Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet29/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Follikulalar atreziyasi. Ovogenezning o’sish davrida primordial follikulalarning ko’pchiligi (ba’zan 30%) atreziyaga uchraydi. Atreziya deganda tuxum hujayraning o’sishi va follikula o’rnida atretik tana holsil bo’lishi tushuniladi. Alretik tana balog’at yoshga yetguncha va homiladortik davrida ko’plab hosil bo’ladi. Atretik faiia sariq tanadan kichik bo’lib, unnig markazida ollgan ovositning pardasi saqlariib qoladi va atrofida interstisial (oraliq) hujayralar joylasbadi.
Tuxumdonning yoshga qarab o’zgarishi. Tuxumdonning faoliyati 12-14 yoshdari boshlanib, 45-50 yoshgacha davom etadi. Shu davrdan boshlab follikulaning rivojlanishi asta-sekin susayadi, jinsiy sikl buziladi va 60 yoshlarga borganda barcha jinsiy hujayralar yo’qolib, to’qimaning miqdori oshib boradi hamda tuxum hujayra yetilishi to’xtaydi.
Tuxumdon vazifalari. Tuxumdonlar generativ, ya’ni jinsiy hujayra ishlab chiqarisli vazifasini bajaradi. Tuxumdonning ikkinchi vazifasi gormon ishlab chiqarislidir. Folllkulararning donador qavati hujayralaridan esterogen, yoki foaliyati gormoni ishlanib chiqariladi. Bachadonning o’sishi va jinsiy siklning qaror topishi, balog’atga yetish davridan, ya’ni tuxumdon o’z faoliyatini boshlab, esterogen ajralishi bilan boshlanadi. Bu gormon bachadonni implantasiyaga, sut bezlarini laktasiyaga tayyorlaydi. Bundan tashqari,esterogen ikkilamchi jinsiy belgilarni ham yuzaga keltiradi.
Tuxumdon faoliyatining buzilishi, bachadonning atrofiyasi va jinsiy siklning buzilishi bilan, bu gormon ham ishlab chiqarilmaydi.
Eslerogendan tashqari, sariq tananing lyutein hujayralari progesteron gormoni ishlab chiqaradi. Progesteron gormoni ta’svirida bachadonning shilliq qavati bezlari faollashadi, shilliq pardasi shishadi, tomirlari qon bilan to’ladi. Progesteron tuxumdonga ta’sir etib boshqa follikulalarning o’sishini to’xtatadi.
Tuxumdon faoliyatining faollashishi, gipofizning oldingi bo’limining gotiadotrop gormonlari ta’svirida bo’ladi.Gipofizning follikulalarni stimullovchi (FSG), lyuteinlovchi (LG) gormonlari, tuxumdon folliklilalarinnig kalta o’sish davriga o’tishini va esterogenning ishlab chiqarilishini boshqaradi. lyuteinlovchi gormon ovulyasiyaning sodir bo’lishni ta’minlaydi va sariq tananing hosil bo’lishning dastlabki davrida muhim vazifani bajaradi. Sariq tana faoliyatiga, ya’ni progesteron ishlab chiqarishiga, gipofizning lyuteotrop gormoni (LTG) ta’sir ko’rsatadi.
Maxsus ovarial gormonlar - esterogen va progesteron bilan birgalikda tuxumdondan oz miqdorda androgen – erkaklik jinsiy gormoni ham ajralib chiqarilishi aniqlangan. Bu esa embrional taraqqiyot davrida ikkitta jins o’rtasidagi umumiylikni bildiradi. Androgenni maxsus gimus hujayralar ishlanib chiqaradi va ular tuxumdonning darvozasida joylashgan. Tuxumdon faoliyatini boshqarishda nerv tolalari ham muhim vazifani bajaradi.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling