Gidroid poliplar metamorfozi
Eng sodda metamorfoz gidroid poliplarda uchraydi. Gidrasimonlar tuxumining po’sti bolmaydi, shuning uchun ulardapostembrional rivojlanishning boshlanishi shartli ravishda seloblastula hosil bo’lishi bo’lib, hujayralarning xivchinlari bor. Bunday blastulasimon lichinka suzib yuradi, ammo oziqlanmaydi. Uning tuzilishi murakkablashib boraveradi. Entoderma hujayralarining bir qismi blastoselga migrasiya qiladi va uni to’ldiradi. Bu lichinka parinximula deyiladi. Keyin entoderma hujayralari blastoseldan tarqalib ketadi yoki qisman regenerasiyaga uchraydi va gasdtrosel bo’shligi paydo bo’ladi, epiteliy hujayralari ko’payadi. Lichinkaning bu bosqichi planula deyiladi. Bu lichinkada nerv, interstisial, bezli va otiluvchi hujayralar farqlanadi. Keyin planula oldingi qismi bilan subtratga yopishadi va yassi shaklga keladi, undan yuqoriga poyachalar o’sib chiqadi. Poyachaning uchi kengayib, unda og’iz, paypaslagichlar paydo bo’ladi. Ypsh polip oziqlanadi, o’sadi va yangi koloniya hosil bo’ladi (106-rasm).
Metamorfoz davridagi gidroid poliplarda chuqur degenerative jarayonlar sodir bo’lmaydi, faqat paypaslagichlar yo’qoladi. Asta- sekinlik bilab gavdasi murakkablashib boradi. Ammo fiziologik jihatdan metamorfozning yuqori cho’qqisi planula lichinkasining substratga yopishish davri hisoblanadi. Shundan keyin gidroid polip erkin yashashdan o’troq holatga o’tadi, faol ozqlana boshlaydi va fiziologik holati o’zgaradi. Parinximula va planula gavdasining biruchi bilan oldinga suzib yuradi, o’troq holatga o’tgandan keyin qarama qarshi tomoni (vegetative qutbi) faol holatga o’tadi va unda og’iz hosil bo’ladi. Ba’zan lichinka yon tomoni bilan substratga yopishadi va tarmoqlangan gidroriza hosil bo’ladi, keyin undan yuqoriga qarab gidrantlar hosil bo’ladi. A.A.Zaxvatkin (1949) fikricha, gidroid poliplar metamorfozi organizmning vaqtincha depolyarizasiya orqali sodir bo’ladi.
Ko’plab gidroid poliplar metamorfozining qisqarishi, ya’ni blastula, parenximula, ba’zan planula bosqichlarining passiv embrional holatga o’tishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |