Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet117/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Ninatanlilar metamorfozi


Ko’pchilik ninatanlilarda postembrional rivojlanish xivchinli blastula davridan boshlanadi. Embrion tuxum qobig’idan chiqqandan keyin gastrulyasiya jarayoni sodir bo’ladi. Qatlamlanish orqali hosil bo’lgan birlamchi ichak bo’laklariga bo’linadi, bu bo’linish ichakning selomik mezoderma va endoderma qismlarigacha yetib boradi. Shuning bilan bir vaqtda blastulaning vegetative qutbidan yoki brlamchi ichak devoridan ma’lum hujayralarning ko’chishi tufayli mezenxima hosil bo’ladi. Blastopor anal teshigiga aylanadi, uning qarama qarshi tomonining qorin qismidan og’z teshigi hosil bo’ladi. Ana shundan keyin xivchinlar hosil bo’ladi. Bu lichinka diplevrula deyiladi (107- rasm).
Lichinkaning bundan keyingi o’sishi og’iz atrofda chuqurchalar, do’ngliklar, o’simtalar kiprikli iplar hosil bo’lishiga olib keladi.
Ninatanlilarning har bir sinfi uchun o’ziga xos lichinkalar hosil bo’ladi. Dengiz yulduzlar rivojlanishi davrida biplanariya ,goloturiya uchun aurikuliariya, dengiz tipratikani va ofiuritlar uchun pluteus, dengiz liliyalari uchun bochkasimon lichinka xosdir. Ammo ninatanlilarning lichnkasi turli tuman va murakkab tuzilganligiga qaramay, ikki tomonlama simmetriyaliligi bilan xarakterlanadi. Toq selomik xalta 3 juft selom hosil qiladi va ular ichaklarning yon tomonlarida joylashadi.
O’ng tomondagi selomlar rivojlanishi orqada qolishi mumkin. Chunki jinsiy voyaga yetgan ninatanli paydo bo’lishi uchun chap tomondagi selomlar katta ahamiyatga ega. Jumladan chap tomondagi selomlarning o’rtadagisidan gidrosel xosil bo’ladi.
Lichinkaning bilaterial segmentli tuzilishidan jinsiy voyaga yetgan hayvonning radial simmetriyali tuzlishiga o’tishi quyidagicha bo’ladi. Gidrosel qizilo’ngachni o’rab ba o’g’z oldi halqasiga kelib tugaydi. Gidrosel yuzasida 5 ta radial kanallar paydo bo’ladi .kanallarning yo’llarida ambulakral oyoqlar hosil bo’ladi. Dengiz tipratikanlarida metamorfozning murakkablashishiga sabab barcha shakl hosil qiluvchi jarayonlar amnion bo’shlig’da yig’ilgan bo’lib, organlar gidrosel sohasida teri qavatining qatlamlanishidan paydo bo’ladi.
Shunday qilib, ninatanlilar metamorfozida radial simmetriya gidrosel tuzilishiga ta’sir etadi. Gidrosel organlar hosil bo’lishida “tashkilotchi” vazifasini bajaradi. Dengiz tipratikani rivojlanishida ba’zan plyteus lichinkasi paydo bo’ladi. Unda selom o’ng va chap tomonlarida yaxshi rivojlangan bo’lib, ikkita gidrosel, ikkita amnion bo’shlig’i hosil bo’ladi. Natijada dengiz tipratikanining oral qismidagi organlar ikki barobar ko’p bo’lib tug’ma mayib individ paydo bo’ladi.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling