Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet124/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

K.Ber qonuni. Biogenetik qonun asoslari 1828 yilda dastlab K.Ber tomonidan aytilgan edi. U embrionlar o’xshashligi yoki Ber qonunini yaratdi. Bu qonunning mazmuni quyidagilardan iborat:
1.Embrion rivojlanishi davrida ko’pchilik hayvonlar uchun umumiy bo’lgan belgilar dastlab, xususiy belgilar esa keyinroq paydo bo’di.
2.Organizmlarda umumiy belgilardan xususiy belgilar kelib chiqadi.
3.Ma’lum tur hayvonlarda embrion ajdod hayvonning belgilarini takrorlashi jarayonida undan uzoqlashadi.
4.Yuksak hayvonlarning embrioni hech qachon evolyusiya jihatdan o'zidan quyida turadigan hayvonning embrioniga o'xshamaydi.
Ber fikricha,umurtqalilar embrioni rivojlanishi davomida dastlab tip, sinf belgilari, keyin turkum va oxirida tur belgilari paydo bo’ladi. Berning bu fikrla ri hozir ham o’z qimmatini yo’qotgan emas.
Darvinning Ber g’oyalariga yuksak baho berganligini hisobga olgan holda, hozirgi kunda bu qonunning qaysi qismlari to’g’ri, qaysi qismlarini o’zgartirish lozimligini aniqlash lozim. Ber fikricha, har bir tipning o’ziga xos rivojlanish yo’li bor. Evolyusiya jarayonida bu yo’nalish takomillashib borgan. A.N.Seversov bu yo’nalishni tahlil qilib, filembriogenez yo’llari bilan taqqoslagan. Ba’zi embriologlar Ber qonunini o’rganib, uni idealistiк, yo’naltirilgan taraqqiyot haqidagi qonun, deb baholadilar. Ammo Ber qonunida hech qanday idealizm yo’q. Ber “rivojlanish darajasi (bosqichi )” va “rivojlanish tipi”ni farqlaydi.
“Rivojlanish darajasi” hozirgi “organizmning murakkabligi” tushunchasiga to’g’ri keladi, “rivojlanish tipi” esa taraqqiyot darajasi bilan birgalikda hayvonlar guruhlarini (sinf, tip) hosil qiladi.
Shunday qilib, Ber ta’limotini har tomonlama tahlil qilib, uning ijobiy va salbiy tomonlari ko’rsatib berildi.
P.P.Ivanov “rivojlanish tipi” o’rniga “rivojlanish yo’nalishi” tushunchasini qo’llashni tavsiya etdi. Masalan, ko’pchilik mollyuskalar rivojlanishida troxofora yoki velliger lichinkasi yo’nalishi bor, boshoyoqli mollyuskalar rivojlanishi jinsiy voyaga yetgan hayvon yo’nalishi bo’yicha amalga oshirdi. Bu ta’limotni ham teleologiyaga asoslangan, deb tanqid qilish mumkin. Ammo bunga ehtiyoj yo’q, chunki har qanday tanqid ma’lum bir ta’limotni qanday talqin qilishga bog’liq.
Embriologlar Ber qonuni va “rivojlanish yo’nalishi” ga yetarlicha e’tibor bermadilar. Ammo bu qonunlar hozirgi zamon embriologlarining diqqatini o’ziga jalb qilishi lozim.
G.P. Korotkova va B.P.Tokin (1978) Ber qonuniga baho berishda tadqiqotchilar xatolarga yo’l qo’yganliklarini ta’kidladilar. Ammo Berning embrionlar o’xshashligi qonuniga ko’ra, bu o’xshashliklar bir tip doirasida bo’ladi. Ber bir tipdan boshqasining paydo bo’lishiga oid gipotezani yarata olmadi. Ber qonuni rivojlanishning boshlang’ich davrlari-zigota, blastula, gastrulyasiyaga taalluqli emas. Agar Ber davridagi fan taraqqiyoti, mikroskopik va boshqa texnikalar rivoji hisobga olinsa, uning ta’limoti organogenez jarayonini ifodalaydi.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling