Individual loyiha


Download 219.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana18.11.2021
Hajmi219.94 Kb.
#175446
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2 5404663373566577610

Loyihalar  model.   Davlat   ta`lim   yoki   ilmiy-tadqiqot   dasturi   doirasida   keng   qamrovlik

loyihani amalga oshirish uchun mo`ljallangan masofali o`qitish modelidan iborat. Ushbu modelda

asosiy   ahamiyat   o`quv   materiallarini   ishlab   chiquvchi   asosiy   mutaxasissis   xodimlar,   masofali

kurslarni olib boruvchi o`qituvchilar va olimlar yig`iladigan ilmiy - uslubiy markazga qaratiladi.

Markazda ishlab chiqiladigan masofali kurslar u yoki bu davlat (xudud) ning katta auditoriyasiga

uzatiladi. Bunday o`qitish vaqtinchali hisoblanib, loyihada mo`ljallangan ishlar bajarilgandan yoki

tugagandan   so`ng   tugatiladi.   Bu   modelga   misol   sifatida     Afrika   va   Lotin   Amerkasining

rivojlanayotgan davlatlarida turli xalqaro tashkilotlar o`tkazgan  qishloq xo`jaligi, agrotexnikaning

yangi uslublari, ekologiya bo`yicha va sh.k. masofali o`qitish kurslari  olish mumkin.  

Chet el davlatlari ekspertlarining ma`lumotlariga ko`ra yaqin yillarda insoniyatni yashashi

uchun zarur bo`lgan ta`limning minimal darajasi oliy ta`lim bo`ladi. Shunday ekan, ko`p sondagi

talabalarni kunduzgi shaklida o`qitish uchun eng rivojlangan davlatlarning ham byudjet mablag`i

chidamasa   kerak.   Shuning   uchun   ham   oxirgi   o`n   yillikda   kunduzgi   bo`limlarda   o`qiyotgan

talabalarga   qaraganda   noan`anaviy   texnologiya   asosida   o`qiyotgan   talabalarning   soni     tezroq

o`smoqda. 

O`qitishning noan`anaviy shakliga o`tish tendensiyasi ana shunday texnologiyalarda kadr

tayyorlanadigan va ularni qayta tayyorlaydigan ta`lim muassasalarining sonini ko`payishida ham

ko`rish mumkin. 1900-1960 yillarda (60 yil mobaynida) ularning soni 79 ta edi,1960-1970 yillarda

(10 yil mobaynida) 70 ta, 1970-1980 yillarda (10 yil mobaynida)  187 ta va 1980 - 1995 yillarda (15

yil 


mobaynida) 700 ta, 1995-2000 yillarda esa, mingdan oshib ketdi (1 - rasm). 

Jahonda uzoq vaqtlardan buyon masofali o`qitish tizimini (MO`T)  rivojlanish sabablaridan

biri ixtiyoriy yerda yashayotgan har bir o`quvchiga ixtiyoriy kollej yoki universitetda ta`lim olish

imkoniyatini yaratishdan iborat. Bu "talabalarni bir davlatdan boshqa davlatga jismonan siljishi"

konsepsiyasidan "ta`lim ashyolarini almashinish orqali bilimlarni taqsimlash maqsadida ko`plab

g`oya, bilim va ta`lim" konsepsiyasiga o`tishni ko`zda tutadi. 

Masofadan   turib   o`quvchilarni   o`qitish   o`qituvchi   bilan   o`quvchi   ma`lum   bir   masofada

joylashgan holda ta`lim berish tizimidir. Bunda o`qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, sun`iy

yo`ldosh aloqasi, kabelli televidenie kabi vositalar asosida tashkil qilishini talab qiladi. 

Zamonaviy kompyuter uzatish kanallarining rivojlanishi telekommunikasiya sohasida o`ziga

xos tarixiy o`zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha o`quv muassasalari masofadan turib



o`qitish   uslubi   asosida   birlashtirilsa,   o`qitish   jarayonini     yanada   yuqori   pog`onaga   ko`tarish

mumkinligi ayon. 

Xalqaro   Kengashning     tahlillari   shuni   ko`rsatmoqdaki,   hozirgi   kunda,   jahonda     10

milliondan ortiq o`quvchilar shu uslub asosida ta`lim olmoqdalar. 




Download 219.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling