Individual loyiha
Masofali o`qitishni tashkil etish asosiy tamoyillarlari
Download 219.94 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5404663373566577610
Masofali o`qitishni tashkil etish asosiy tamoyillarlari:
- ixtiyoriy yoshdagi o`quvchilarning guruhi ta`lim olish imkoniyatiga ega ekanligi, ya`ni vaqt va fazoda egiluvchanligi: - yuqori sifatli o`quv materiallarni tanlash mumkinligi; - o`qitish jarayonini yuqori darajadagi oshkoralik va samaradorlikda o`tkazish mumkinligidan iborat. Masofali o`qitish pedagogik jihatdan: - o`ziga xos yo`nalishi sifatida qaralishi; - o`qitish va o`qishni individual va differensial qndoshuvni mavjudligi; - o`quvchining psixologik xususiyatlarini hisobga olish mumkinligi; - o`quvchilarning o`qishga motivasiyasini kuchaytirish, olgan bilimlarini takomillashtirish va rivojlantirish; - fanlararo uzviylik ta`minlanishi; - muammoli o`qitish usullaridan foydalanilishi; - zamonaviy o`qitish usullari bilan boyitilishi; - guruhli va yakkama-yakka usullardan izchillik bilan foydalanish mumkinlik xususiyatlariga ega. Masofali o`qitish, o`qituvchi va o`quvchilarning fuqorolik huquqlarini tenglashtirish, tanlash, shuningdek, o`z fikri va nuqtai nazarlarini erkin bayon etish huquqlarini beradi.
Ta`lim tizimining bugungi vazifasi tinglovchilarni to`lib toshgan axborot - ta`lim muxiti sharoitida bemalol faoliyat ko`rsata olishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash sharoitini yaratib berish zarur. Pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashda qo`llaniladigan masofali o`qitishning asosiy maqsadi: tinglovchilar qaerda yashashlaridan qat`iy nazar jahondagi ihtiyoriy ta`lim muassasasida o`qish imkoniyatini yaratish, ta`lim muassasalaridagi professor - o`qituvchilarning saloxiyatlardan foydalangan holda ta`lim sifatini oshirish, tinglovchilarga uzluksiz ta`lim olishni ta`minlash va ta`limning turli shakllarini bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat. Masofali ta`lim tizimining an`anaviy ta`lim shaklidan farqi, uning egiluvchanligiga bog`liq ravishda yuqori xarakatchanligi, tinglovchilarning mustaqil ishlash imkoniyatini kattaligi, o`quv - metodik ta`minotning rang-barang shakldaligida bo`lib, ular tinglovchilarning qaerdaligidan qat`iy nazar ta`lim jarayonini samaradorligini ko`tarishga imkon beradi. Pedagog va ilmiy xodimlarni masofali o`qitish uslubi bilan malakasini oshirish va qayta
- ashyolarni turli taqsimotida mintaqaviy va xududiy markazlarning tarmoqlarini o`tkazish imkoniyati; xujjat almashinish muddatlari; masofali ta`lim tizimida tinglovchilarni o`qitish uchun sarflanadigan mablag`; ta`limning aloxida shakllari; turli kurslar va masofali o`qitish xususiyatlarini tahlil qilish; - tinglovchilarning joriy, oraliq va yakuniy attestasiyasi uchun zarur bo`lgan bilimlari sifatini nazorat qilish uslublarini ishlab chiqarish; - o`qituvchi va tinglovchilar uchun fanlar bo`yicha o`quv-uslubiy qo`llanma va materiallar ishlab chiqish; - zamonaviy o`qitish vositalari: elektron darslik, audio- va vidio kurslar, kompyuterli o`qitish dasturlarini yaratish va telekommunikasiya vositalarini foydalanishning metodologik asoslarini aniqlash; - malaka oshirishda ishtirok etadigan o`qituvchi va tyutor - maslahatchilarni tayyorlash; - o`quv jarayonida interfaol uslublari va yangi pedagogik texnologiyalarini o`z joyida fodalanishni taxlil qilish va aniqlash;
- malaka oshirish va qayta tayyorlash o`quv rejalariga kiritiladigan o`quv kurslarni asoslash va me`erga keltirish; - ta`lim yo`nalishi va fanlari bo`yicha masofali o`qitishni amalga oshiruvchi xodimlarni aniqlash kabi muammolarni hal qilish kerak. Pedagog va ilmiy xodimlarni masofali o`qitish tizimi orqali malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun: o`quv - uslubiy adabiyot; egallagan bilimlarini nazorat qilish tizimi va tashkiliy shakllar kabi iborat uchta elementlar orasida qat`iy bog`lanish bo`lishi zarur. Masofali o`qitishda yuqori faollikni elektron darslik va qo`llanmalar o`ynashi kerak. Ular tinglovchilar uchun ta`lim berish tizimlarini vazifasini bajarishlari kerak. Har bir fanga mo`ljallangan kurslar uchta (eng kamida): ta`limiy, mashqli va nazorat qilish asosiy qismlarga ega bo`lishlari kerak.
Masofali ta`limda ishtirok etayotgan o`qituvchidan ma`lum bilim va ko`nikmalarni egalaganliklarni talab etadi. Ushbu bilim va ko`nikmalarni qo`yidagi to`rt qismga bo`lish mumkin: Download 219.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling