Indeks tushunchasi va qo’llanilishi. Indeks so‘zining lug‘aviy ma’nosi va qo‘llanishi


Download 0.5 Mb.
bet3/5
Sana31.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1144582
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yalg\'ashov Abduraxmon. SA-121. MI

Indekslar mantiq ilmi (logika)ning sintez va analiz usullariga asoslanadi. Hodisalar to‘plami yoki murakkab hodisa ayrim elementlardan, qismlardan tarkib topadi, ularning o‘zgarishlari har xil me’yorlarda kechadi. Indeks usuli ularni bir butunga aylantiradi, yaxlitlashtiradi va o‘rtacha o‘zgarish me’yori sifatida shakllantiradi. Demak, indekslar sintezlash, umulashtirish funksiyasini bajaradi.

  • Shu bilan birga ular natijaviy hodisalar o‘zgarishida boshqa omil-hodisalar rolini baholash, ularning hissasini aniqlash imkonini beradi, demak, indekslar analitik funksiyani ham bajaradi.

Indekslarning turlari va tasnifi

Indekslar qanday jarayonni ta’riflashi va vazifalari jihatidan to‘rt turga bo‘linadi: dinamika indekslari, reja (shartnomani) bajarish indekslari, hududiy indekslar va xalqaro indekslar.

  • Hududiy indekslar turli hududlarga yoki obyektlarga tegishli iqtisodiy hodisalarning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi. Ular ayrim viloyat va mintaqalar rivojlanish darajasi va ixtisoslashishi, milliy iqtisodiyotga qo‘shayotgan hissasi kabi muhim masalalarni o‘rganishda asosiy qurol hisoblanadi.

Xalqaro indekslar iqtisodiy hodisalarning butun jahon va jo‘g‘rofiy mintaqalar miqyosida rivojlanish darajasi, mamlakatlar ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida erishgan qiyosiy darajalarini tavsiflaydi.

Xalqaro indekslar iqtisodiy hodisalarning butun jahon va jo‘g‘rofiy mintaqalar miqyosida rivojlanish darajasi, mamlakatlar ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida erishgan qiyosiy darajalarini tavsiflaydi.

Dinamika, rejani bajarish, hududiy va xalqaro indekslarni hisoblash bir qator umumiy va xususiy muammolar bilan bog‘liq. Ularni har taraflama o‘rganish, yechish yo‘llarini topish va ilmiy asoslash indekslar nazariyasining bosh vazifasi hisoblanadi.

Bu yerda ta’kidlab o‘tamizki, hududiy va xalqaro indekslarni hisoblash uslubiyati hanuzgacha ilmiy jihatdan to‘la-to‘kis ishlab chiqilmagan. Bu boradagi muhim masalalar tortishuv predmeti bo‘lib qolmoqda.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling