Bachadon shilliq pardasi. Bachadon shiliiq pardasi, menstruasiya va ovulyasiya davrlarida siklik o’zgarishlarga uchraydi. Ayo’larnnig jinsiy faolligi 12-14 yoshdan 45-50 yoshgacha davom etadi. Shundan keyin hayz ko’rish va ovolyasiya tugaydi. Bachadonning shilliq pardasi menstrasiya davrida destruktiv va regenerativ o’zgarishlarga uchraydi. Faqat ikkita menstruasiya o’rtasida tinch holatda bo’ladi. Bu davr interval, yoki tinch davr deyiladi.
Bachadonning shilliq qavati hilpillovchi silindrik epiteliy hujayralari bilan qoplangan bo’lib, ular orasida shilliq sekret ishlab chiqaradigan bezlar, yod kriptalar bor.Bu bezlarning sekretlari bachadonning bo’yin qismida to’planib, kuchlisiz to’sqinlik hosil qiladi. Bachadonning tana va tub qismidagi bezlarning sekreti kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo’lib, bachadonga tushgan spermatozoidning faol haramkati uchun qulaytik yaratadi.
Shilliq qavatning epiteliy hujayralarining ostida shakllanmagan biriktiruvchi to’qima hujayralari bo’ladi. Bundan tashqari, sitoplazmasida gtikogen va ipoproteid kiritmalari bo’lgan hujayralar - desidual hujayralar bo’ladi.Bu hujayralar yo’ldoshning ona qismida ham joylashib, desidual qavatni hosil qiladi. Desidual hujayralarning ahamiyati hozircha aniq bo’lmasada, trofik va fagositoz funksiyalarini bajalishi qayd etilgan.
Miometriy yoki muskul parda. Bu parda qalinligi 50 mkm bo’lib, homiladorlik davrida 500 mkm gacha yetuvchi silliq muskul hujayralaridan iborat.
Miometriy uch qavatdan iborat. Uchki qavati bo’ylama muskuldan tuzilgan bo’lib, shilliq osti qavati deb ataladi, o’rta qavatida aylana muskullar joylashgan. Tashqi qavati bo’ylama muskuldan iborat bo’lib, tomir usti qavati deb nomlanadi.
Perimetriy yoki seroz parda. Bu parda bachadomni tashqi tomondan o’rab turadi. Perimetriy siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan iborat. Bachadoning bo’yin qismi, oldi va yon tomoni parametriy deb nomlanadigan yog’ kletchatkasidan iborat.
Bachadon bo’yining kanali shilliq ishlanib chiqaradigan silindrik epiteliy bilan qoplangan va u burmalar hosil qiladi. Bu yerda joylashgan bezlar faoliyati tufayli, bachadon bo’yin doimo sekret bilan to’lib turadi. Bu yerdagi muskullar qisqarganda bo’yin bezlari sekret ajratadi, bo’shashganda sekret bo’yin yuzasiga so’riladi. Bu esa, spermaning qindan bachadon bo’shlig’iga o’tishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |