Bo’g’imoyoqlilardan qisqichbaqasimonlarning erkaklik jinsiy organlari bitta ikkiga ajralgan urug’dondan iborat bo’lib, uning uchki bo’shlig’i bor. Urug’dondan 2 ta uzun urug’ kanali boshlanib, chiqaruv teshigiga yaqin joyda urug’ xaltasini hosil qiladi.
Urugchilik jinsiy bezi 1 juft tuxumdan iborat bo’lib, undan kalta tuxum yo’li boshlanadi. Tuxumdonning ustki qismida follikulalar bilinib turadi. O’rgimchaksimonlar ayrim jins bo’lib, jinsiy bezlari qorin qismida joylashgan. Primitiv turlarida jinsiy bezlar juft, ko’pchiligida jinsiy bezlar qo’shilib bitta bezni hosil qiladi. Chayonlarning samesida 2 ta urug’don bo’rsa, samkasida tuxumdonlari qo’shilib ketgan. Gonadadan doimo juft jinsiy kanal boshlashib, keyin ular qo’shiladi va tashqariga ochiladi.
Hasharotlarning urugchilik jinsiy organlari bir juft tuxumdondan iborat bo’lib, har bir tuxumdon bir necha naylardan iborat (24-rasm). Bu naylaming tuxum yo’liga birlashgan tomoni yo’g’on, ikkinchi uchi esa ingichkalashib boradi. Ularning soni ko’p bo’lishi mumkin. Masalan, o’simlik turlarida bitta tuxumdonda bitta nay, suvaraklarda 16 ta, asalarilarda 200 ga yaqin, termitlarda 2500 ta nay bo’ladi. Tuxumni ko’p yetishtirish, tuxumdondagi tuxum naylarining soniga bog’liq.
Tuxum naylarining uchki qismida, tuxum yo’liga yaqin joyida, birlamchi jinsiy hujayralarjoylashgan bo’lib, nlardan oositlar yetiladi. Ularning atroflni fo’tikulyar hujayralar o’rab olgan bo’ladi. llnsiy hujayralar yetilishi bilan, ularning olmini birlamchi jinsiy hujayralar egallaydi. Oositlaning o’rtasida sariqlik moddasi joylashgan bo’lib, ular tuxumni oziq moddalar bilan boyitadi.
Tuxum 2 ta tuxumdondan, tuxum yo’li orqali pastga tushadi. Ikkita tuxum yo’li birlashib bittaga aylanadi. Tuxum yo’lining biriashgan joyiga, qo’shimcha bezning sekreti quyiladi. Bu sekretdan tuxumning po’sti, substratga tuxumni yopishtiruvchi moddalar hosil bo’ladi. Bundan tashqari, bu yeiga urug’ qabul qiluvchi xaltaning yo’li ham ochiladi. Urug’ qabul qiluvchi xaltaning ichida, urg’ochi hasharot erkagi bilan qolslulganda, spennatozoidni 4-5 yilgacha, ba’zilari umr bo’yi saqlaydi. Urug’ xaltasi bo’lmagan hasharotlarda (suvaraklarda) sperma, to’g’ridan-to’g’ri bachadonga tushadi.
Urg’ochilarida tuxum qo’ygich 8-9 bo’g’imlarda joylashgan.
Erkaklik jinsiy organlari bir juft urug’don, urug’ yo’li, urug’ xattasi, qo’shilish organdan iborat. Erkaklarida ham qo’shimcha bez bo’lib, undan ajralgan sekret spermatofora hosil bo’lishida qatnashadi. Spermatozoid spermatofora holida tuxum hujayra bilan qo’shilguncha saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |