Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi
Download 2.45 Mb.
|
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIOGENETIK QONUN HAQIDA TUSHUNCHA
REYTING SAVOLLARI
1.metamorfoz nima? 2.rivojlanish turlarini ayting. to’ri rivojlanish va uning turlarini ayting. metamorfozli rivojlanish va uning turlarni ayting chala o’zgarish yo’li bilan rivojlanish va uning turlarini ayting. to’liq o’zgarish yo’li bilan rivijlanish va uning bosqichlarini aytib bering. gidroid poliplar metamorfozini aytib bering. ninatanlilar metamorfozini aytib bering hasharotlar metamorfozini aytib bering. assidiyalar metamorfozini aytib bering. minogalar metamorfozini aytib bering baliqlar metamorfozini aytib bering. amfibiyalar metamorfozini aytib bering metamorfoz jarayoning gormonal boshqarilishini tushuntiring XIII-BOB. ONTOGENEZ BA EVOLYUSIYA. BIOGENETIK QONUN BIOGENETIK QONUN HAQIDA TUSHUNCHA 1828 Yilda K.Ber har xil umurtqali hayvonlar embrioni rivojlanishining dastlabki bosqichlari o’xshash bo’lishini kuzatib, o’zining “embrionlar o’xshashligi” qonunini yaratdi. Ch.Darvin o’zining evolyusion ta’limotini yaratishda bu qonundan keng foydalandi. U.qadimgi va hozirgi hayvonlar embrioni bir-biriga o’xshashligiga ishondi. Bunda Darvin ajdod belgilari takrorlanishini bilardi. F.Myuller va E.Gekkel (1866-1874) Darvinning evolyusion ta’limoti ta’sirida biogenetik qonunni yaratdilar. Gekkel bu qonunni “asosiy biogenetik qonun” deb atadi. Biogenetik qonun Darvin g’oyalariga yaqin bo’lganligi uchun uni Darvin –Myuller –Gekkel qonuni deb atash mumkin. Biogenetik qonunni asoslash uchun Myuller ko’p ish qildi. Uning aniqlashicha, har xil turga kiradigan qisqichbaqasimonlarning lichinkalik davri bir-biriga juda o’xshash bo’ladi. Jumladan, krablarda parazitlik qiladigan Sacculina jinsiy voyaga etganda qisqichbaqasimonlarga o’xshamaydi, ammo uning lichinkasi tuban qisqichbaqasimonlarga o’xshaydi. Myuller shunday xulosaga keldiki, hamma tuban qisqichbaqalar hozirgi qisqichbaqalarning lichinkasiga o’xshaydigan bitta ajdoddan kelib chiqqan. Gekkel va Myuller individual rivojlanish davomida shaklning o’zgarib borishining filogenez bilan bog’liqligini tushunib yetdilar. “Ontogenez irsiyat va moslanish tufayli filogenezning qisqa tez takrorlanishidir”. Biogenetik qonunning mazmuni, mohiyati ana shundan iborat bo’lib, u ancha keng va murakkabdir. Jumladan, hamma hayvonlarning tuxumi o’xshash bo’ladi, evolyusiya jarayonida taraqqiyotning keyingi davrlarida yangi bosqichlar qo’shilishi tufayli o’zgarishlar sodir bo’ladi, agar har xil omillar ta’sir etmasa, embrional rivojlanish davrida uning tarixiy taraqqiyotini “kinofilm” kabi tomosha qilish imkoniyati bo’ladi. Masalan, sut emizuvchilar “filmida” sodda hayvonlardan sudralib yuruvchilargacha bo’lgan tarixiy taraqqiyot namoyish etilardi. Ammo belgilarning o’zgarishlarsiz namoyon bo’lishiga embrion, lichinka va jinsiy voyaga yetgan formalarning muhit sharoitlariga moslanishi yo’l qo’ymaydi. Biogenetik qonundan shu narsa ma’lumki, qadimgi belgilar embrional rivojlanish davrida namoyon bo’lishi lozim. Ammo bu ketma-ketlik ko’p hollarda buziladi. Biogenetik qonun tarafdorlari bunday holatni quyidagicha izohlaydilar. Evolyusiya jarayonida organizmlar taraqqiyoti qisqargan (filogenezga nisbatan), taraqqiyotining o’zi soddalashgan, organlar taraqqiyot yo’li o’zgargan. Organlar hosil bo’lishi va rivojlanishining o’zgarishi geteroxroniya deyiladi. Ba’zi olimlarning fikricha, progressiv organlar embrion rivojlanishinihg dastlabki davrlarida paydo bo’ladi (Menert). Masalan, bosh miya, sezgi organlari, yurak ertaroq, jinsiy organlar va ichaklar kechroq paydo bo’ladi. Gekkel bunday o’zgarishlarni tan olmadi. Quruqlik hayvonlarida o’pka, baliqlarda suzish pufagi orqa jabra xaltasi o’zgarishidan hosil bo’lgan. Biogenetik qonun Gekkel tomonidan filogenezni “tiklash”, organiк dunyo qon-qarindoshligini bilish uchun foydalanildi. Gekkel organiк dunyoning paleontologik ma’lumotlarga ega bo’lmagan qismi haqida juda ko’p narsalarni oldindan aytib bergan, ko’p hujayralilarning kelib chiqishi haqida gasteriya nazariyasini yaratdi. Gekkel tasavvur qilgan hayvon embrionning gastrulyasiya davriga o’xshaydi. Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling