“index”mchj
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
“index”MCHJ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.“INDEX” MChJ faoliyatini tahlil qilish (SWOT, qiymatlar zanjiri, xarajatlar tahlili, raqobatbardoshlikni baholash)
“INDEX” MChJda tuzilmani strategiyaga moslashtirishda quyidagi
tavsiyalar foydalidir: 1.Strategiyani tadbiq etish nuqtai-nazaridan tovar narxini yaratuvchi asosiy faoliyat turlarini va tayanch faoliyatlarni aniqlashi va ushbu faoliyatlar asosida tashkiliy tuzilmalarni yaratishi lozim. 2.Agar strategiya bilan bog’liq hamma ishlarni bitta menejerning zimmasiga yuklash mumkin bo’lmasa, unda bo’limlarni faoliyatini alohida muvofiqlashtirishga to’g’ri keladi. 3.Markazlashish va markazlashmaslik muvozanatini ta’minlash maqsadida har bir tashkiliy birlikni boshqaruvini amalga oshirish uchun vakolatlar doirasini aniqlash maqsadga muvofiq. 4.Ikkinchi darajali ishlarni tashqi kompaniyalar bajarishini tahlil šiling. Ba’zi ishlarni kompaniyani o’zi emas, tashqi tashkilotlar bajarishi ma’qul bo’lishi mumkin. 25 4.“INDEX” MChJ faoliyatini tahlil qilish (SWOT, qiymatlar zanjiri, xarajatlar tahlili, raqobatbardoshlikni baholash) Kompaniya faoliyati shart-sharoitini baholashning bir nechta usuli mavjud. Eng tarqalgan va tanilganlardan bo’lib SWOT-tahlil (SWOTdan olingan: kuch (strenght), zaif tomon (wrekness), imkoniyatlar (opportunities), havf-xatarlar (threats)) va STEP-tahlil (step dan olingan: ijtimoiy (social), texnik (technical), iqtisodiy (economic), siyosiy (political) omillar) hisoblanadi. SWOT-tahlil asosida tashqi muhit tahlilini o’tkazish uslubini qisqa ko’rib chiqamiz. SWOT-tahlil ikki qismdan iborat: 1) kompaniya uchun hozir va kelajakda vujudga kelishi mumkin bo’lgan tashqi imkoniyatlar va xavflar o’rganiladi; 2) kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari o’rganiladi. Bunda kompaniya potentsial baholanadi. Kompaniyaning kuchli (yuqori malaka, kompetentlik, mos texnalogiya, xaridorlarda yaxshi obro’ga ega bo’lishi, xarajatlar, raqobat sohasidagi ustunlik, adekvat moliyaviy resurslar va h.k.) va zaif (aniq strategik yo’nalishlarning yo’qligi, eskirgan uskunalar, tor ishlab chiqarish assortimenti, past marketing imkoniyatlari, bozor va raqiblar xaqida tasavvurga ega bo’lmaslik va h.k.) tomonlari, shuningdek imkoniyatlari (yangi bozorlarga chiqish, ishlab chiqarishni kengaytirish, investitsion fondlarning qiziqishi, iste’mol bozorining tyinmaganligi va h.k.) va havf-hatarlari (yangi raqiblarning paydo bo’lishi, o’rinbosar mahsulot sotuvining o’sishi, xukumatning noqulay siyosati, xaridorlar ehtiyojlari va didlarining o’zgarishi, noqulay demografik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa o’zgarishlar va h.k.) ning aniq ro’yxati tuzilganidan so’ng ular o’rtasidagi aloqalarni o’rnatish uchun SWOT matritsasi tuziladi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling