Individual loyiha
Download 219.94 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5404663373566577610
Loyihalar model. Davlat ta`lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida keng qamrovlik
loyihani amalga oshirish uchun mo`ljallangan masofali o`qitish modelidan iborat. Ushbu modelda asosiy ahamiyat o`quv materiallarini ishlab chiquvchi asosiy mutaxasissis xodimlar, masofali kurslarni olib boruvchi o`qituvchilar va olimlar yig`iladigan ilmiy - uslubiy markazga qaratiladi. Markazda ishlab chiqiladigan masofali kurslar u yoki bu davlat (xudud) ning katta auditoriyasiga uzatiladi. Bunday o`qitish vaqtinchali hisoblanib, loyihada mo`ljallangan ishlar bajarilgandan yoki tugagandan so`ng tugatiladi. Bu modelga misol sifatida Afrika va Lotin Amerkasining rivojlanayotgan davlatlarida turli xalqaro tashkilotlar o`tkazgan qishloq xo`jaligi, agrotexnikaning yangi uslublari, ekologiya bo`yicha va sh.k. masofali o`qitish kurslari olish mumkin. Chet el davlatlari ekspertlarining ma`lumotlariga ko`ra yaqin yillarda insoniyatni yashashi uchun zarur bo`lgan ta`limning minimal darajasi oliy ta`lim bo`ladi. Shunday ekan, ko`p sondagi talabalarni kunduzgi shaklida o`qitish uchun eng rivojlangan davlatlarning ham byudjet mablag`i chidamasa kerak. Shuning uchun ham oxirgi o`n yillikda kunduzgi bo`limlarda o`qiyotgan talabalarga qaraganda noan`anaviy texnologiya asosida o`qiyotgan talabalarning soni tezroq o`smoqda. O`qitishning noan`anaviy shakliga o`tish tendensiyasi ana shunday texnologiyalarda kadr tayyorlanadigan va ularni qayta tayyorlaydigan ta`lim muassasalarining sonini ko`payishida ham ko`rish mumkin. 1900-1960 yillarda (60 yil mobaynida) ularning soni 79 ta edi,1960-1970 yillarda (10 yil mobaynida) 70 ta, 1970-1980 yillarda (10 yil mobaynida) 187 ta va 1980 - 1995 yillarda (15 yil
mobaynida) 700 ta, 1995-2000 yillarda esa, mingdan oshib ketdi (1 - rasm). Jahonda uzoq vaqtlardan buyon masofali o`qitish tizimini (MO`T) rivojlanish sabablaridan biri ixtiyoriy yerda yashayotgan har bir o`quvchiga ixtiyoriy kollej yoki universitetda ta`lim olish imkoniyatini yaratishdan iborat. Bu "talabalarni bir davlatdan boshqa davlatga jismonan siljishi" konsepsiyasidan "ta`lim ashyolarini almashinish orqali bilimlarni taqsimlash maqsadida ko`plab g`oya, bilim va ta`lim" konsepsiyasiga o`tishni ko`zda tutadi. Masofadan turib o`quvchilarni o`qitish o`qituvchi bilan o`quvchi ma`lum bir masofada joylashgan holda ta`lim berish tizimidir. Bunda o`qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, sun`iy yo`ldosh aloqasi, kabelli televidenie kabi vositalar asosida tashkil qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyuter uzatish kanallarining rivojlanishi telekommunikasiya sohasida o`ziga xos tarixiy o`zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha o`quv muassasalari masofadan turib
o`qitish uslubi asosida birlashtirilsa, o`qitish jarayonini yanada yuqori pog`onaga ko`tarish mumkinligi ayon. Xalqaro Kengashning tahlillari shuni ko`rsatmoqdaki, hozirgi kunda, jahonda 10 milliondan ortiq o`quvchilar shu uslub asosida ta`lim olmoqdalar. Download 219.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling