Ekzogastrulyasiya
Ekzogastrulyasiya bo’yicha o’tkazilgan tajribalardan ma’lum bo’lishicha, tashqi va ichki muhit rivojlanish yo’nalishini o’zgartiradi. Drish (1893) aniqlashicha, dengiz tipratkani tuxumdonida yuqori harorat (30 gradus) ta’sir ettirilsa, birlamchi ichak invaginasiya o’rnida tashqariga qatlamlanadi va ekzogastrulyasiya sodir bo’ladi (101 -102- rasmlar).
S.Gerbet (1892) dengiz tipratikani tuxumi yashayotgan dengiz suvidagi litiy tuzi konsentrasiyasi o’zgartirganda ekzogastrulyasiya sodir bo’lishi kuzatilgan. Dengiz tipratikani tuxumining maydalanishi yoki blastula davrida dengiz suvidagi ba’zi tuzlarni ltiy tuzining izotopi bilan almashtirganda gastrulyasiya jarayoni bu’ziladi .ammo hujayralar differensiasiyasi endodermal yo’nalishida davom etadi.
Embrion qancha ko’p vaqt liotiy tuzi ta’sirida bo’lsa, shuncha ko’p endodermal hujayralar hosil bo’ladi. Uzoq vaqt litiy tuzi ta’sirida bo’lganda hujayralarning ko’pi endodermaga, animal qutbidagi hujayralarning bir qismi ektotermaga aylanadi. Mezenxima hujayralari normada bo’ladi. P.P.Ivanov fikricha, bu ta’biiy holatbo’lib, ekzogastrulyasiyada mezenxima hujayralari normal muhitda bo’ladi.
Agar tashqi muhit o’zgarsa, entoderma hujayralari kam, ektoderma hujayralari esa ko’proq bo’ladi. Masalan, dengiz suvida kalsiy tuzi va anionlar miqdori oshsa shunday bo’ladi.
Hozirgacha ekzogastrulyasiya hodisasiga to’liq ta’rif berilmagan. P.P.Ivanov fikricha, gastrulyasiya jarayoning o’zida endoderma blastoselga o’tishiga blastosel suyuqligi zarurligi ta’lab qilinadi. Endoderma hujayralari uchun qulay sharoit tashqi muhit bilan aloqada bo’l;ishi hisoblanadi. Shuningdek, ekzogastrulyasiya mollyuskalar va baqa tuxumida sodir bo’lishi tajribalarda kuzatilgan.
Goltreter baqa tuxumini 0,35 % li natriy xlorid eritmasiga solib, ekzogastrulyasiya sodir bo’lishiga majbur etgan. Xordomezodermal materiya dastlab yuzada, keyin ichkariga kirib, hamma tomonidan ichak epiteliysi bilan o’rab olinadi. Ekzoembrionda pronefros, mezonefros, gonada, silliq muskul, xorda, yurak, selom bo’shlig’I, biritiruvchi to’qima, ichaklar rivojlanadi. Bu organlar nerv yo’li bilan bog’lanmagan. Chunki nerv sistemasi rivojlanmagan bo’ladi. Ektodermadan nerv nayi, ko’z va uning qismlari, ko’rish xaltasi rivojlanmagan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |