Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet97/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

To’qima (gistogenez) davrida to’qima urchuqlaridan bir xil tuzilishga va bir xil vazifalarni bajaradigan hujayralardan iborat bo’lgan yetuk to’qimalar hosil bo’ladi. Har bir to’qimaning shakkillanish jarayoni o’ziga xos yo’nalishda sodir bo’lib , bir biridan keskin farq qiladi. To’qimalarning mana shunday boshlang’ich urchug’dan hosil bo’lish jarayoni gistogenez deb ataladi. To’qimalarni hosil qiladigan boshlang’ich urchuqda o’ziga xos o’zgarishlar sodir bo’lib, natijada urchuq hujayralari va hujayrasiztuzilmalari ixtisoslashib, har xil to’qimalarga xos morfologik tuzilish va o’ziga xos fiziologik , shu bilan birgalikda kimyoviy xususyatlar paydo qiladi. Bu jarayonlar davom etishi natijasida organizmda to’qima , organ va organlar sistemasi paydo bo’ladi .
Demak, embrional rivojlanishning dastlabki bosqichida avval oddiy tuzilgan murtak hosil bo’ladi, rivojlanishning keyingi bosqichlarida murrakab tuzilgan va ma’lum vazifalarni bajara oladigan to’qima organlar paydo bo’ladi.
Embrional rivojlanishning gistogenez davrida hujayralarning morfologik tuzilishi va fiziologik holati ularning kimyoviy tarkibi bilan belgilanadi. Chunki hukayraning kimyoviy tarkibi ularda boradigan moddalar almashinuv jarayoniga bog’liq. Embrionning har bir hujayrasida moddalar almashinuv jarayoni o’ziga xos fiziologik yo’nalishga o’tadi va oziq moddalarga ehtiyoji ham turlicha bo’ladi. Masalan, jo’ja embrioni yuragining rivojlanishi uchun uning organizmida glyukoza konsentrasiyasi juda past bo’lishi kerak, nerv sistemasi esa bunday sharoitda rivojlana olmaydi, chunki nerv sistemasi rivojlanishi uchun glyukoza kamida ikki baravar ko’p bo’lishi shart.
Keyingi yillarda gistogenez jarayoniga ta’sir etadigan har xil kimyoviy moddalar yordamida to’qimalarning rivojlanishi o’rganilmoqda. Ma’lum bo’lishicha , yodasetat ,sianid kabi moddalar jo’ja bosh miyasining o’sishini susaytiradi, yurak rivojlanishiga esa deyarli tasir etmaydi, flyuroidlar esa aksincha , yurak to’qimasining rivojlanishini susaytiradi, bosh miya rivojlanishiga yetarli ta’sir etmaydi. Embrional rivojlanish davrida turli to’qimalarda moddalar almashinuvi turlicha bo’lishi ularning tarkibidagi fermentlar miqdori va faolligiga bog’liq.
Demak, differensiallanish jarayoni deganda o’ziga xos moddalar almashinuviga ega bo’lgan, ma’lum morfologik tuzilishga va fiziologik vavifani bajarishga olib kela digan jarayonlar tushinilsa, xujayra va differensiallanishi bir hil hujayra va to’qimalarda farqlanishlar yuzaga kelishi, ularning ontogenez jarayonida ixtisoslashishiga sabab bo’ladigan o’zgarishlarga uchrashi tushuniladi.
Gormonlar. Gormonlar ichki sekretsiya bezlaridan ishlab chiqariladigan va hujayraning ko’plab fiziologik jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etadi. Garmon grekcha gormao – qo’zg’ataman , ta’sir etaman degan ma’noni bildiradi. Gormonlar hujayra differensiasiyasidan keyin hosil bo’la boshlaydi. Kimyoviy jihatdan gormonlar 2xil bo’ladi: 1)oqsil peptit va 2)steroid. Bundan tashqari , aminokislatalardan tuzilgan gormonlar ham bor.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling