Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet119/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Assidiyalar metamorfozi
Assidiya lichinkasi tashqi ko’rinishi bilan itbaliqqa o’xshaydi. U oldingi yo’g’on va ingichkalashgan dum qismlardan iborat. Dumining qisqarishi tufayli harakatlanadi. Lichinkaning gavdasida ikki guruppa organlar lichinkalik va definitive organlar farqlanadi. Lichinkalik organlariga xorda, nerv nayi va gangliya tugunidan iborat bo’lgan nerv sistemasi, ko’zi va sitatolit, shuning dek ,hordaning ikki yonidagi lentasimon muskuli kiradi.
Lichinkaning substratga yopishuv va bezli organlari ham bo’ladi. Lichinkaning definitive organlariga nafas olish organi, ichaklar, teri qavati, yurak va boshqa organlar kiradi. Lichinkalik organlari asosan dunda , definitive organlar esa gavdaning tana qismida joylashgan. Demak, definitive organlar lichinkalik davrida to’liq rivojlanmagan bo’ladi. Assidiya lichinkasi oziqani tashqaridan qabul qila olmaydi va faqat turning tarqalishini ta’minlaydi.
Assidiya lichinkasining suvda suzb yurishi ikki uch kundan oshmaydi. Bir necha soatdan keyin substratga yopishadi va nerv sistemasi, xordasi va muskullari bir biridan ajraladi. Lichinkaning nerv sistemasidan ozgina hujayralar to’plami qoladi va ulardan definitive nerv gangliyasi hosil bo’ladi. Ichki organlar ham o’zgaradi. Masalan, lichinkalik davrida og’iz va anal teshigi elka tomonda, ya’ni yuqoriga qarab ochilgan bo’ladi. Substatga yopishgandan keyin yon tomonga qarab ochiladi keyin 2-3 kun ichida ichki organlar shunday joylashadiki, bu teshiklar yana yuqoriga qarab ochiladi. Shunday qilib, definitive organlar ba’zan metamorfoz oxirida bazan bir necha haftadan keyin faoliyat ko’rsata boshlaydi. Bu hodisa organlarning lichinkada qanday darajada rivojlanganligiga bog’liq. Assidiya metamorfozida lichinkalik va definitive organlarning farqi va nisbatan bir biriga bog’liq emasligi diqqatga sazovordir. Definitv organlar rivojlanishi bir tekis davom etadi va metamorfoz bu jarayonning tezlashuviga ta’sir etmaydi. Shuning uchun assidiya metamorfozni katastrofik va nekrobiotik metamorfoz deb atash mumkin. Ta’kidlash lozimki, lichinkaning dumi bilan birgalikda xordalilar uchun xos bo’lgan ayrim boshqa belgilar ham yo’qoladi. Shunday qilib, assidiyalar metamorfozining asosiy xususyati ularning o’troq holatga o’tishi va shu bilab bog’liq bo’lgan organizmning soddalashuvi hisoblanadi.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling