Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Har xil genotipli emrionlarni sun’iy qo’shish orqali ximer hayvonlar olish


Download 2.45 Mb.
bet92/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Har xil genotipli emrionlarni sun’iy qo’shish orqali ximer hayvonlar olish. V.Tarkovskiy (1961) va B.Mins (1962) 2 ta sichqon emrionini qo’shib, ximer hayvon, ya’ni 2 ta genotipga kiradigan hujayralardan tashkil topgan yangi hayvon yaratish usulini ishlab chiqdilar. Ximer yaratish embriologiyaning katta yutug’I bo’lib , genetika va individual rivojlanish biologiyasi fanlarini yanada rivojlantirdi. Genetik ximer olish uchun genotip jihatdan farq qiladigan embrionlar qo’shiladi. Bunda bir embrion normal, ikkinchisi mutant genotipga ega bo’lishi lozim. Mutatsiya organism , to’ima va hujayraning imkoniyatiga qarab tanlanadi. Bunday hayvonlarning 3 ta belgilash usuli bor: ximerlar, allofen hayvonlar, mozaik hayvonlar (90-rasm).
Embrionlarni qo’shish usuli quyidagicha. Ikki (ba’zan 3 ta )bir biridan genotepi bilan farq qiladigan embrion 8 ta blastomerlik bosqichida proteolitik ferment bilan ishlov beriladi va qobig’idan ozod qilinadi. Keyin malum vaqt ularni bir biriga qo’shilishi uchun yaqin qilib qo’yiladi. Hosil bo’lgan embrion ma’lum vaqt o’stirilib, keyin ona bachadoniga transplantatsiya qilinadi. Natijada shunday individ tug’ladiki, uning to’qima , organlari har ikkala embriondan qurilgan bo’ladi. Suni aytish kerakki, ximer organizmning og’irligi odatdagi organizmga deyarli teng bo’ladi, chunki rivojlanish davrida embrional regulyasiya ta’sir etadi.
Ximer organizmda har ikkala embrion hujayralari deyarli teng miqdorda ishtirok etadi. Masalan, oq naslsiz sichqon bilan qora sichqon embrioni qo’shilganda hosil bo’lgan individda ranglar teng bo’ladi. Bunda har bir oq va qora dog’lar klon hisoblanadi. Hujayralar ishtiroki ko’p omillarga , jumladan, genotipga bog’liq. Mutant genotipli embrionlar yomon rivojlanadi. Mutant genotiplarni tanlab ximer hayvonlar yaratish hujayra kloni muammosini hal etishda katta hissa qo’shmoqdalar. Ulardan ba’zilariga to’xtalamiz.
Sichqonlar ko’z pardasi degenerasiya mutatsiyasida dastlab ko’z normal rivojlanadi, tug’ilgandan 7kundan keyin fotoresseptorlar normal ishlamay qoladi. Shu mutantning embrioni bilan normal sichqon embrionini qo’shib, ximer hayvon hosil qilindi. Olingan hayvonda hamma reseptorlar degenerasiyaga uchramasdan, 5 ta degenerasiyaga uchragan reseptor 5 ta normal reseptorlarqismi bilan aralashib, normal fotoreseptor hosil qilgan. Demak, normal va mutant hujayralar klonlari aralashib ketadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, har bir somitning hosil bo’lishida 20 klon , buyrak ka nalining prosimal qismining hosil bo’lishida 4-5 klon, melonosit populyasiyasining hosil bo’lishida 32-100 klon qatnashadi.
R.Gardner tomonida n ishlab chiqilgan ximer olishning ineksiya usuli ham keng qo’llanilmoqda. Bu usul yordamida boshqa genotip hujayrasi embrion blastoseliga in’neksiya qilinadi. Bu usul har xil bosqichdagi embrion hujayralarini boshqa embrionga ko’chirib o’tkazish mumkin. Keyingi 20 yil davomida klonlarni aniq lash va tahlil qilish bo’yicha sut emizuvchilar va hasharotlar ustida o’tkazilgan taj ribalar eksprimental embriologiya , genetika fanlarini boyitdi va klonlarga e’tiborni kuchaytirdi. Ba’zan organism rivojlanishini juda ko’plab sxemalashtirib yuborish, organizmni klonlar yig’indisidan iborat, deb tushunishga olib kelmoqda.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling