Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Hujayralar o’rtasidagi distant aloqa. H


Download 2.45 Mb.
bet95/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Hujayralar o’rtasidagi distant aloqa. Hujayralar o’rtasidagi bevosita aloqa fiziologik biokimyoviy va strukturaviy o’zgarishlarga javob bera olmaydi. Bundan tashqari, hujayralar o’rtasidagi distant aloqa mehanizmiga ta’sir etuvchi omillar ham o’rganildi. Bunday omillarga zamburug’lardagi xemotaksis qiluvchi modda, nerv tolasini o’stiruvchi omil, neyromediatorlar, gormonlar kiradi. Bu omillar tasir etish mexanizmi bilan farq qiladi. Hujayralar o’rtasidagi distant alaqani o’rnatishda qatnashadigan moddalardan zambrug’larning miksameba moddasi yahshi o’rganilgan.
Bu modda zamburug’ hujayralari o’rtasidagi distant aloqani o’rnatish uchun qulay aloqa bo’ladi. Uning rivojlanishi spora etilishi va migrasion hujayra – miksameba hosil bo’lishidan boshlanadi. Keyin ular psevdoplazmodiy hosil qiladi. Meva tana hosil bo’lgandan keyin undan akrazin yoki 3,5- adenozinmonofosfat hosil bo’ladi. Miksameba bu moddani har5-8 minutda ajratib turadi. Bu modda miksamebalarga mo’ljal olish uchun yordam beradi. Jinsiy voyaga etgan ko’p hujayralilar, ebrion hujayralari va bir hujayralilar ko’plab past molekulali fiziologik faol moddalar ishlab chiqiladi. Bu moddalar fiziologik jarayonlarni boshqaruvchi yoki hujayra membranasi resseptori orqali hujayraga ta’sir etishi mumkin. Bunday holatda hujayralar o’rtasidagi aloqa yordam beradi. Bu moddalar garmonlarga nisbatan kichik hajmdagi to’qima va hujayralarga ta’sir etadi. Shuning uchun ularni local gormonlar ham deyiladi. Bularga asetilxolin, serotonin, katixolaminkiradiva ularning neyrogumoral boshqarishdagi ahamiyati kattadir. Bu moddalarni embrion hujayralari nerv sistemasi paydo bo’lguncha ko’plab ishlab chiqaradi. Ular hujayraning fiziologik- biokimyoviy faolligini oshiradi.
To’qima differensiasiyasi. Zigota organizmini tashkil etadigan barcha hujayralarning boshlang’ich moddiy asosi hisoblanadi. Embriogenez davrida hujayralarning bir-biri bilan bog’liq bo’lgan ko’payishi, o’sishi migrasiyasi va differensiallanishi sodir bo’ladi va buning natijasida organism shakllanadi.
Organism embrional rivojlanishining dastlabki bosqichlaida irsiyat va mihit omillari ta’sirida embrion hujayralari differensiallashadiva o’ziga xos murakkab tuzilishga ega bo’ladi. Natijada bu hujayralardan to’qima elementi shakllanadi. Embrion murtagidan hujayralarning tabaqalanishi tufayli to’qima paydo bo’lishi jarayoni gistoginez deyiladi .gistogenez yunoncha gistos-to’qima, genesis-kelib chiqish degan ma’noni bildiradi.
Ma’lumki, hujayralar differensiallshib borishi bilan ularning soni ham ortib boradi, hajmi kattalashadi. Bu o’sish jarayoni deyiladi. Demak organizmning embrional rivopjlanishi davrida hujayralar doimiy ko’payib boraveradi, o’sadi vatakomillashib boradi. Bu esa har xil hujayralarning tarkib topishga va organismning shakllanishiga sababchi bo’ladi., ya’ni takomillashish natijasida embrion hujayralarida to’qimqga xos tuzilish va xususyatlar hosil bo’la boshlaydi. Jinsiy hujayralar qo’shilib zigota xosil qilishidan to’qima shakllanguncha to’rtta davrni bosib o’tadi: 1)ooptik davr; 2)blastomer davri; 3)murtak davri; 4)to’qima (gistogenez) davri.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling