Individual loyiha fanidan


Download 8.12 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi8.12 Kb.
#1584295
Bog'liq
1683692471 (1)

INDIVIDUAL LOYIHA FANIDAN


TOPSHIRIQ
Talaba individual loyiha ishini avvaldan tanlangan mavzu bo’yicha to’liq yoritishi va qog’oz variantda o’qituvchi imzosi bilan tasdiqlangan holatda topshirishi va tizimga yuklashi shart.
Bunda Kirish qismida mavzuga doir kerakli bo’lgan ma’lumotlar berilishi kerak. Fan va texnika, iqtisodiyot sohasida mavzuni dolzarbligi, uning tutgan o’rni to’liq yoritilishi kerak.
Loyihaning nazariy qismida faqat mavzu doirasida olib borilgan izlanishlar nazariy jihatdan yoritilishi, qaysi dasturlash tillaridan va muhitidan foydalanganligi, agarda ma’lumotlar bazasidan foydalangan bo’lsa, ma’lumotlarning to’liq kiritilganligi va bu ma’lumotlar yordamida tizim holatining tasvirlanishi to’liq yoritilishi kerak. Dasturning ishlab chiqish bosqichlari dastur ishidan skrinshot qilingan holatda, tizimning takomillashihi haqida ma’lumotlar berilishi kerak bo’ladi.
Loyihaning amaliy qismida dasturni amaliy jihatdan to’liq yoritib beruvchi dastur kodlari berilishi shart. Dastur kodini har bir qatorini ta’riflash kerak.
Loyihaning hulosa va takliflar qismida mavzuni jamiyat uchun va ilm-fan rivoji uchun kerakli joylardagi tatbiqi haqida ko’rsatmalar berilishi kerak. Mavzuni yanada yoritish uchun kerak bo’ladigan jihatlari yoritilishi, loyihani kengaytirish uchun qilinadigan takliflar berilishi kerak.
Loyiha ishini word variantini imzolangan holatini, dastur ko’rinishini zip papka ko’rinishida tizimga joylashtirish kerak bo’ladi.
Loyiha ishini kirish qismi, nazariy qismining yoritilishi, amaliy qismining yoritilishi, hulosa va takliflarni berilishiga – 30 ball beriladi.
Individual loyiha ishini taqdimot qismining bajarilishiga – 5 ball, individual loyiha ishini himoyasiga – 25 ball ajratiladi.
Jami: 60 ball.
Individual loyiha ishini himoya kuni 01.06.2023da E bino 302 xonada bo’ladi.
izoh: Loyihaning himoya qilish uchun talaba loyihaning elektron shaklidagi variantini taqdimot qismi bilan birgalikda olib kelib, komissiya a’zolari ishtirokida loyiha rahbariga himoya qilishi shart. Shundan so’ng taqdimot qismi tizimga joylashtiriladi.
Download 8.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling