Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Differensiasiyaning hujayra darajasida sodir bo’lishi


Download 2.45 Mb.
bet91/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Differensiasiyaning hujayra darajasida sodir bo’lishi. Hujayra differensiasiyasining mehanizmi bo’linish xisoblanadi. Ko’plab tadqiqotlar hujayraning bo’linishi va differensiasiyasi o’rtasidagi munosabatga, hujayra siklining fazalari bilan differensiasiya jarayonlari o’rtasidagi munosabatga bag’ishlangan. Differensiasiyaning boshlanishida hujayra intensive ko’payadi, differensiasiya esa bo’linish oraliqlarida, G1 fazada sodir bo’ladi. Hujayralar ixtisoslashib borgan sari hujayraning bo’linish tezligi pasayib boradi, bo’linish oralig’I cho’ziladi (G1 uzayadi),differensiasiya jarayoni kuchayadi. Differensiasiyaning oxirgi bosqichida hujayra bo’linishi to’xtaydi, hujayra G1 fazada qoladi, hujayra ixtisoslashishi tugaydi. Natijada bir xil tipli va har xil tipli hujayralar hosil bo’ladi
Hujayra kloni va differensiasiya. Emrion rivojlanishi bilan differensiasiya jarayoni ko’plab hujayralarni qamrab oladi. Determinasiya va differensiasiya tufayli hujayralar soni ortib, to’qima hosil bo’ladi. Bundan xulosa shuki, differensiasiya mexanizmi, ya’ni kompetensiya, determinasiya, differensiasiya bosqichlari hujayra bo’linish jarayonida yo’qolmaydi, balki hujayraning keyingi avlodiga , ya’ni qiz hujayraga o’tadi. Jumladan, differensiasiya tufayli paydo bo’ladigan fenotip hujayra bo’linishi orqali qiz hujayraga genotip kabi beriladi. Genotipik va epigenetic irsiyat avloddan avlodga o’tishi va o’zgarishining saqlanishi bilan aniqlandi. Bitta hujayrani sun’iy sharoitda ko’paytirib to’qima, organlar va organism hosil qilish klon deyiladi (klon – novda degan ma’noni bildiradi) Jumladan, gonositlardan hosil bo’ladigan jinsiy hujayralar, qon hujayralari klonlari bunga misol bo’ladi. Klonlar potensiyasining ro’yobga chiqishi uchun atrofdagi somatic hujayralar ta’siri muhim ahamiyatga ega.
M.M.Zavadiskiy voyaga etgan tovuqda bitta, yagona rivojlangan chap tuxumdonni olib tashlaydi, natijada rudimentar o’ng tuxumdon ishlay boshlaydi. Ammo o’zgargan sharoitda rudimentar tuxumdon urug’donga aylanadi, gonositlar (qushlarda XX) spermatazoidga aylanadi. Shundan keyin ikkilamchi jinsiy belgilar ham o’zgaradi va erkak (sames) ga xos belgilar paydo bo’ladi.
Hasharotlarda immoginal disk hujayra determinasiyasi, differensiasiyasi va klonlar taxlili uchun qulay ob’ekt bo’lib, o’tkazilgan tajribalar natijalari asosida ko’plab umumbiologik qonunyatlar yaratildi. Shveysariyalik biolog K.Xadorn drozofillaning imaginal diskini lichinkadan ajratib olib, voyaga etgan hasharotning tana bo’shlig’iga in’eksiya qilgan. Bunda immaginal disk hujayralari ko’paygan, ammo differensiallashmagan, chunki differensiasiya uchun ektizon gormoni kerak. Bugormon lichinkada bo’ladi. Agar imaginal hujayra voyaga yetgan organizmda ko’paytirib, lichinkaga o’tkazilsa, u di fferensiallashadi va shu hujayra hosil qilish lozim bo;lgan organlarni hosil qiladi.
Shunday qilib, imaginal disk doimiy determinasiya va differensiasiya xususyatiga ega. Ammo Xadorn kuzatishicha, ba’zan transdeterminasiya kuzatiladi ,ya’ni bir disk hujayralaridan boshqa organlar hosil bo’ladi. Jumladan qisqichbaqasimonlarning antenulla hujayralaridan oyoq, qanot yoki ko’z hosil bo’ladi.
Bu ma’lumotlardan ikkita xulosa chiqadi: 1) determinasiya jarayoni o’zgarishsiz ko’p bo’linish orqali hujayradan hujayraga beriladi; 2)determinasiya yopiq , yashirin holda saqlanadi. Demak,determinasiya genotip darajasida emas, balki epigenotip darajada namoyon bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, bir disk hujayrasi va undan hosil bo’lgan hujayralar qaysi diskka taaluqli ekanligini biladi. Har bir hujayra o’z vazifasini, ya’ni qaysi organni hosil qilishini biladimi?Olingan ma’lumotlarga ko’ra, imaginal disk hujayralari bir birining o’rnini bosadi, ular dastlabki bosqichlarida regenerasiya xususyatiga ega.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling