Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi
II-BOB. JINSIY ORGANLARNING TUZILISHI VA GAMETOGENEZ
Download 2.45 Mb.
|
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinsiy organlarning taraqqiyoti.
II-BOB. JINSIY ORGANLARNING TUZILISHI VA GAMETOGENEZ
Hujayralar klassifikasiyasi. Erkak va urg’ochi organizmlarni tashkil etuvchi hujayralarning bir qismi, yana jinsiy bezlarni tashkil etadi. Bu jarayon minglab yillar davomida, avloddan avlodga o’tib kelaveradi. Hujayralarning ana shu qatorini A. Veysman "Homila yo’li", bunday hulayralarmng o’zini esa generativ hujayralar, yoki organizmning generativ qismi deb atadi (generasiya-ko’payish). Organizmni tashkil etadigan boshqa hujayralarnnig hammasini, somatik hujayralar deb atadi (soma - tana). Homila yo’li hujayralarining bir qismi, navbatdagi jinsiy hujayralarni hosil qiluvchi hujayraga aylanadi. Shuning uchun, Veysman bu hujayralarni "o’lmaydigan hujayralar" deb atadi. Somatik hujayralar to’qima va organlani hosil qiladi, organizm o’lsa, bu hujayralar ham o’ladi. Shuning uchun ulami Veysman "o’ladigan hujayralar" deb atadi. Shunday qilib, tirik organizmlarni tashkil etadigan hujayralar ikkita guruhga bo’linadi: 1) jinsiy (generativ) hujayralar. Bularga tuxum va urug’ hujayralar kiradi, ular individning jinsiy ko’payishni ta’minlaydi; 2) somatik hujayralar, butun gavdani tashkil etadigan hujayralar to’plamidan iborat bo’lib, ular jinsiy hujayraning himoya va oziqlanishini ta’minlaydi. Jinsiy organlarJinsiy organlarning ikkita muhim fiziologik vazifasi bo’lib, birinchidan, ular jinsiy hujayralar-gametalar (tuxum hujayra va spermatozoid) hosil bo’lishini ta’minlasa, ikkinchidan, jinsiy hujayralar va jinsiy bezlar faoliyatini boshqaradigan gormonlar ishlab chiqaradi. Jinsiy organlar 2 xil bo’lib, jinsiy hujayralar rivojlanadigan bezlar (tuxumdon va urug’don) va jinsiy hujayralar o’tadigan yo’llardan iborat. Jinsiy organlarning taraqqiyoti. Jinsiy organlarning taraqqiyoti bir necha jarayonlar va bocqichlardan iborat. Sut emizuvchilar jinsiy organlarining taraqqiyotida ikkita muhim xususiyatga e’tibor berish lozim. Eirinchidan, jinsiy organlar taraqqiyotining dastlabki bosqichida indifierent morfologik belgilar, ya’ni ham erkaklik, ham urg’ochilik jinsiy organlarga xos belgilar shakllanadi va ularnnig qaysi jins ekanligini aniqlab bo’lmaydi. Keyinchalik har xil jinsga oid belgilar shaklanadi. Ikkinchidan, erkaklik jinsining ta’sviri yo’qligi tufayfi, urug’chilik jinsiy organ rivojlanadi. Jinsiy organlar taraqqiyotining dastlabki bosqichi urug’lanish bo’lib, bunda spermatozoid xromosomasi zigotalanishini belgilaydi. XY-xromosomali zigota erkaklik jinsini belgilasa ham, zigotaning dastlabki davrida erkaklik va urugchilik zigotasining taraqqiyoti bir xil kechadi. Y-xromosomaning asosiy vazifasi indifferent gonadani urug’don hosil bo’lishi tomonga buradi. Bu birlamchi jinsiy hujayraning gonadaga migrasiyasidan keyin sodir bo’ladi. Y-xromosomaning bu vazifasi, undagi NY-antigen orqali bajariladi. Bu antigen bo’lmasa, gonada tuxumdonga aylanadi. Shu bilan jins differensiasiyasining ikkinchi, ya’ni gonada jinsini aniqlash bosqichi tugallanadi (14-rasm). Keyin embrionning morfologik (somatik) jinsiy belgilari shakllanadi. Embrion taraqqiyotining dastlabki boshqalarida ikki juft jinsiy kanal bo’ladi. Bulardan biri. mezonefros kanal, ikkinchisi, paramezonefros (myuller) kanaldir. Urug’donning testosteron gormoni ta’svirida mezonefros kanaldan urug’ olib ketuvchi kanal hosil bo’lib, siydik kanaligacha davom etadi. Prostata bezi va urug’ saqlovchi xalta ham, testosteron bilan bog’liq. Urug’chilik paramezonefros (myuller) kanalining regenerasiyasi urug’doiming boshqa gormoni - myuller nayi faoliyatini to’xtatuvchi omil gormoni ta’svirida sodir bo’ladi. Urg’ochi embrion gonadasi bu gormonlarni ishlab chiqarmaydi. Testosteron yo’qligi tufayli mezonefros kanal regenerasiyaga uchraydi, myuller nayi faoliyatini to’xtatuvchi omil gormoni yo’qligi tufayli esa, myuller kanalidan tuxum yo’li, bachadon va qinning bir qismi hosil bo’ladi. Tashqi jinsiy organlar ham dastlab, indifferent hollda taraqqiy etadi. Keyinchalik testosteron gormoni borligi tufayli erkaklik, testosteron yo’qligi tufayli esa urugchilik tashqi jinsiy organlar hosil bo’ladi (15-rasm). Jinsiy takomillashishning oxirgi bosqichi tug’ilishdan keyin sodir bo’ladi. Yangi tug’ilgan bola, qanday tashqi muhit tufayli o’z jinsiy belgilarini namoyon qiladi. Jinsiy balog’atga yetish davrida esa bu jarayon oxiriga yetadi va jinsiy gormonlar ta’svirida, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’ladi. Jinsiy organlar sistemasi ayiruv organlari va buyrak usti bezi bilan birgalikda taraqqiy etadi. Homilaning gonadasi birlamchi buyrak-mezonefros (voif tanachasi)ning yuzasidagi selomik epiteliynurg yolgloniashuvidan boshlanadi. Shu vaqtda selomik epiteliyinng yo’g’onlashuvi, buyrak usti bezi po’stloq qismining hosil bo’lishiga asos bo’ladigan mezonefros orasida joylashgan, interranal tanani hosil qiladi. Homilaning uchinchi haftasida birlamchi jinsiy hujayralar (gonosit yoki gametoblast) paydo bo’ladi. Gametoblastlar yirik yadroli, gtikogenga va sariqlik moddasiga boy bo’ladi. Gametoblastlar dastlab sariqlik xaltasi devorida hosil bo’ladi va o’sha yerda tez ko’payadi. Qon oqimi bilan yoki o’zi jinsiy organga migrasiya qiladi. Shu davrdan boshlab gonadada gametoblastdan gametosit, undan gameta hosil bo’ladi. Gonadaning epiteliy hujayralari yetilayotgan jinsiy hujayrani oziqlantirish vazifasini bajaradi. Epiteliy va interstisial. hujayralar jinsiy gormon ishlab chiqara boshlaydi. Gonadadan birlamchi buyrak stromasiga gametositlar o’sib kiradi. Shu vaqtdan boshlab birlamchi buyrakdan kloakaga davom etuvchi birlamchi buyrak nayiga parallel-paramezonefros nay hosil bo’ladi. Shundan boshlab jinsiy sistemaning indifferent taraqqiyoti nihoyasiga yetadi va erkak, urg’ochi jinsiy sistema rivojlanadi. Indifferent jinsiy organdan erkaklik jinsiy organi homilaning 6-haftasida, urugchilik jinsiy organ esa 8-haftasida paydo bo’ladi. Erkaklik jinsiy organ rivojlanishi davrida birlamchi buyrakning yuqori qirrasi bo’ylab mezenxima to’qimasi o’sadi va keyinchalik undan urug’donning oq kapsulasi hosil bo’ladi. Keyin epitelial jinsiy tizimdan urug’ kanali, urug’donning egri-bugri kanali paydo bo’ladi. Prostata bezi-embrional rivojlanishninig uchinchi oyida chiqaruv kanalining boshlanish qismidagi epiteliy hujayralaridan hosil bo’ladi. Kloakaning oldingi qismida joylashgan mezenximanilig o’sib ketishidau, tashqi erkaklik jinsiy organ hosil bo’ladi (I6-rasm). Tuxumdonning embriogenezi davrida birlamchi buyrak asosida mezenxima rivojlanib, buyrak kanali reduksiyaga neliraydi. Mezonefros kanal atrofiyaga uchraydi, paramezonefios kaiial rivollariadi. Paramezonefros kanalinnig yuqori qismituxumyo’liga aylanadi. Uning boshlanishi, tuxunuri qabul qiluvchi oladi. Pastki qismi voronkasimon ko’rinishni oladi. Pastki qismi esa o’saro qo’shilib, bachadon va qinni hosilqiladi (17-rasm). Taraqqiy etayotgan tuxumdonda mezenximadan iborat bo’lgan birlamchi buyrakning qoldiq tanasi, uning asosiy qismi hisoblanadi. Jinsiy vakilning ustki epiteliy hujayralari o’sib, ana shu asosiy qismida jinsiy tizimga aylariadi. Mezenxima jinsiy tizim orqali o’sib, birlamchi follikulaga aylanadi. Har bir follikula ovosit va uni o’rab turgan follekulyar epiteliydan iborat bo’ladi. Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling