Individual loyoha


Download 6.82 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi6.82 Kb.
#1598972
Bog'liq
B.B.Mamatqulov (Taqdimot)

MUHАMMАD АL-XORАZMIY NOMIDАGI TOSHKENT АXBOROT TEXNOLOGIYALАRI UNIVERSITETI QАRSHI FILILАLI KOMPYUTER INJINIRING FАKULTETI АXBOROT TEXNOLOGILАRI SERVISI KАFEDRАSI


“Korxonalarda multiservis aloqa tarmog’larine tashkil eatish va ularni tahlil qilish” mavzusida
INDIVIDUAL LOYOHA
Tayyorladi: A.Soatov
Rahbar: B.Qodirov
Qarshi-2023

KIRISH

Hozirgi kunda turli darajalardagi telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi ancha yuqorilab ketgan va ma‘lumot almashishga bo‘lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. Shuning uchun mavjud bo‘lgan an’anaviy aloqa tarmoqlari bilan birga aloqaning yangi xizmatlari talablarini hisobga oluvchi axborotlashgan infratuzilmasini yaratish va joriy etish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bunday tarmoqlarni tashkil etishning ajralmas shartlari, mamlakatdagi aloqa operatorlari tarmoqlariga yangi transport texnologiyalarini muvofiqlashtirgan holda joriy etish, yangi xizmat turlarini foydalanuvchilarga taqdim etish va global axborotlashgan tizimga qo‘shilishdir.

MAVZUNING DOLZARBLIGI

Har xil axborot kommunikatsiya xizmatlarining tez rivojlanishi va o‘zaro birgalikda ishlashi natijasida ularning yaqinlashishi kuzatilmoqda. Bu jarayon hayotimizga telekommunikatsiya tarmoqlarida multiservisli aloqa tarmoqlari tushunchasi bilan kirib kelmoqda. Chunki bugungi kunda global kompyuter tarmog‘i ko‘plab birlashgan korporativ va lokal tarmoqlarni tashkil qiladi. Shunga qaramasdan oxirgi paytda axborotlarni uzatish hajmining oshishi, mavjud bo‘lgan axborotli kanallarning uzatuvchanlik qobiliyatini yetishmasligiga olib kelmoqda. Bu asosan internet, video, video konferensiya, elektron pochta va boshqa xizmatlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.

INDIVIDUAL LOYOHA ISHINING MAQSADI

Multiservis aloqa tarmoqlarida xizmat ko‘rsatish sifatini o‘rganish va tahlil qilishdan iborat.

INDIVIDUAL LOYOHA ISHINING VAZIFALARI

  • Multiservis tarmoqlarini tashkil etish muammolari o‘rganish;
  • Multiservis tarmoqlarida xizmat ko’rsatish sifatini ta’minlash masalasi yechimlarini tahlil qilish;
  • Multiservis tarmoqlarining tuzilishi;
  • Aloqa kanallarida kechikish bilan axborot uzatish sifatini baholash.

MULTISERVISLI TARMOQ TUSHUNCHASI

Multiservis tarmog‘i - bu ovoz, video va ma'lumotlarni uzatishga qodir bo‘lgan yagona tarmoq. Multiservis tarmoqlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishining eng kuchli rag‘batlantiruvchisi bu egalik narxini pasaytirish, murakkab, multimediaga boy ilovalarni qo‘llab-quvvatlash va tarmoq uskunalari funksionalligini kengaytirish istagi hisoblanadi.

MULTISERVISLI TAYANCH TARMOQ STRUKTURASI

MULTISERVISLI TAYANCH TARMOQ STRUKTURASI

MULTISERVISLI TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQ STRUKTURASI

RID-SOLOMON KODLARI ASOSIDA ALOQA KANALLARIDA AXBOROT UZATISH SIFATINI BAHOLASH

Ko‘pgina hollarda, to‘xtatuvchi kanal asosiy kanaldan biroz yomonroq ekanligi oldindan ma'lum. Keyin ko‘rsatilgan kod parametrlarining mos qiymatlari bilan birlashtirilgan tasodifiy kodlash muammoni hal qiladi. Qabul qiluvchi kanalning sifati asosiy kanal sifatiga qaraganda yuqori deb hisoblangan hollarda, qonuniy jo‘natuvchi va qabul qiluvchi asosiy kanalning tutuvchi kanalga nisbatan yuqori sifatini yana bir bor ta'minlash uchun ma'lum manipulyatsiyalarni bajarishi kerak. simmetrik kanallar va kanallarning sifati har bir belgi uchun xatolik ehtimoli bilan o‘lchanadi.

KECHIKISH BILAN ALOQA KANALI

ELEKTROMAGNIT TUTIB OLISH KANALI

XULOSA

Multiservis tarmoqlari iste’molchilarga talab etiladigan axborotni har qanday ko‘rinishda yetkazish, shuningdek iste’molchilar o‘rtasida har qanday tipdagi aloqani ta’minlash imkoniga ega telekommunikatsiya tuzilmasi hisoblanadi. Bunday yechim bir birini takrorlaydigan ko‘pgina tarmoqlarni rad etish imkonini beradi, istiqbolda uzatiladigan axborot hajmiga va uni uzatish sifatiga qo‘yiladigan turli talablarga ega har qanday xizmatlarni joriy etish imkonini beradi.

Hozirda aloqa operatorlarining xizmatlari ko‘pincha bir darajali prinsip bo‘yicha klassifikatsiyalanadi va hozirda bunday xizmatlarning ro‘yxatlarini IP, VPN, DSL, telefon aloqalarini ko‘rish mumkin. Xizmatlarning aniq bo‘lmagan klassifikatsiyasi tijorat siyosatidagi va marketingdagi muammolarga olib keladi, bu yaratilgan infrastruktura va kapital xarajatlar samaradorligida va muddatlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun aloqa operatori xizmatlarini ko‘p o‘lchamli strukturani ishlatgan holda, klassifikatorlar tizimlariga asoslanib, klassifikatsiyalash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 6.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling