Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Odam embrioni rivojlanishining asosiy davrlari va hodisalari


Download 2.45 Mb.
bet131/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Odam embrioni rivojlanishining asosiy davrlari va hodisalari
(jarayonlari) (V.N.Yarigin va boshqalar, 1999 bo’yicha)

Davrning nomi

Rivojlanish boshlanishidan keyin o’tgan vaqt

Embrionning uzunligi mm

Embrionda sodir bo’lgan jarayonlar

Ona organizmi bilan aloqasi

Hafta

kun

Germinal (haqiqiy embrion)

1

1




Urug’lanish

Tuxum yo’lida

2




Zigotaning maydalanishi

Bachadon bo’shlig’ida implantasiya boshlanishi

3




Morula

4




Blastosista boshlanishi

5




Blastosista tugashi

6







7







Embrional

2-6

8




Ikki qavatli embrion disk va amnion paydo bo’lishi










9




Boshlang’ich sariqlik xaltasi

10-12




Embriondan tashqari mezoderma va selom

13-15




Ikkilamchi sariqlik xaltasi va birlamchi bo’shliq

16-17

1,5

Uch qavatli embrion, xorda kurtagi, mezoderma

18-19




Nerv plastinkasi, nerv nayi, xorda,selom

20-21




Nerv tarnovi, somitlar, yurak nayi

22-23




Yurak qisqarishi, nerv naylarining qo’shilishi







24-25




2-3 jugt jabra yoyi, quloq chuqurchasi

Silliq xorion

26-27

3

4 juft jabra yoyi, oyoq kurtaklari

28-32

4-6

Ko’z bokali, gavhar chuqurchasi, burun chuqurchasi

33-36

8

Barmoq plastinkasi, og’iz va burun bo’shlig’ining qo’shilishi

37-40

10

Tovon plastinkasi, yuqori lab hosil bo’lib, tanglay taraqqiy etadi

41-43

13-16

Barmoqlar

Embriofetal

7-8

44-47

17

Barmoqlar, tashqi jinsiy organlar indifferent holda taraqqiy eta boshlaydi

48-51

18

Oyoqlar uzunlashadi, barmoqlar ajraladi, anal va siydik membranasi yo’qoladi




82-53




Jinsiy organlar differensiallashadi







54-56

30

Hamma ichki va tashqi organlar hosil bo’ladi




Fetal













Dastlabki




57













64-66




Yuzi odamga o’xshaydi

68




Tashqi jinsiy organlar oxirigacha taraqqiy etmagan bo’ladi

70

61




84




Jins aniq bo’ladi

Oxirgi

29-40







Hamma organlar o’sishi va differensiasiyasi




Intranatal













Neonatal dastlabki




1-7







Tug’ilish

Oxirgi




8-28







iqlim sharoitiga ko’chirib o’tkazilsa, tuxum ona organizmida saqlanib qoladi va tuxum yo’llarida rivojlana boshlaydi. Bu hodisaga tuxumli tirik tug’ish detiladi.


Bu hayvonlarning hosil qiladigan tuxumlar soni tuxumni tashqariga qo’yadigan hayvonlar tuxumi soniga nisbatan kamroq bo’ladi. Ola salamandra mo’tadil iqlimli tekislikda yashaydi va ularning lichinkasi tuxumning ichida, ona organizmida rivojlanadi va 14-72 ta tirik lichinka tug’adi. Qora salamandra Alp va Karpat tog’larida, dengiz sathidan 600-3000 metr balandlikda, sovuq iqlim sharoitida yashaydi. Shuning uchun ular lichinkasi ona shakliga yetguncha tuxum yo’llarida rivojlanadi va faqat 2 ta tirik bola tug’adi. Olimlar ona salamandrani toqqa, qora salamandrani tekislikka o’tkazib qo’yganda ola salamandra tirik tug’a boshlagan, qora salamandra esa tirik lichinka tug’a boshlagan. Demak, individual rivojlanishda, jumladan, embrional rivojlanish uchun hayvon yashayotgan muhitning omillari muhim ahamiyatga ega.
Postembrional, ya’ni tug’ilgandan keyin tabiiy o’limgacha bo’lgan ontogenez davri ham 5 ta davrga bo’linadi. Bu davrlar odam ontogenezi misolida quyidagicha bo’ladi. Bola tug’ilgandan 1 yoshgacha moslashuv, ya’ni chaqaloqlik davrini boshidan kechiradi. Bolalik davri 1 yoshdan 15 yoshgacha, o’smirlik davri 15 yoshdan 30 yoshgacha, yetuklik davri 30 yoshdan 60 yoshgacha va qarilik davri 60 yoshdan keyingi umri hisoblanadi. Ontogenezni bunday davrlarga bo’lish organizmning fiziologik holatlari o’zgarishlariga asoslanadi. Odam ontogenezini davrlarga bo’lishda bosh miya, suyaklar va boshqa organlarning o’sishi, o’zgarishlari asos qilib olinadi. Masalan, o’pka, bronxlar, o’pka alveolalarining shakllanishi 7 yoshgacha davom etadi.
Taloq 10 yoshgacha, oshqozon osti bezi 11 yoshgacha, limfatik bezlar 12 yoshgacha, jinsiy bezlar 16-18 yoshgacha rivojlanadi, ya’ni o’sadi, takomillashadi, normal faoliyat ko’rsata oladigan holatga keladi. Bosh miya 30 yoshgacha o’sadi va rivojlanadi.
1965 yilda Moskvadagi Yoshlar fiziologiyasi va jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqot institutida yosh davrlariga bag’ishlangan xalqaro simpozium o’tkazilib, unda barcha o’quv, davolash, ilmiy muassasalarida quyidagi yosh davrlari sxemasidan foydalanish tavsiya etilgan:

1.Yangi tug’ilgan davr 1-10 kun


2.Emizikli davr 10 kundan-1 yoshgacha
3.Go’daklik davri 1-3 yosh
4.Birinchi bolalik davri 4-7 yosh
5.Ikkinchi bolalik davri
(o’g’il bolalar) 8-12 yosh
6.Ikkinchi bolalik davri
(qiz bolalar) 8-11 yosh
7.O’smirlik davri
(o’g’il bolalar) 13-16 yosh
8.O’smirlik davri
(qiz bolalar) 12-15 yosh
9.Navqironlik davri
(qiz bolalar) 16-20 yosh
10.Navqironlik davri
o’g’il bolalar 17-21 yosh
11.Yetuklik I davri (erkaklar) 22-35 yosh
12.Yetuklik I davri (ayollar) 21-35 yosh
13.Yetuklik (to’lishgan yosh)
II davri (erkaklar) 36-60 yosh
14.Yetuklik (to’lishgan yosh )
II davri (ayollar) 35-55 yosh
15.Keksalik yoshi (erkaklar) 61-74 yosh
16.Keksalik yoshi (ayollar) 56-74 yosh
17.Qarilik yoshi
(ayollar va erkaklar) 75-90 yosh
18.Uzoq umr ko’ruvchilar 90 yosh va undan ortiq.



Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling