Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi
Regenerasiya davrida hujayraning kelib chiqishi
Download 2.45 Mb.
|
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi
Regenerasiya davrida hujayraning kelib chiqishi. Regenerasiya sabablarini o’rganish maqsadida, bir qancha tajribalar o’tkazilgan. Jumladan, tritonning oyoqlari oldin rentgen nuri bilan nurlantirilib, keyin kesilganda regenerasiya sodir bo’lmagan. Agar organning yoki to’qimaning ma’lum qismi qoldirilib kesilsa, regenerasiya sodir bo’lgan, ammo oyoqlar to’liq tiklanmagan.
Regenentsiya jarayonda maxsus "totipotent", "embrional", "zaxira", "doimiy yosh" hujayralar muhim ahamiyatga ega, deb tushuntiradigan gipotezalar keng tarqaldi. Masalan, 1887 yilda M. Nussbaum gidralarda totipotent, zaxira hujayralar regenerasiya funksiyasini bajarishini aytgan. 1892 yilda X. Randolf kam tuklilarda zaxira hujayralar bo’tishini va ularni neoblastlar deb atashni taklif etgan. Neoblastlar kamtuklilarda, i-hujayralar gidrada, arxeositlar bulutlarda normal regenerasiyada muhim ahamiyatga ega. Ammo zaxira hujayralar to’g’risidagi nazariyaning noto’g’ri ekanligini, 1934 yilda B. P. Tokin tomonidan aytilgan. Neoblastlar to’g’risidagi munozaralar hozir ham davom etmoqda. Hozirgi paytda neoblastlaning regenerasiya kurtagini hosil qilishdan tashqari, gonadalar shakllanishida va ichaklarning bez hujayralari paydo bo’lishida ham ishtirok etishi aytilmoqda. Jinsiy ko’payadigan planariyaning bo’linish zonasida neoblastlar to’planadi. Planariya gavdasidagi hujayralardan faqat neoblastlar, mitoz yo’li bilan bo’linadi. Bularning hammasi tiklanish jarayonda, neoblastlar muhimligidan dalolat beradi. XX asrning 80 yillarida regenerasiya jarayonda “zaxira”hujayralarning vazifasi haqida elektron mikroskop yordamida olingan va boshqa ma’lumotlarga asoslanib bir qancha gipotezalar yaratildi. Shunday gipotezalardan "o’q tana hujayra" gipotezasi katta ahamiyatga ega.Tana hujayralar deb terining bazal qavatidagi epiteliy hujayralari, ichak, qon hosil qiluvchi hujayralar nomlanadi. Gidraning i-hujayrasi, kam tuklilarning neoblastlari tana hujayrasi hisoblanadi. Bu hujayralar "tinim davridagi hujayralar" guruhi deb ataladi. Chunki ular regenerasiya davrida faol holatga o’tadi. Shunday qilib, regenerasiya davrida hujayralaning paydo bo’lishi haqidagi muammo, munozarali bo’lib qolmoqda.Bu haqidagi gipotezalarni 3guruhga bo’lish mumkin: l. Zaxira hujayralar gipotezasiga ko’ra, regenerasion blastermaning o’tmishdoshi zaxira hujayralar bo’lib, ular rivojlanishning dastlabki davrida differensiasiyaga uchramasdan qolib keladi va regenerasiya jarayondan "buyruq" olmaguncha rivojlanish jarayonda qatnashmaydi. 2.Vaqtinchalik dedifferensiasiya gipotezasiga ko’ra, differensiallashgan va ma’lum vazifani bajarishga ixtisoslashgan hujayra, regenerasiyadan stimul olib, o’z vazifasini bajarmasdan, regenerasiya jarayoniga qatnashadi, ammo determinatsiya xususiyatini yo’qotmaydi. Keyin yana o’z vazifasini bajaradigan holatga qaytadi. 3.To’liq dedifferensiasiya gipotezasiga ko’ra, ixtisoslashgan hujayralar regenerasiya jarayonda regenerasion hujayralarga aylanadi va dastlabki holatiga qaytmaydi. Biologiya fanining hozirgi taraqqiyoti, bu gipotezalarning qaysi biri to’g’ri ekanligini isbotlay olmaydi. Shunga qaramasdan, regenerasiya sohasidagi yutuqlar tibbiyotda keng qo’llanilmoqda. Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling