O‘zbekistonda ilm-fanning rivojlanish istiqbollari
Download 247.41 Kb. Pdf ko'rish
|
o-zbek-tilshunosligida-tinish-belgilar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
“O‘ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2022 yil 30 noyabr | scientists.uz 168 O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA TINISH BELGILAR Ishmurzayeva Lobar Anvarjon qizi Guliston davlat universiteti Lingvistika:o‘zbek tili yo‘nalishi 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7347770 Annotatsiya. Ushbu maqolada dastlab qo‘llangan punktuatsion belgilar so‘zlarni va jumlalarni bir-biridan ajratish uchun qo‘llanilganligi yoritib berilgan.Muayyan til nutqida uning vazifasi,tinish belgilarining turlari,qay o‘rinlarda va qay tartibda qo‘llanilishi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: punktuatsiya, tinish belgilari, aksentema,melodikalar,morfema,diakritik belgi. Yozuv madaniyatini shakllantirish va takomillashtirishda punktuatsiyaning - tinish belgilarining alohida ahamiyati bor. Tinish belgilari yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) hamda til birliklari (so‘zlar, morfemalar) bilan ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turlicha fikriy munosabatlarni, psixologik va intonatsion holatlarni ifodalashda ham favqulodda muhim ahamiyatga ega. Punktuatsiya tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog’liq bo‘lib, yozma nutqni to‘g’ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlashda benihoya zaruriy vositadir. Ilmiy manbalarda, o‘quv qo‘llanmalarida tinish belgilarining qo‘llanish usuli va tartibi punktuatsiyaning mantiqiy grammatik, uslubiy va differensiatsiya (farqlash) tamoyillari asosida belgilanishi ta’kidlanadi. Bunda mantiqiy- grammatik tamoyil nutqning semantik-grammatik tomonini yozuvda to‘g’ri ifodalashga qaratilgan bo‘lsa, differensiatsiya tamoyili asosidagi qoidalar tinish belgilarining qo‘sh holda qo‘llanishidagi tartibni, gapdagi murakkab mazmunni aniqlashtirish kerak bo‘lganda, ulardan foydalanish yo‘llarini belgilab beradi. Uslubiy tamoyil tinish belgilarining qo‘llanishini nutq uslublari asosida belgilashni nazarda tutadi, lekin bu unchalik to‘g’ri emas, chunki muayyan bir uslubgagina xoslangan tinish belgisi bo‘lmaydi. Zarurat tug’ilganda, har qanday uslubda ham xohlagan tinish belgisidan foydalanish mumkin. Muayyan tildagi punktuatsiya an’analarining mustahkamlanishi va takomillashuvida taniqli yozuvchilarning ijodi hamda tinish belgilarining qo‘llanish qoidalarini umumlashtiruvchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega. Hozirgi o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi, rivoji, uning o‘rganilishi Fitrat, S.Ibrohimov, H.G’oziev, O.Usmonov, G’.Abdurahmonov, K.Nazarov va boshqa tilshunoslarning nomi bilan bog’liq. Punktuatsiya masalalari bilan bevosita shug’ullangan H.G’oziev («O‘zbek punktuatsiyasining tarixiy taraqqiyoti», 1969, 1979), G’.Abdurahmonov («Punktuatsiya o‘qitish metodikasi», 1968), K.Nazarov («Tinish belgilari va yozma nutq», 1974; «O‘zbek tili punktuatsiyasi», 1976)larning asarlari nashr etilganiga ancha yillar bo‘ldi va ulardagi tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi fikr-mulohazalar ham bir qadar o‘zgardi. Buning ustiga, «muallif punktuatsiyasi», ya’ni muayyan muallif tomonidan tinish belgilarining amaldagi qoidalarga bo‘ysunmagan, unga rioya qilmagan holda individual qo‘llash holatlari uchraydiki, bu ham keng o‘quvchilar ommasini chalkashtiradi, shubhalantiradi. Punktuatsiya (lot. punktum – nuqta) – tinish belgilari tizimi va ulardan foydalanish boʻyicha ishlab chiqilgan va qatʼiy belgilangan qoidalar majmuasi. Bu termin ikki ma’noda: tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi qonun-qoidalar majmuyiga va tinish belgilarining o‘ziga Download 247.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling