Halqali chuvalchanglardan yomgir chuvalchangining jinsiy organlari 9-15-segment jayda joylashgan bo’lib, ular germafroditdir-. 10-ll-segmentlarda 2 juft urug’don maxsns kapsulada joylashgan va ularda 3 juft urug’ xaltasi bo’ladi. Spermatozoid kapsuladan urug’ xaltasiga tushadi. Urug’ xaltasida spermatozoid yetaladi va qaytadan urug’ kapsulasiga o’tadi. Undan urug’ kanali orqali, 15-segmentga keladi (22-rasm).
Urugchilik jinsiy sistemasi 1 juft juda kichik tuxumdondan iborat bo’lib, 13-seginentda joylashgan. Undan boshlanadigan voronkasimon tuxum yo’li 14-segmentga ochiladi. Bundan tashqari, urgloel-iitikluTsiysistemasiga 9-10-segmentda joylashgan 2 juft urug’ qabul qiluvchi xalta ham kiradi. Unda 2 ta individ qo’shilganda, bir-biriga almashtirib olingan spermatozoid saqlanadi.
Belbog’ni hosil qiladigan 32-37-segmentlar, jinsiy organlar sistemasiga kiradi. Uning uning sekretidan pilla hosil bo’ladi.
Mollyuskalardan qorni oyoqlilar sinfining old jabralilar kenja sinfi vakillari ayrim jinsli, orqa jabralilar va olpkalllar kenla sinflari vakillari gennafrodit hayvonlardir. Ularning jinsiy bezlari toq bo’lib, o’zining chiqarish kanali bo’lmaydi (23-rasm). Jinsiy hujayralar o’ng buyrakka chiqadi. Germafroditlar (tok shilliq qurtida) jinsiy organlari murakkab tuzilgan bolib, bitta germafrodit bezdan iborat. Bu bez ham spermatozoid, ham tuxum hujayra ishlab chiqaradi. Bezdan bitta germafrodit katial boshlanib, uning kengaygan jinsiy cho’ntakchasida, urug’lanish sodir bo’ladi. Bu umumiy kanal ikkiga bo’linib, uzun tuxum yo’li, kalta urug’ yo’lini hosil qiladi. Tuxum yo’liga oqsil bezidan sekret quyiladi, undan tuxumning po’sti hosil bo’ladi. Keyin tuxum yo’li qinga, qin esa jinsiy kloakaga ochiladi. Qniga unig’ qabul qiluvchi xalla yo’li ochiladi, undan sperma keladi. Shuningdek, qinga tuxum po’stini hosil qiladigan sekret ishlab chiqaradigan bez ham ochiladi. Qinga "sevgi o’qlari xaltasi" ham ochiladi. Bu o’qlar shakli ignalardan iborat bo’lib, qo’shilish oldidan bir-biriga otadi. Ular qo’zg’alish hosil qiladi. Urug’ yo’li urug’ xaltasiga, penisga va jinsiy kloakaga keladi. Urug’ kanaliga uzun qamchisimon bez ochiladi. Undan ajralgan sekret spermatozoiddan spermatofora hosil qiladi. Ba’zi mollyuskalar (tok shilliq qurti) qo’shilishda bir-birini urug’lantiradi. Ba’zilarida (germafroditlarida) bitta individ samka, yoki sames vazifasint bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |