Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet30/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Tuxum yo’lari (bachadon nayi). Tuxum yo’llari, sut emizuvchilarda myuller kanallaridan hosil bo’ladi. Dastlabki davrlarda u epiteliy va mezenxima hujayralari bilan o’ralgan naydan iborat bo’ladi. Epiteliydan shilliq parda, mezenximadan esa, muskul va seroz qavat hosil bo’ladi.
Tuxum yo’llarining uzunligi 12 sm, diametri 1 sm bo’lib, unda uch qavat: uchki shilliq, o’rta muskul, tashqi seroz parda farqlanadi.
Shilliq parda. Epiteliy hujayralaridan iborat bo’lib, ularning kipriklari bachadon tomon tebranadi. Epiteliy hujayralari orasida bezli hujayralar, biriktiruvchi to’qima hujayralari ham bo’ladi. Tuxum yo’lining shilliq qavatida burmalar bo’lib, ular bachadonga borgan sari kamayib boradi. Bu burmalar juda murakkab tuzilgan.
Muskulli qavat. Silliq tolali muskuldan iborat bo’lib, ikki qavatdan tashkil topgan. Bularning uchki qavati sirkulyar yoki spiral, tashqi qavati bo’ylama yo’nalgan bo’ladi. Bachadonga yaqinlashgan sari, muskul tutamlari yo’g’onlashadi.
Seroz parda. Biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, tashqi tomondan mezoteliy bilan qoplangan. Bachadon nayining devorida nerv tolalari ko’p bo’lib, ular muskul qavatiga keladi.
Tuxum yo’llarining tuxumdon tomonidagi uchi voronkasimon tuzilgan bo’lib, tuxum hujayrani qabul qilishga moslashgan. Tuxum yo’llarida tuxum hujayra yetiladi va spermatozoid bilan qo’shiladi, ya’ni urug’lanish-otalanish sodir bo’ladi. Ovulyasiya davrida tuxum yo’lining voronkasimon uchidagi hujayralarga qon ko’p to’planib taranglashadi va voronka tuxumdonni qoplab turadi. Natijada, qorin bo’shlig’iga tushgan tuxum hujayra voronkaga, undan tuxum yolHga o’tadi. Tuxum yo’lida tuxum hujayrasining harakati, muskul qavatining peristaltik qisqarishi va hilpillovchi epiteliy hujayralarining kipriklarining tebranishi yordamida amalga oshadi.
Bachadon. Embrion rivojlanishi davrida bachadon qin bilan birgalikda Myuller naylarining pastki bo’limidan hosil bo’ladi. Embrion rivojlanishining 3-oyida bu bo’limlar qo’shilib, bachadon qin kanalini hosil qiladi. Bu kanalning distal bo’limidan qin, proksimal qismidan bachadonnnig bo’yin qismi rivojlanadi.
Bachadonning ikki qismi: tanasi va bo’yin farqlanadi. Bachadon devori uch qavatdan iborat: shilliq parda, yoki endometriy, muskul parda, yoki miometriy, seroz parda, yoki perimetriy.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling