Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi
Bachadonning qon bilan ta’minlanishi
Download 2.45 Mb.
|
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menstnial yoki jinsiy sikl
- Sut emizuvchilarning jinsiy sikli
Bachadonning qon bilan ta’minlanishi. Bachadon qon tomirlarga boy bo’lib, undagi qon tomirlari muskul parda bilan birikkan. Bachadonga kirgan qon tomirlar muskul pardada tarmoqlanadi va shu yerdan boshqa qavatlarga o’tadi.
Miomelriydan endoteliyga ikki xil: to’g’ri va spiralsimon arteriyalar kiradi. To’g’ri arteriyalar, endoteliyning bazal qavatida kapillyarlar to’rini hosil qiladi. Spiralsimon arteriyalar esa, endoteliyning yuqori yuzasida ko’p sonli kapillyarlar to’rini hosil qiladi. Endoteliyda qon tomirlarining bunday joylashishi, menstruasiya davrida funksional qavatning tushib ketishi va bazal qavatning saqlanib, qayta tiklanishi bilan bog’liq. Bachadon nerv tolalariga ham boy bo’lib, ular bir qancha chigallar hosil qiladi. Menstnial yoki jinsiy sikl. Tuxum hujayra ovulyasiya vaqtida tuxumdondan chiqib, bachadon naylari orqali bachadonga qarab harakatlanadi. Bachadon davriy ravishda har 24-30 kunda tuxum hujayrani qabul qilishga tayyorlanadi. Bu tayyorlanish urug’langan tuxum hujayraning implantasiyasini va homilaning ozuqa bilan ta’minlanishini o’z ichiga oladi. Bunday tayyoigartik davrida bachadonnnig shilliq pardasidan ko’chib tushuvchi qavat paydo bo’ladi. Agar urug’lanish sodir bo’lmasa, bu tayyorgarlik to’xtaydi, o’zgargan epiteliy qavati menstruasiyaga uchrab, ko’chadi va undagi qon tomirlari yorilib, oqib chiqayotgan qon bilan birgalikda tushib ketadi. Agar unig’lanish sodir bo’lsa, urug’langan tuxum hujayra bachadonning shilliq pardasiga kelib yopishadi. Shilliq parda esa, o’sib urug’langan tuxum hujayrani o’rab oladi. Homila tug’ilgandan keyin, shiliiq pardaning ana shu qismi bachadondan ajraladi va homiladorlikning ko’chib tushuvchi pardasi deb ataladi. Har ikkala holatda ham bachadonnnig bu qismining tushib ketishi bilan bog’liq o’zgarishlar bir xildir. Sut emizuvchilarning jinsiy sikli. Sirt emizuvchilaming ko’payishi aniq belgilangan va urg’ochi organizmining ko’plab to’qimalarining koordinasiyalashgan holda tayyorgarligini talab etadi. Urg’ochi jinsiy yo’llari tuxum va spermatozoidni urug’lanadigan joyga olib borishga tayyor bo’lishi lozim. Agar urug’lanish sodir bo’lsa, zigotani bachadon qabul qilishi va oziqlantirishi lozim. Ko’payishga tayyorgarlik - siklik xarakterga ega bo’lib, burida gormonlar ishtiroki va funksiyasi kattadir. Shuningdek, muhit omillari va hayvonning ruhiy holati ham muhim ahamiyatga ega. Ko’payishga tayyorgarlikning siklik xarakterda bo’lishi erkak (sames)ga nisbatan urg’ochi (samka)da aniqroq ifodalanadi. Bug’ular yilning ma’lum, qisqa davrida jinsiy faol bo’ladi va keyin spermatogenez to’xtaydi, primatlar esa yilning hamma davrida jinsiy faol bo’ladi. Jinsiy faol bo’lish chorvachilikda "jinsiy ov", "kuyikish", "quvlash" deb nomlanadi, biologiyada esa estrus deyiladi. Bu davrda hayvonning qo’shilishga intilishini uning tashqi jinsiy belgilaridan bilish mumkin. Bn holat estral yoki jinsiy sikl deytladi. Bu sikl quyidagi bocqichlardan iborat: 1. Ko’payishga to’liq tayyor bo’lish davri. Buni estnis deyiladi. 2. Urug’lanish sodir bo’lganligi tufayli regressiv jarayon boshlanadi. Buni metestrus deyiladi. 3. Tinchlik davri. Bu davrni diestrus deyiladi. 4. Navbatdagi estrusga faol tayyorgarlik davri. Buni proestrus deyiladi. Estral siklga kasalliklar, ozuqa yetishmasligi, muhit sharoitining noqulayligi, gormonlar, organizmning fiziologik holati ta’sir etishi va o’zgartirishi mumkin. Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling