Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet134/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Qayta tug’ilish munkinmi?

Evolyusiya uzoq vaqt davomida turli- tumanlik paydo qilish yo’lidan bordi, bir turga kiradigan organizimlar bir-biridan oz bo’lsa-da farq qiladugan bo’ldi. Tabiatda bir turga kiradigan, aynan bir-biriga o’xshaydigan ikkta individ yo’q. Bir tuxumdan hosil bo’lgan egizaklar ham bir biridan ma’lum darajada farq qiladi.


Bir-biriga aynan o’xshaydigan organizimlar paydo bo’lishi munkinmi? Biologiyadan oz bo’lsada xabari bor kishi bu savolga yo’q deb javob beradi. Yangi organizim ikkta har xil genga va irsiyatga ega bo’lgan gametalar qoshilishidan hosil bo’ladi. Keyin bo’la ota- onasi va ajdodlari kabi yashay boshlaydi. Ammo uning ichki va tashqi tuzilishi o’ziga xos belgilarga ega bo’ladi. O’ziga xosligi shundaki, uni o’rganmasdan, ba’zi organlarni ko’chirib o’tkazib bo’lmaydi.
Malumki, buyrak, yurak, jigar, teri ko’chirib o’tkaziladi.Ayniqsa, bir tuxumdan paydo bo’lgan egizaklar organlarini ko’chirib o’tkazish yaxshi natija beradi. Ammo bunda ham dorilar yordamida immune sistema oshirilmasa, kochirib o’tkazilgan organ yahsab keta olmayaydiOrganizimlarning infeksiyaga qarshi kurashi baliqlardan sutemizuvchilargacha bir xil bo’ladi.
Har bir organizimning genetic molekulalari uning o’ziga xosligini boshqarib turadi. Shuning uchun nusxasini tayyorlash uchun dastlab uning genotipi nusxasini tayorlash kerak.Buning uchun uning o’zidan genotipning nusxasini olish lozim. Har qanday somatic hujayra xromosomalarning diploid naboriga ega bo’ib, ular ota- onadan olingan.
Demak, birlashgan irsiy materal o’ziga xos yo’l bilan olinishi lozim. Tuxum hujayra yadrosini xromosomalai to’lq bo’lgan boshqa har qanday hujayra yadrosi bilan almashtirish munkin.
Har xil hujayralarda genlarning hammasi ham irsiylanavermaydi. Shuning uchun nerv va muskul hujayralari bir-biridan farq qilqdi. Organizimni tashkil etadigan hujayralar bir-biri bilan yaqin aloqada va hamkorlikda ishlaydi. Bu simfoniya ijro etayotgan orkestrga o’xshaydi. Aniqlanishicha. Hujayraning o’rtasidagi farq undagi genlarga bog’liq. Ammo irsiy mterial ularning hammasida bir xil bo’ladi.
Demak, tuxum hujayra yadrosi somatic hujayra yadrosi bilan almashtirilsa, urug’lanishsiz organizim paydo bo’ladi.
J.Gerdon baqa ikrasining yadrosini itbaliq ichak hujayraning yadrosi bilan almashtirgan.ayni paytda dunyo bo’yicha labaratoriyalarda shu yo’l bilan yetishtirilgan ko’plab baqa va sichqonlar bor. Ular yana shu yo’l bilan ko’paytirilib (ota gametasisiz va urug’lanmasdan) borilmoqda. Bunfday tajribalar o’simliklarda ham o’tkazilgan.Bunday ko’payish klon deb ataladi. Klon genetic jixatidan toza liniya bo’lib, unda boshqa organizim genlari bo’lmaydi.
Organizim nusxasini har bir hujayradan yaratish munkin. Bu sun’iy yaratilgan “ vegetativ egizaklar” bo’lib, ularda har xil dorilarni sinab ko’rishi munkin.Klonlarda tuxum hujayra ishtiroki shart.Hamma genetik muvaffaqiyatlarda V.Garveyning “ hamma tiriklik tuxumdan boshlanadi”, degan qoidasiga amal qiladi.
Odam nusxasini yaratish munkinmi? Odam kloni kerakmi? Odamni faqat gen yaratadimi? Bilim, til, madaniyat irsiylanmaydimi.hayvonlarorasiga tushib qolgan bo’ladan inson shakillanmaydimi.
1920 yilda Hindiston changalzorlaridan ikki nafar qiz topib olindi. Vrachlar va psixologlar ularni tekshirdi. Kattasi yeti, sakkiz yoshda bo’lib, Kamala deb nomlandi. Kichigi ikk yoshda va Amala deb nomlandi. Ular bilan tarbiya uyida maxsus shug’ullanildi. Kamala to’rt oyoqlab yuradi, ovqatni og’zi bilan oladi, kiyinishni istamaydi. Amala jamoat joyiga tez o’rgandi, ammo bir yilcha yashadi. Kamala qiyinchilik bilan jamoat joylariga o’rgandi, 1924 yilda olti so’z, 1927 yilda 40 so’z o’rgandi. Asta –sekin odamlar orasida bo’lishga o’rgandi. Ammo tengdoshlaridan orqada qolar edi, 17 yoshida vafot etdi.
63 juft bir tuxumdan bo’lgan egizaklar, 54 juft ikki tuxumdan paydo bo’lgan egizaklar 11ta test bo’yicha ularning aqliy va ijodiy qobilyati tekshirilganda bir xil irsiylanish deyarli yoki umuman inson shakillanishida ahamyatga ega emas ekanligi aniqlandi. Homo sapiens genetic sifatlari insoniyatning tarixi davomida o’zgarmay kelmoqda. Ammo takomillashib bormoqda. Odam klonini olishdan maqsad bormi? Yuksak iste”dodli qo’shiqchi, siyasotdon, olim odamlarning nusxasini yaratish asosiy maqsad hisoblanadi.Ammo bunda faqat tashqi belgilarga ko’ra o’xshash odam yaratilishi munkin. Uning aqliy yoki boshqa qobilyati atrofidagi odamlar o’rtasidagi muhutga bog’liq. Bunday muvaffaqiyqt tabiiy evolyusiya jarayoniga qarama- qarshidir. Ular bir xil kasallik bilan kasallanadi va epidemiya vaqtida immunitetida biror kamchilik bo’lsa, bir vaqtda o’ladi.
Xarakter yoki talantni klonlashtirib bo’lmaydi. Ammo genelik materialni ko’chirib o’tkazish munkin. Amerkalik embriolog L.Shetlls tajribalaridan ma’lum bo’lishicha, odam nusxasini yaratish fantaslika emas. U operasiya vaqtida ayol tuxumdonidan tuxum hujayralarni oldi va ularning yadrosi olib tashlanib, o’rndi diploid xromosoma naborli spermatozoid yadrosi ko;chirilib o’tkazildi. Uchta holatda ijobiy natija olindi, maydalanish sodir bo’lib, blastosista bosqichgacha taraqqiy etdi. Shu davrdan boshlab bu embrionni bachadonga o’tkazish munkin.Shetlls bu usuli odamga qo’llashga qarshi chiqdi. Ammo qoromolning va boshqa hayvomnlarning shunday nusxalari yaratildi.
2002 yil 26 dekabr odam kloni yaratilganligi ham e’lon qilindi, ya’ni yeva (Momo havo) dunyoga keldi. Geneliklar ancha vaqtdan beri irsiyat va qobilyat o’rtasidagi aloqani aniqlashga harakat qilib kelmoqdalar.
Odam hayotining har bir bosqichida ijtimoiy va biologik omillar almashib turushi lozim. Bu shaxsning garmonik rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Amerikalik psixologlar tayyorgarsizlik bo’lalar orasidan maxsus testlar orqali bir guruh bo’lalarni ajratib olgan va ularni maxsus testlar orqali bir guruh bo’lalarni ajratib olgan va ularni maxsus dastur asosida o’qitilganda kollejlarning fizika, matemalika o’qituvchilari darajasiga yetganliklari aniqlanganlar.
Yuksak iste’dodli odamlar qanday yetishib chiqadi? Olimlarning aniqlashicha, oilada bitta bo’la bo’lsa, u buyuk odam bo’lib yetisha olmaydi. Oilada bo’lalar sonini kamaytirish jamiyatda jismoniy va intellectual jixatidan baquvvat bo’lalar tug’ilishini chegaralashga qarshidir. Sun’iy sharoitda ya’ni gnetobiolog sharoitda embrionni taraqqiy ettirish sohasida Amerika , Angliya, Italiya olimlari ko’p ishlar qildilar. Yaqin kelajakda bunday sharoitda bo’la tug’ildi, degan gaplar ham bor. Odamni ona organizimdan tashqarida yetishtirish, odam kloni muammolari kelajakda yangi- yangi mua olarni keltirib chiqarishi aniq. Bo’la tug’ilishi oilada bayram , tug’lishdan keyin ham bu bayram sog’lom bo’la uchun davom etadi.
Inson tomonidan ko’plab go’zallik va gulshanlar yaratilgan. Bular inson aqli va talantining mevasi hisoblanadi. Shuning uchun inson tabiatdagi hamma jonzotdan ustun turadi Bu ustunlikning namayon bo’lishi ko’plab omillarga bog’liq. Ana shu omillar mujassamlashsa, inson tabiatning sir asrorlarini o’rganadi, yangi- yangi nazariyalar, gipotezalar, texnologik qurulmalar yaratadi. Hikmatlarda aytilishicha:

Odamdan yuqori turarkan olam,


Bilim oshirmoqda muhtojdir odam.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling