Individual loyiha fanidan


Download 17.14 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi17.14 Kb.
#1506664

INDIVIDUAL LOYIHA FANIDAN


TOPSHIRIQ
Talaba individual loyiha ishini avvaldan tanlangan mavzu bo’yicha to’liq yoritishi va qog’oz variantda o’qituvchi imzosi bilan tasdiqlangan holatda topshirishi va tizimga yuklashi shart.
Bunda Kirish qismida mavzuga doir kerakli bo’lgan ma’lumotlar berilishi kerak. Fan va texnika, iqtisodiyot sohasida mavzuni dolzarbligi, uning tutgan o’rni to’liq yoritilishi kerak.
Loyihaning nazariy qismida faqat mavzu doirasida olib borilgan izlanishlar nazariy jihatdan yoritilishi, qaysi dasturlash tillaridan va muhitidan foydalanganligi, agarda ma’lumotlar bazasidan foydalangan bo’lsa, ma’lumotlarning to’liq kiritilganligi va bu ma’lumotlar yordamida tizim holatining tasvirlanishi to’liq yoritilishi kerak. Dasturning ishlab chiqish bosqichlari dastur ishidan skrinshot qilingan holatda, tizimning takomillashihi haqida ma’lumotlar berilishi kerak bo’ladi.
Loyihaning amaliy qismida dasturni amaliy jihatdan to’liq yoritib beruvchi dastur kodlari berilishi shart. Dastur kodini har bir qatorini ta’riflash kerak.
Loyihaning hulosa va takliflar qismida mavzuni jamiyat uchun va ilm-fan rivoji uchun kerakli joylardagi tatbiqi haqida ko’rsatmalar berilishi kerak. Mavzuni yanada yoritish uchun kerak bo’ladigan jihatlari yoritilishi, loyihani kengaytirish uchun qilinadigan takliflar berilishi kerak.
Loyiha ishini word variantini imzolangan holatini, dastur ko’rinishini zip papka ko’rinishida tizimga joylashtirish kerak bo’ladi.
Loyiha ishini kirish qismi uchun – 10 ball, nazariy qismining yoritilishiga – 10 ball, amaliy qismining yoritilishiga 20 ball, hulosa va takliflarni berilishiga – 10 ball beriladi.
Loyiha ishini bajarilishi bo’yicha konsultatsiyaga dushanba kuni soat 9.30 dan 16.00 gacha E bino 302 xonaga tashrif buyurishingiz mumkin.
Individual loyiha ishini qog’oz variantini topshirishning oxirgi muddati 15.05.2023.
Download 17.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling