Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi
Birlamchi jinsiy hujayraning migrasiyasi
Download 2.45 Mb.
|
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi
Birlamchi jinsiy hujayraning migrasiyasi. Jinsiy hujayralarning rivojlanishi uzoq davom etadi. Hamma hayvonlarda gonadalar gonositlardan keyin paydo bo’ladi. Birlamchi gonosidar mustaqil harakatlanish, ya’ni migrasiya qilish qobiliyatiga ega. Tovuq embrionining gonositlari o’z yo’lining ma’lum qismini qon orqali, qolgan qismini faol harakatlanib bosib o’tadi (20-rasm).
Fransuz embriologlari E. Volf va F. Dyubua ma’lumotlariga ko’ra, gonositlarning harakatlanishiga, gonadadan ajraladigan kimyoviy moddalar ljobiy ta’sir etadi. Ammo bu xemotaksis hodisasi, yoki harakatlanishning oddiy faollashtirishi ekanligi hozircha noma’lum. Dastlab gonositiarsoni embrionda kam bo’ladi. Gonosit gonadaga o’rnashib olgandan keyin, intensiv bo’linadi va soni ortadi. Sames (erkak) va samka (urg’ochi) jinsiy bezining rivojlanishi davrida, gonositning joylashishi farqlanadi. Gonadaning jinsga bog’liq holda rivojlanishning dastlabki davrida, gonosit erkaklik urug’ kanalining ichiga, urug’chilik jinsiy bezining tashqarisida joylashadi. Embrion jinsini gistologik jihatdan aniqlash mumkin bo’lgan davrdan, boshlab goniylarni spermatogoniy, yoki oogoniy deb ataladi. Gonositning goniyga aylanishi, bir qancha o’zgarishlar tufayli amalga oshadi, jumladan, ular yiriklashadi, yumaloq shaklni oladi, amyobitsimon harakati yo’qoladi, intensiv ko’payadi. Keyinchalik oogoniylarning bo’linishi to’xtaydi. Bu davrga kelib, tuxumdonda oogoniylarning ma’lum zaxirasi to’planadi. Ularning oz qismi, yetilgan tuxum hujayraga aylanadi, ko’p qismi nobud bo’ladi, yoki degenerasiyaga uchraydi. Hisoblarga qaraganda, 5 oylik odam embrionida 6800000, tuglilish oldidan 1 mln, 7 yoshda 300000 oogoniy bo’ladi. Oogoniylarsoniningortishi, harxil hayvonlarda harxil muddatlarda to’xtaydi. Masalan, sut emizuvchilarda bu jarayon tuglilishgacha, ba’zi hayvonlarda tug’ilishdan keyin to’xtaydi, ba’zi tuban primatlarda oogoniylarjinsiy voyaga yetganda ham ko’payadi. Spermatogoniylarning ko’payishi, aksincha butun jinsiy voyaga yetgan davr davomida uzluksiz (issiqqonli hayvonlarda), yoki mavsumiy (sovuqqonli hayvonlarda) sodir bo’ladi. Gametogenezning keyingi bosqichlarida spermatogoniylar va oogoniylar murakkab o’zgarishlardan keyin yetilgan jinsiy hulayrlar-spermatozoid va tuxum hujayraga aylanadi. Bu jarayonlar hujayra yadrosi va sitoplazmasida ko’plab o’zgarishlar sodir bo’lishi bilan, amalga oshadi va oogoniy hamda spermatogoniy morfologik va fiziologik jihatdan erkaklik va urugchilik jinsiy hujayralariga aylanadi. Bu o’zgarishlar quyidagilardir. 1. Rivojlariayotgan tuxum hujayrada ko’plab makromolekula, subhujayraviy va oziq moddalar sintezlanadi va kiradi. Ana shu moddalar hisobidan tuxum hujayra kattalashadi, shakllanayotgan spermatozoidda sitoplazma umuman yo’qoladi va ba’zi moddalar sintezlanadi. 2. Jinsiy hujayralar rivojlanishi davrida meyoz bo’linish sodir bo’ladi. Uning 2 ta xususiyati: xromosomalar sonining kamayishi va gomologik xromosomalarda genlar rekombniasiyasi sodir bo’ladi. 3. yetilgan jinsiy hujayralanla ulani tashkil etuvchi moddalar shakli va funksiyasiga qarab qayta taqsimlanadi. Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling