Independent work Changes in society


Tasavvuf ham diniy g’oyadir. Undagi «Mo’minning mo’minga zulmi haromdir» qabilidagi shiorlari soddadil odamlarni o’ziga maftun qiladi


Download 13.29 Kb.
bet2/5
Sana08.11.2023
Hajmi13.29 Kb.
#1755486
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma\'mun

Tasavvuf ham diniy g’oyadir. Undagi «Mo’minning mo’minga zulmi haromdir» qabilidagi shiorlari soddadil odamlarni o’ziga maftun qiladi.

  • Tasavvuf ham diniy g’oyadir. Undagi «Mo’minning mo’minga zulmi haromdir» qabilidagi shiorlari soddadil odamlarni o’ziga maftun qiladi.
  • Ilmda tasavvuf tarixidagi ikki bosqich, zohidlik va oriflik ajratiladi. Zoxidlik davriga xos xususiyat olloh yo’lida toatibodat qilish va farzdir. Ibrohim Adham, Hasan Basriy, Abduhoshim Ko’fiy shu oqim vakillaridir.
  • IX asr o’rtalaridan oriflik davri boshlanadi. Bu paytda xonaqohdar vujudga kelgan, tasavvuf maktablari shakllanib qolgan edi. XIII—XIV asrlarga kelib unda nazariy-ilmiy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham ko’tarilish davri kuzatiladi.
  • Tasavvuf islomning o’zi bilan birga rivojlanadi va keng omma orasiga yoyiladi. Shunga ko’ra bu oqimni dunyodagi ko’plab xalqlarning ijtimoiy-falsafiy hamda badiiy tafakkurida uchratish mumkin.

Insoniyat murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonni bosh kechirmoqda. XXI asr mafkuralar to'qnashuvi asri bo'lishini idrok etmoq zarur, bunda prezidentimiz I.Karimovning "XXI asrda yadro poligonlaridan emas, balki mafkuraviy poligonlardan ehtiyot bo'lishimiz, mafkuraviy immunitet hosil qilishimiz lozim", degan fikrlari nihoyatda muhim.
Tasavvuf insonning ma’naviy kamolotga erishish yo’lidir. Bu yo’l to’rt qismga ajratiladi: 1) shariat; 2) tariqat; 3) ma’rifat; 4) haqiqat.
Shariat ma’naviy komillikning ilk bosqichi hisoblanadi. Unda asosiy islomiy talab va qoidalar o’rganilgan. «Qur’on» va hadislardagi axloqiy-falsafiy, ilohiy ko’rsatmalarning mohiyati o’zlashtirilgan. Oddiy so’fiy zohid shu bosqichdan yuqoriga ko’tarila olmagan.

«Tariqat» so’zining ma’nosi «yo’l» demakdir. Bu yo’lda inson, ya’ni tasavvuf yo’liga kirgan kishi ruhiy-axloqiy kamolot manzillariga etishni maqsad qilib oladi. Odatda, tariqat tasavvufning amaliy qismi xisoblanadi. Bu bosqichda shu yo’lga kirgan shaxs (u solih deb ataladi)ning vazifalari, uning ustoz — pirga ergashish qoidalari va bir qadar axloq-odob me’yorlari haqida ma’lumotlar olinadi. Tariqat, albatta, ustoz (pir, murshid) bilan birga egallanadigan bosqichdir. Bunda solih o’z ixtiyori, irodasini pir qo’liga beradi. Tariqatning irodat deyilishiga sabab ham shuvdadir.


Download 13.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling