Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet133/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Kelajakda odam qanday bo’ladi?
Bu savol hozir hammani qiziqtirmoqsa. Xx asrning 39- yillarida olimlar bo’lalar bo’yining o’sishi va ertaroq jinsiy voyaga yetganini kuzatdilar. Bu hodisa akeselerasiya deyladi.
Har bir organ rivojlanishi va funksiyasi har bir o’sish bosqichida irsiy materalda belgilangan bo’lib, bu ketma ketlik kasallik va tashqi muhut ta’sirida o’zgarishi munkin.Keyingi 50 yil davomida erkaklar bo’yi 5-6 sm, qizlar 4-5 sm o’sgan, bo’lalar og’irligi ham oshganligi qayd etilgan.
Tug’ilishgacha rivojlanishning tezlashganligi ham kuzatilgan: keyingi 40 yilda yangi tug’ulgan bo’lalar 2sm o’sganligini, og’irligi 300g oshganligi aniqlangan, 5-6 oy ichida yangi tug’ilgan bo’lalarning og’rligi 2 borabor oshganligini ham qayd etilgan. Sut tishlari tezroq chiqib, bir yil ertaroq doimiy tishlar bilan almashinmoqda. Hozirgi paytda yashayotgan bo’lalar bundan 100- 150 yil oldin bo’lalardan farq qiladi. Bu farqlarning maksimumi 150-16 yoshli bo’lalarda kuzatiladi. Suyaklanish, oyoq o’lchamining doimiylashuvi ham tezlashganligini kuzatilmoqda. Qizlarning jinsiy bo’log’atga yetishi 3-4 yil oldin sodir bo’lmoqda.
Bo’lalarning jismoniy rivojlanishi o’rganish asosida shunday hulosaga kelinmoqdaki, ayni paytda yashayotgan 8 yoshli bo’la bundan 100yil oldin yashagan 9 yoshli bo’laga, 15 yoshli bo’la esa 17 yoshli bo’laga to’g’ri keladi/
Akselerasiya gavda uzunligiga va og’irligiga ta’sir etmoqda. Jumladan , 1926 yilda moskvada yashagan erkaklarning o’rtacha bo’yi 168sm, og’rligi 62,3 kg bo’lsa, 1963 yilda o’rtacha bo’y uzunligi 171,8 sm og’irligi 71,3 kg bo’lgan Shunga o’xshash ma’lumotlar butun dunyo olimlar tomonidan qayd etilgan. Keyingi 100- 150 yilda 14-15 yoshli bo’lalar jinsiy balog’atga yetishi 3 yil ertaroq sodir bo’lishi qayd etilgan.
Gerontologiya tarixida tez o’sish ham qayd qilingan. Jumladan, Lyudovik II Vengerskiy 14 yoshida yaxshigina soqolli bo’lgan, 15 yoshida uylangan, 18 yoshida soqol –mo’ylovlari oqargan, 20yoshida qarilikning hamma belgilari namoyon bo’lib, vafot etgan. A.V.Nagorniyning ” Qarilik va hayotning uzayishi” (1950) kitobida qiz bo’laning 2 yoshida menstruasiyasi sodir bo’lganligi, 8 yoshida bo’la tuqqanligini va 25 yoshida qarib vofot etganligini qayd etilgan.
Akselerasiya sabablarini tushuntirishga oid ko’plab gipotezalar yaratilgan. 1935 ylda nemis olimi Y e. kox aklere asiyani bo’lalarni quyosh yorug’ida ko’p vaqt sayr qilishi bilan isbotlashga uringan. Ammo shimol va janubda yashayotgan bo’lalardan ekvatorda yashayotgan bo’lalardan quyosh yorug’ligida kam sayr qilmaydi.
XX asrning 40 –yillarida amerilalik olim Mills iqlim o’zgarishi bilan akselerasiya to’xtashini bashorat qilgan edi. Ammo bu bashorat ham o’z tasdig’ini topmadi.
O’sish va rivojlanishga ovqaqt ning vitaminlashtirilganligu va tarkibining yaxshilanishi ham ta’sir ko’rsatadi, degan fikirlar aytildi. Ammo akselerasiya vitaminlar sintezidan oldin boshlangan edi. Urushlar davrida bo’lalar o’sishi va rivojlanishi sekinlashgan. Yaponyada bo’loalar hozir ham oqsil va yog’ni kam iste’mol qiladi, ammo akselerasiysiya intenesiv sodir bo’lmoqda.
Aholi urbanizasiyasi va u bilan bog’liq bo’lgan televidenie, radio, kino va boshqa lar ertaroq intel tual va seksual- psixik taraqitotga, ular esa o’ssh va balog’atga yetishni tezlashtirishga olib kelayotgan bo’lishi munkin. Ammo Germaniya, Angliya, Ispaniyada qishloq va shahar o’rtasida tafovut yo’q va u yerlarda akselerasiya bir xil sodir bo’lmoqda.
Ayrim gipotezalarga ko’ra , radioto’lqinlari organizimga ta’sir etadi. Aniqlanishicha, radio to’lqin organizimda issiqlik paydo qiladi.Ammo akselerasiya radio va televidenie kashf etilishidan oldin ham sodir bo’lgan
Balki odam genotipi o’zgarayotgan bo’lishi munkin? Antropologiya ma’lumotiga ko’ra, bundan 100-150 ming yil oldin yashagan neandertallarning bo’yi 160 sm bo’lgan. Ularning o’rniga kelgan kramanonlarning bo’yi esa 180 sm bo’lgan. Eramizdan oldingi 2000- yillar o’rtasida Daniyada, eramizning 1000- yilining o’rtalarida Gresiyada yashagan odamlarning bo’yi hozirgi odamlarning bo’yiga yaqin bo’lgan.
XX asrning 60- yillarida iqtsodiy jixatidan rivojlangan mamlakatlarda 90- yillariga borib akselerasiya to’xtaydi, iqtsodiy jixatidan rivojlanmagan mamlakatlarda iqtsodiy o’sish bilan bilan birgalikda akselerasiya kuchayishi bo’ladi, degan gipotezalar paydo bo’lgan edi. Hozircha bu gipoteza ham o’z isbotini topgan emas. Yaqin 40- 50 yil ichida odam rivojlanishi tezlashib, yangi muammolar paydo bo’lish ehtimoli bor. Masalan, uy-joy, ish, transport, madaniy- maishiy muammolar paydo bo’lishi munkin. Tez o’sish disgarmoniyaga, yurak- qon tomirlari, nerv sistemasi, endokirin va nafas olish sistemalariga ortiqcha zo’riqish paydo qilishi munkin. Tez o’sish organizim uchun hech qanday imkoniyatga ega emas.
Biologik va ijtimoiy yetilish muddatlari ko’pchilik hollarda bir- biridan farq qilmoqda. Ijtimoiy yetilishga faqat biologik mezon orqali baho berish xatodir. Ba’zan ijtimoiy yetilish biologik yetilishdan oldinroq sodir bo’lishi munkin. O’spirinlar o’zlarida paydo bo’lgan muammolrga doimo tog’ri javob topovermaydilar. Shuning uchun jinsiy balog’atga yetilayotgan bo’lalarga ota-ona va pedagoklar tomonidan to’g’ri munosabatda bo’lishi lozim. Akselerasiya bo’lalar aqliy qobilyatining o’sishiga olib keladi. Bu esa bo’lalarning yoshligidan murakkab, chuqur ilmiy muammolarni tushinib olishga imkon berdi.
Olimlar XX asrning eng qiziqarli gipotezasi- akselerasiyaning mohiyatini tushuntirishga harakat qilmoqda. Ayni paytda, ishonch bilan aytish munkinki, akselerasiya odam evolyusiyasining ob’ektiv qonunyati hisoblanadi.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling