariga tegishli ko‘rsatkichlari” degan ibora bekorga ishlatilmagan. Gap shundaki, ikki yoki undan ortiq holatlar orasida ma’lum jarayon kechadi, indekslar esa o‘sha jarayonda o‘rganilayotgan hodisalar me’yorida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni ifodalaydi. Hodisa holatlari zamonda yoki fazoda (tekislikda masalan, hududlar, mamlakatlar) jihatidan yoki haqiqatda erishilgan va normalashtirilgan (rejalashtirilgan, optimallashtirilgan) darajada qaralishi mumkin. Demak, indekslar dinamik va statik jarayonlarda ro‘y bergan o‘zgarishlarni tavsiflaydi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling