“index”mchj


Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana23.01.2023
Hajmi1,05 Mb.
#1113073
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
“index”MCHJ

«INDEX” MChJning faoliyatiga ikki narsa xavf soladi. Birinchisi - eskirgan 
strategiyani tanlash. Ikkinchisi - strategik o’zgarishlarni o’z vaqtida amalga
oshirmaslik, o’zgarishlarni orqaga surish, kompaniyaning ichki o’zgarishlari 
bilangina shug’ullanish. 
Strategiya to’g’ri shakllantirilganda u kompaniyaning tashqi muhitiga 
o’naltirilgan bo’ladi. 
Rahbarning tadbirkorlik sifatlari bu - yangi strategik imkoniyatlardan 
foydalanish, ya’ni raqobatchilarni yangiliklar sohasida orqada qoldirish va 
kompaniya faoliyatini takomillashtirish harakatlaridir. 
“INDEX” MChJ mos yo’nalishlarni belgilashda quyidagilarga e’tibor berish 
zarur:
- biznesni qanday kengaytirish mumkin; 
- iste’molchilarning ehtiyojlarini qanday yo’llar bilan qondirish mumkin; 
- raqobatchilarni qanday engish mumkin; 
- bozor o’zgarishlariga qanday javob berish mumkin; 
- biznesni funktsional bo’limlarini qanday boshqarish lozim; 
- strategik va moliyaviy maqsadlarga qanday erishish mumkin va boshqalar.
23


Strategiya asoslarini tashkil etuvchi ushbu muammolar har xil kompaniyalar 
uchun turlicha hal etiladi.
Chunki ular turli vaziyatlar bilan bog’liq. Kompaniya strategik erkin 
bo’lganligi tufayli turdosh yoki noturdosh tarmoqlarga kirib borishi, qo’shma 
kompaniyalar tuzishi, alyanslar va yangi tashkilotlar yaratishi mumkin. 
Atrofdagilar uchun kompaniya strategiyasining bir qismi ko’rinib turadi, 
boshqa qismi esa begonalar uchun yashirindir. 
Kompaniya strategiyaga mos yo’nalishni belgilashda foyda keltiradigan va 
uzoq vaqt davomida raqobatbardoshlikni ta’minlaydigan sohalarga qaratilgan 
bo’lishi hamda joriy va kelajak xavf-xataridan ogoh etishi maqsadga muvofiqdir.
Strategiyada hujum va himoya vositalari aniqlanadi. Kompaniya strategiyaga 
mos o’nalishlarining muvaffaqiyatli bo’lishi uchun u bozor imkoniyatlarini va 
tashqi xavf-xatarni hisobga oladi. Jozibador bozor imkoniyatlaridan samarali 
foydalanish uchun hujumkorlik harakatlarini va kompaniyaning raqobat mavqeini 
hamda uzoq muddatli foydaliligini himoya harakatlarini strategiyada aks ettirish 
talab etiladi. 
Strategiyaga mos yo’nalishni belgilashda “INDEX” MChJ:
- kompaniya past xarajatlar asosida samaradorlikka intilayaptimi?
- k o m p a n i y a o ’ z r a q o b a t c h i l a r i d a n f a r q l i o ’ z m a h s u l o t i n i 
differensiyalayaptimi? 
- kompaniya o’z kuchini bozorning tor segmentiga o’naltirganmi?, - degan 
savollarga javob berish lozim. 
Kompaniya bozorni keng egallaganligi, bozorlarni geografik tarqoqligi, 
iste’molchilar qatlamlari ham muhim ahamiyatga ega. Kompaniyaning strategik va 
moliyaviy ko’rsatkichlari: 

bozor ulushi bo’yicha kompaniyaning tutgan o’rni; 

kompaniya foydasining o’sishi yoki pasayishi; 

kompaniyaning sof foydasi va investisiya daromadlari; 

kompaniyaning kredit reytingi; 

tovar sotishlari hajmining o’sishi yoki pasayishi; 
24



kompaniyaning iste’molchilar o’rtasidagi obro’si va imiji; 

kompaniyaning texnologik sardorligi va boshqalar.
Kompaniyaning iqtisodiy ko’rsatkichlari qanchalik yuqori bo’lsa kompaniya 
strategiyasi shunchalik muvaffaqiyatli hisoblanadi. 
Har bir kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi o’ziga xosdir, u oldingi tashkiliy 
tuzilmalarni inobatga olib, rahbarlar topshiriqlarni taqsimlashni oldingi siyosatini 
va ichki muhitini aks ettiradi. Bundan tashqari har bir strategiya alohida omillarga 
va faoliyatga asoslanadi. Shu sababli tashkiliy tuzilmaga individual yondashuv 
maqsadga muvofiq. 

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling