Masofali o`qitish uslubining afzalliklari quyidagilar:
- o`qitishning ijodiy muhiti. Ana`naviy uslublar asosida ta`lim berishda, o`quvchi faqat
berilgan materialni o`qiydi. Masofadan turib o`qitish uslubi asosida esa, o`quvchilarning o`zlari
axborotlar omboridan kerak bo`lgan ma`lumotlarni qidirib topish va o`zlarining tajribalarini boshqa
o`quvchilar bilan elektron tarmoqlari asosida almashish imkoniyatlariga ega bo`ladilar;
- ish joyidagi katta o`zgarishlarni mavjudligi. Masofali ta`lim uslubi asosida ta`lim berish
turi millionlab o`quvchilarga, ayniqsa, ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta`lim olayotgan
o`quvchilarga juda keng sharoit yaratib beradi.
- o`qitish hamda ta`lim olishning yangi va unumli vositasi ekanligi. Statistik ma`lumotlar
shuni ko`rsatmoqdaki, masofali ta`lim uslubi asosidagi ta`lim stasionar o`qitish kabi unumlidir.
Bunday uslubda ta`lim olayotgan o`quvchilarning ustunligi ularning eng yaxshi va sifatli
didaktik materiallar hamda salohiyatli ma`ruzachilar bilan ta`minlanishidadir. Ushbu uslubda
o`quvchilar INTERNET tarmog`i orqali "jahon bo`yicha sayohat" qilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |